I-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot
Sifatdoshlardagi daraja kategoriyasi
Download 28.78 Kb.
|
O‘zbek tilida daraja kategoriyasi. (O‘.Hoshimov asarlari misolida)
2.2. Sifatdoshlardagi daraja kategoriyasi
Ayrim ilmiy adabiyotlarda sifatdoshlarning daraja ko’rsatishiga bir qancha misollar berilgan. Mana shu berilgan misollarni nazarda tutgan holda oldingi qismda sifatdoshlarning qisman daraja ko’rsatishi haqida ta’rif yaratib berilgan, ta’rifni boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida topilgan misollar orqali isbotlashga harakat qildik. Yana shu ma’lumotlarga qo’shimcha qo’shib, shuni aytmoqchimanki boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida sifatdoshlarning qisman daraja ko’rsatishi haqida topilgan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan bo’lsak 1-2-3-sinflarga qaraganda 4-sinf o’qish kitoblarida ko’proq berilgan ekan. Oddiy darajadagi sifatdoshlar. Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida sifatdoshlarning oddiy daraja shakliga misollarni quyidagicha tahlil qildik: Hayratlanarlisi shundaki, u yerda na guvillagan, na g’uvillagan tovush eshitiladi. Bu misolda guvillagan va g’uvillagan so’zlari sifatdoshning oddiy daraja shakli bo’lib, hech qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan. Qiyosiy darajadagi sifatdoshlar Orttirma darajadagi sifatdoshlar. Oq olma, ko’ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik, birdan allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Bu misolda rosa pishgan so’zi sifatdoshlarning orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatdoshdan oldin maxsus so’z: rosa so’zi kelishi bilan ifodalangan. Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida oddiy daraja shakliga ko’proq misollar berilgan. Qiyosiy daraja shakliga esa har bir sinfda kamroq misollar berilgan ekan. Orttirma daraja shakliga ham topilgan misollar oddiy darajaga qaraganda kamroq, qiyosiy daraja shakliga qaraganda esa ko’proq misollar berilgan. Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida sifatdoshlarning qisman daraja ko’rsatishiga misollar topilganligi uchun hozirgi o’zbek tilida so’z turkumi kabi fe’l shakli bo’lmish sifatdosh ham qisman daraja ko’rsatishi haqidagi fikrlarimni misollar orqali isbotlashga harakat qildim. XULOSA Yuqoridagi tahlillar natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 1. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, sifatlarning darajalari soni ikkitadan beshtagacha yetar ekan. 2. Ayrim adbiyotlarda daraja ifodalash usullarini nomlashda ziddiyatlar mavjud. 3. Ravishlarning daraja ko’rsatishi sifatlardagiga nisbatan birmuncha cheklangan. 4. Ilmiy adabiyotlarda ravishlarning uchtadan to’rttagacha daraja turlari nqayd qilingan. 5. ”O’qish kitobi”dan topilgan misollar ravishning daraja ko’rsatish xususiyati ma’no guruhlari bo’yicha ham bir xil emasligi ma’lum bo’ldi. 6. Fe’l shakllaridan bo’lmish ravishdosh ham harakat belgisini qisman bo’lsa-da darajalab ko’rsata olar ekan, bunda uning asosan holat ifodalaydigan turi faol ishtirok etar ekan. 7. Sifatdoshlarda ham belgini darajalab ko’rsatish xususiyati mavjud bo’lib, bunda uning –gan, -yotgan qo’shimchalari bilan yasalgan shakllari faol qatnashadi. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling