I-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot
I-Bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysihaqida ma’lumot
Download 28.78 Kb.
|
O‘zbek tilida daraja kategoriyasi. (O‘.Hoshimov asarlari misolida)
I-Bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysihaqida ma’lumot
1.1. Oddiy daraja sifatlar haqida ma’lumot Oddiy daraja deb belgining ortiq, kamlik munosabatini ifodalamaydigan va bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega emasligiga aytiladi. Demak, oddiy daraja shaklida sifatlar hech qanday qo’shimcha olmas ekan, ya’ni nol ko’rsatkichga ega bo’ladi. Sifatlarning ma’no jihatdan quyidagi turlari daraja ko’rsatish shakliga ega: 1. Xususiyat sifatlari; 2. Rang-tus sifatlari; 3. Ma’za-ta’m sifatlari; 4. Hajm-o’lchov sifatlari; 5. Hid bildiruvchi sifatlari. Makon, zamon sifatlari daraja shaklini ko’rsatmaydi. 1. Xususiyat sifatlarining daraja korsatishi: Bilsang men ham chaman o’lkamning sho’x va quvnoq, shod o’g’ilchasi. Bu gapda, sho’x, quvnoq, shod so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech qanday qo’shimcha olmagan, nol ko’rsatkichda ifodalangan. Zukko va donishmand Amir Temur betakror siymodir. Bu misolda zukko, donishmand, betakror so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan, Bobur dovyurak, epchil, kuchli, o’ta idrokli inson bo’lgan. Bu gapda, dovyurak, epchil, kuchli, idrokli so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. 3-4 sinflarda keltirilgan darsliklarda berilgan oddiy daraja shakliga misollar quyidagicha: Biz O’zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo’lgan go’zal Vatanda yashaymiz. Bu gapda, go’zal so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. Musavvir oddiy, ammo buyuk narsalardan chiroyli rasm yaratibdi. Bu gapda, oddiy, buyuk, chiroyli so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. Mirzo Bobur yoshligidan ziyrak bola bo’lib o’sibdi. Bu gapda ziyrak so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Har bir farzandki, oqil va dono bo’lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqqini ado qilmoq kabi bo’lmag’usidir. Bu gapda, oqil va dono so’zlari oddiy daraja shaklida. Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar. So’z yomon bo’lsa pichoq qinidan chiqar. Bu gapda, yaxshi va yomon so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. To’maris qayg’uli xabarni aytgan choparga dastlab ishonmadi. Bu gapda qayg’uli so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Yosh yigit ko’ngliga kelgan shubhani onasiga aytishdan ham qo’rqardi. Bu gapda, yosh so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Bizdan oyim xursand doim. Bu gapda, xursand so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. -Men yolg’iz o’zing uchun gul o’stirganingni bilmagan ekanman,- dedi xomush ovozda dadasi. Bu gapda, xomush so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Rang-tus sifatlarining daraja ifodalashi: Ular koridorga kirishlari bilan g’alati voqeaning ustidan chiqib qolishdi: har kuni bo’sh turadigan burchakda ustiga qizil mato yopilgan stol turibdi. Bu gapda, qizil so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Yoz kunlari Mahmudning bog’i oq, nimchang, ola, zangor, malla, lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko’rinishlarga kirar edi. Bu gapda, oq, nimchang, ola, zangor, malla, lojuvard so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. Bog’-rog’lar, o’rmon va yaylovlardagi bahorning yashil bo’yoqlarini o’chirib chiqib, ularni zafar, pushti, zarg’aldoq ranglarga bo’yab chiqishi kerak ekan. Bu gapda, yashil, pushti, zarg’aldoq so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. Qo’zichog’im qo’ng’ir, oq, Qo’ngiroqli qo’zichoq. Bu gapda, qo’ng’ir, oq so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. 3. Maza, ta’m sifatlari: Shirin xayollar zanjirini uzgisi kelmagandek, sukutda o’tirgan Alisher o’rtog’ining aytganini eshitmadi. Bu gapda, shirin so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Qorabug’roxon shaharni ishg’ol qilib, saroydagi boyliklarni qo’lga kiritdi, o’z askarlariga bozorni talatdi, ko’p imoratlarga o’t tushib ketdi, achchiq tutun shaharni o’rab oldi. Bu gapda, achchiq so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. 4.Hajm-o’lchov sifatlari: Bobomiz millat, vatan sharafini hamma narsadan baland qo’ygan. Bu gapda, baland so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. U boshini tik tutib (yuki uncha og’ir emasdi) o’ng tomondan yurib, katta, hashamdor uylarni, baland daraxtlarni va uzoqdagi qor bilan qoplandan tog’larni tomosha qilib borardi. Bu gapda, katta, baland so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan. Koptok kabi dumaloq, u bizdan juda yiroq. Bu gapda, dumaloq so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Senga osmon mehribon, Keng qirlar saroy chechak. Bu gapda, keng so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. 6.Hid sifatlari: Hilvillab pishgan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu, o’riklarning xushbo’y hidi anqiydi. Bu gapda, xushbo’y so’zi oddiy daraja shaklida kelgan. Misollardan ko’rinyaptiki, hid bildiradigan sifatlarining daraja ko’rsatishi qaraganda kamroq uchrar ekan. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling