I bob. Shartnomani bekor qilish


Download 109 Kb.
bet7/12
Sana01.05.2023
Hajmi109 Kb.
#1419002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
huquq

Birinchidan, O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining 36-moddasiga binoan, tegishli holatlar mavjud bo`lganda, sud fuqaroni vafot etgan deb e`lon qilishi mumkin. Sudning bu haqdagi qarori qonuniy kuchga kirgan kuni vafot etgan kuni hisoblanadi. Fuqaroni vafot etgan deb e`lon qilish uchun huquq va burchlariga tegishli bo`lgan oqibatlarni vujudga keltiradi.
Ikkinchidan, Fuqarolik Kodeksining 33-moddasiga binoan, tegishli holatlar hisobga olingan sudning qarori bilan fuqaro bedarak yo`qolgan deb topilishi mumkin. Bunday hollarda mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 106-moddasi 5 bandiga asosan bekor qilinishi mumkinmi, degan savol tug’ulishi mumkin. Bizning fikrimizcha, FKning 33 va 36-moddalariga binoan fuqaro bedarak yo`qolgan yoki vafot etgan deb topilgan hollarda ham sudning tegishli qaroriga asoslanib mehnat shartnomasi 106-moddaning 5-bandi bo`yicha bekor qilinshi kerak. Albatta bu kabi holatlar Oliy sudning tegishli plenumi qarorida batafsil tushuntirib berilmog’i lozim.
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda mehnat shartnomasining bekor qilinishi (Mehnat kodeksining 106 moddasi 6-bandi). O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli qarorida ta`kidlanganidek mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 106- modasi 6-bandiga ko`ra bekor qilinishiga, agar tegishli qonun xujjatlarida mehnat munosabatlarining Mehnat Kodeksi 1-5-bandlarida sanab o`tilmagan mehnat shartnomasi taraflari ihtiyoriga bog’liq bo`lmagan boshqa holatlar bo`yicha bekor qilinishi mumkinligi ko`zda tutilgan bo`lsa, yo`l qo`yiladi. Bunday holatlarga, jumladan, 18 yoshga to`lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ular sog’lig’iga ziyon qiladigan yoki boshqacha tarzda zarar etkazadigan bo`lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ota-onalar, vasiylar va vakolatli organlar talabiga binoan, shuningdek,muqobil xizmat organlari talabi bo`yicha bekor qilinishi tushuniladi (MKning 247-moddasi), (qarorning 44 bandi).
Alohida hollarda mehnat shartnomasini bekor qilish.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97 moddasi 5-bandining mazmuniga ko`ra, mehnatga oid munosabatlarning bekor qilishning shartlari qonunda yo`l qo`yiladigan hollardagina taraflar tomonidan mehnat shartnomasi ko`rsatib qo`yilishi mumkin.
Mehnatga oid munosabatlarin bekor qilish to`g’risidagi shart ish beruvchi bilan korxona rahbari, uning o`rinbosarlari, bosh buxgalter, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo`lmagan taqdirda, uning vazifasini amalga oshiruvchi xodim o`rtasida tuzilagan mehnat shartnomasida, shuningdek, qonunda yo`l qo`yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin (MKning 97-moddasi 5-bandi).
Mehnat shartnomasi MKning 97-moddasi 5-bandi asosida bekor qilishning qonuniyligini tekshirishda sudlar quyidagilarni e`tiborga olishi kerak:
-shartnomada ko`rsatilgan ayrim toifa xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining qo`shimcha asoslar bo`yicha bekor qilish shartlari, MKning 97-moddasining 5-bandiga binoan, faqat qonunda belgilangan kiritish mumkinligi;
-muayyan xodim, agar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ko`rsatilgan asoslarga ko`ra bekor qilinishiga qonun yo`l qo`yadigan xodimlar toifasiga kirishi aniqlangan taqdirda, sud shartnomada ushbu asoslar ko`rsatilgannini va u yuzaga kelgan holatda, mehnat munosabatlari shartnomaga ko`ra bekor qilinishi mumkin bo`lgan holatlar haqiqatdan ham mavjud ekanini aniqlashi lozim (o`sha plenum qarorining 45-bandi).
Mehnat kodeksining 109-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan bo`shatish nafaqasi to`lanadi:
Ish beruvchining tashabbusi bilan, lekin xodim o`zi mehnat vazifalarini bajarmagani sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno;
-taraflar ixtiyoriga bog’liq bo`lmagan, kodeksning 106-moddasi 1 va 2-bandlarda nazarda tutilgan hollariga binoan, mehnat shartnomasi kodeksning 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan bo`shatish nafaqasi to`lanadi, ammo ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan hollar bundan mustasno;
-xodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad etgani sababli (89 moddaning 4 qismi).
Ishdan bo`shatish nafaqasining miqdori o`rtacha oylik ish haqidan kam bo`lishi mumkin emas. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda kodeksning 110-moddasida ko`rsatilgan muddatlarda xodimga ish beruvchi tomonidan tegishli ish haqi to`lanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli qarorida ta`kidlanganidek, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga beriladigan to`lovlar yuzasidan kelib chiqqan nizolarni ko`rishda qo`yidagilarni aniqlash zarur:
-mehnat kodeksining 110-moddasida belgilangan muddatlarda xodimga tegishli ish haqi berilgani;
-mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanmagan asosiy va qo`shimcha ta`tillar uchun pullik konpensatsiya to`langani;
-mehnat shartnomasi bekor qilinganda MKning 109-moddasiga binoan, xodimga o`rtacha oylik ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda ishdan bo`shatish nafaqasi berilgani;
-xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko`ra bekor qilinganda unga moddiy yordam berish uchun qo`shimcha kafolatlar berilgani (MKning 67-moddasi).


Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling