I-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot


II-Bob. Belgi bildiruvchi boshqa so’z turkumlaridagi daraja kategoriyasi haqida


Download 28.78 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1548968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek tilida daraja kategoriyasi. (O‘.Hoshimov asarlari misolida)

II-Bob. Belgi bildiruvchi boshqa so’z turkumlaridagi daraja kategoriyasi haqida
2.1. Ravish turkumidagi daraja kategoriyasi haqida
Oldingi qismlarda aytganimizdek, ravish so’z turkumi ham sifat so’z turkumi kabi daraja kategoryasiga ega. Ravish so’z turkumi daraja ko’rsatish shakli ham sifat so’z turkumi kabi bosh daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja va kuchaytirma daraja shakllariga bo’linadi.
Ravish so’z turkumining ma’no jihatdan holat ravishi, qisman payt ravishi, daraja-miqdor ravishilari, qisman miqdor-sabab ravishilari daraja ko’rsatish shakliga ega. Faqat biz topgan misollar ichida o’rin ravishilarining daraja shakllariga xos misollar uchramadi.
Ravish so’z turkumining oddiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi matnlaridan to’plangan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan bo’lsak, 1-2 sinf o’qish kitoblarida oddiy daraja shakliga misollar ozroq berilgan ekan.
3-4 sinf o’qish kitoblarida esa 1-2 sinf o’qish kitoblariga qaraganda ancha ko’proq berilgan.
Ravish so’z turkumining oddiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridan topilgan misollarni ravishlarning ma’no jihatdan turlarining darajalanishini nazarda tutgan holda tahlil qilishni joiz deb bildik.
Oddiy darajadagi ravishlar
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida oddiy daraja shakliga topilgan misollar quyidagicha:
1. Holat ravishi: Quyosh bobo tog’lar orasidan sekin o’rmonga mo’ralabdi. Bu misolda sekin so’zi oddiy daraja shakli bo’lib, hech qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan. Sinfga kirdi-yu xuddi orqasidan birov quvlab kelayotganday kitobni tez papkasiga tiqdi.
Bu misolda tez so’zi oddiy daraja shakli bo’lib, nol ko’rsatgichda ifodalangan. Hech kim yo’qligini ko’rgan Sharif bilan Xitoy asta yonimga kelishdi.
Bu misolda asta so’zi oddiy daraja shakli bo’lib, nol ko’rsatgichda ifodalangan.
2. Payt ravishi. Ular safar oldidan avval xonadon sohiblari bilan xayrlashdilar. Bu misolda avval so’zi oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan. Keyin bir to’nka ustiga o’tirib olib sovg’alar yasabdi. Bu misolda keyin so’zi oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan.
3. Daraja-miqdor ravishlari: Turmushning ko’p sirlarini maktab o’rgatadi, - dedi Alisher. Bu misolda ko’p miqdor ravishi oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida maqsad-sabab ravishlarining oddiy daraja shakliga misollar berilmagan ekan.
Demak, ravish so’z turkumining ma’no jihatdan daraja ko’rsatishi holat ravishlarida ko’proq uchrar ekan. Chunki boshlang’ich sinf o’qish kitobida holat ravishlarining daraja ko’rsatishining oddiy daraja shakliga misollar ancha ekan. Payt ravishlarining daraja ko’rsatishining oddiy daraja shakliga misollar holat ravishlariga qaraganda kamroq berilgan.
Qiyosiy darajadagi ravishlar. Endi ravish so’z turkumining boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida berilgan matnlarida qiyos daraja shakliga misollar vositasida tahlil qilib chiqamiz.
1. Holat ravishi: Ota-onangga izzat va hurmat qancha ko’p qilsang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo’lur.
Bu misolda tezroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shakliga –roq qo’shimchasining qo’shilishi natijasida ifodalangan. Bu ravish harakatning (mustajob bo’lmoq) qiyoslangan darajasini ko’rsatmoqda.
2. Payt ravishi: So’ngroq ipak matolardan, qog’ozdan kitob tayyorlashda foydalanishgan.
Bu misolda so’ngroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shakliga –roq qo’shimchasining qo’shilishi natijasida ifodalangan. Bu ravish ham harakatning (foydalanishgan) qiyosiy darajasini ifodalagan. Ovqatlanib bo’lganimdan so’ng oyim: - Darsingni keyinroq tayyorlaysan, - dedi.
Bu misolda keyinroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi ravishga –roq qo’shimchasini olganligi natijasida yasalgan.
3. Daraja-miqdor ravishlari: Axir olamda tug’ilgan odamzodning biri ozroq, boshqa biri ko’proq yashaydi, so’ng baribir vafot etadi.
Bu misolda ozroq va ko’proq so’zlari qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi daraja-miqdor ravishi –roq qo’shimchasini qo’shilish bilan ifodalangan.
Maqsad-sabab ravishlarining qiyosiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida misollar uchramadi.
Demak, yuqorida qiyosiy daraja shakliga berilgan misollarni ravishlarining ma’no jihatdan taqqoslaydigan bo’lsak, daraja-miqdor va holat ravishlari payt ravishlariga qaraganda ko’proq berilgan ekan. Shuni aytib o’tishim joizki, ravish so’z turkumida ham qiyosiy daraja sifat so’z turkumi kabi –roq qo’shimchasini olishi bilan gapning ma’nosini qiyoslab, kuchaytirib va ozaytirib kelar ekan.
Orttirma darajadagi ravishlar. Buni ham ravishning ma’no guruhlari bo’yicha tadqiq qilamiz.
1. Holat ravishlari: Qish faslida, ayniqsa dekabr oyida juda tez qorong’i tushadi.
Bu misolda juda tez so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi holat ravishidan oldin maxsus so’z juda so’zi kelishi bilan ifodalangan.
2. Payt ravishlari: Eng avval chumolilar yig’gan donlarini yashirib, issiqqina inlariga joylashib olibdilar.
Bu misolda eng avval so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi payt ravishidan oldin maxsus so’z eng so’zi kelishi bilan ifodalangan.
3. Daraja-miqdor ravishlari: Alisher Navoiy juda ko’p she’r va rivoyatlar yozgan.
Bu misolda juda ko’p so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi daraja-miqdor ravishidan oldin maxsus so’z: juda so’zi kelishi bilan ifodalangan. Jahongir shohning askarlari esa juda oz ekan.
Bu misolda juda oz so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi daraja-miqdor ravishidan oldin maxsus so’z: juda so’zi qo’llanishi bilan ifodalangan.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida maqsad-sabab ravishlarining orttirma daraja shakliga misollar uchramadi. Orttirma daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi berilgan misollarni ravish so’z turkumining ma’no jixatdan taqqoslaydigan bo’lsak, holat ravishlari va payt ravishlariga qaraganda daraja-miqdor ravishiga misollar ko’proq beilgan ekan.
Demak, ravish so’z turkumining daraja ko’rsatish shakllari sifat so’z turkumining daraja ko’rsatishiga o’xshar ekan. Ravishlarda daraja ko’rsatmaydigan o’rin ravishlari mavjud bo’lsa, sifatlarda esa zamon-makon sifatlari daraja ko’rsatmaydi. Bunday ma’lumotlarni keltirishimizdan maqsad, ravishlarning daraja shakllari: oddiy darajaning, nol ko’rsatkich orqali yasalishi, qiyosiy darajaning –roq qo’shimchasini olishi, orttirma darajaning maxsus so’zlar yordamida, birinchi bo’g’inni takrorlash yordamida yasalishlari sifatlarning darajalanishiga o’xshab ketishini yanada ta’kidlab ko’rsatishdir.
Kuchaytirma darajadagi ravishlar
1. Holat ravishlari: Bahor kelgan bo’lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o’zgarib turadi.
Bu misolda tez-tez so’zi kuchaytirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi holat ravishi takrorlanishi orqali yasalgan.
Ravishdoshlarda daraja kategoriyasi. Oldingi qismlarda ilmiy adabiyotlardan ravishdoshlarning qisman daraja ko’rsatishi haqidagi ma’lumotlarni ko’rib chiqqandik. Biz bitiruv malakaviy ishimizning mana shu qismini yoritishda, ayrim ilmiy adabiyotlarda ravishdoshlarning daraja ko’rsatishi berilgan misollarni inobatga olgan holda oldingi qismlarda ravishdoshlarning ta’rifini va uning ravish so’z turkumi kabi daraja ko’rsatish shakllari: oddiy daraja, qiyosiy daraja va orttirma darajalarni ko’rsatishi haqida ma’lumotlar beramiz va ularni boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi topilgan misollar orqali isbotlashga harakat qilamiz.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi daraja ifodalagan ravishdoshlar bo’yicha topilgan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan bo’lsak, 1-2-sinflarda kamroq berilgan, 3-4-sinflarda esa ularga qaraganda ko’proq berilgan.
Biz boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi topilgan misollarni ravishdoshlarning ma’no jihatdan qisman darajalanishini tahlil qilishni joiz deb bildik.
Oddiy darajadagi ravishdoshlar. 1. Holat ravishdoshlari:
Qosimjon javob o’rniga kulib qo’ya qoldi.
Bu misolda kulib so’zi ravishdoshning oddiy daraja shakli bo’lib, hech qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatkichda ifodalangan.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida ravishdoshning qiyosiy daraja shakliga 1-2-sinf o’qish kitoblarida kamroq berilgan, 3-4-sinf o’qish kitoblarida esa ko’proq berilgan. Ravishdoshning qiyosiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida topilgan misollarni ravishdoshlarning ma’no jixatdan tahlil qilib chiqdik. Ular quyidagicha:
Qiyosiy darajadagi ravishdoshlar
1. Holat ravishdoshlari: U beparvolik qilib ishga kechikibroq qo’l urdi.
Bu misolda kechikibroq so’zi ravishdoshning qiyosiy daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi ravishdoshga –roq qo’shimchasini olishi natijasida ifodalangan. Rustam sal jilmayib qo’ydi.
Bu misolda sal jilmayib so’zi qiyosiy daraja shaklidagi ravishdosh bo’lib, oddiy daraja shaklidagi ravishdoshdan oldin maxsus so’z: sal so’zi kelishi bilan ifodalangan.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida ravishdoshning qisman daraja ko’rsatadigan oddiy daraja shakliga qaraganda, qiyosiy daraja shakliga misollar kamroq berilgan.
Orttirma darajadagi ravishdoshlar
1. Holat ravishdoshlari: -Men seni o’ylayman, rosa zerikib o’tirgan edim,-dedi Iqbol. Bu misolda rosa zerikib so’zi orttirma daraja shaklidagi ravishdoshdan oldin maxsus so’z: rosa so’zi qo’llanilishi natijasida yasalgan.
Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga, misollarga tayangan holda shuni aytmoqchimanki, fe’l shakli bo’lmish ravishdoshlar ham qisman daraja ko’rsatish xususiyatiga ega ekan.
Ravishdoshlarning daraja ko’rsatishini ma’no jihatdan taqqoslaydigan bo’lsak, boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida topilgan misollarga qaraganda oddiy daraja shaklida, qiyosiy daraja va orttirma daraja shakllarida ham holat ravishdoshlariga misollar topilgan.



Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling