I bob. Sovuq urushning sabablari va sssr munosabatlari
SSSRga Yuriy Andropov taklifi bilan kelgan Samanta Smit Qizil maydonda qarindoshlari bilan
Download 1.13 Mb.
|
AQSh va SSSR munosabatlari. Vetnam urushi tarixi (2)
SSSRga Yuriy Andropov taklifi bilan kelgan Samanta Smit Qizil maydonda qarindoshlari bilan.
Samanta Smit SSSRga keladi, Moskva, Leningrad, Qrimdagi “Artek” oromgohida bo‘ladi. Uning bu tashrifi ikki davlat do‘stligi ramzi sifatida keng yoritiladi. SSSR-AQSh teleko‘prigi 1982-yilda Los-Anjyelesda o‘tkazilgan rok festivalda artistlarni yaqindan ko‘ra olmaydiganlar uchun tasvir DiamondVision ekranlari orqali masofaviy uzatiladi. Tadbir homiysi Stiv Jobsning do‘sti Stiv Voznyak edi. Bu dastur yirik davlatlar o‘rtasida teledasturlar uzatish, bevosita ikki telekanalni bog‘lash g‘oyasiga turtki beradi va katta qiziqishni hisobga olib, SSSR tanlanadi. Ittifoqning AQShdagi elchisi Dobrinin bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi, “Gosteleradio” rahbari Lapin kerakli tashkiliy ishlarni bajaradi. Qizig‘i, ittifoq tomoni uch kun ichida barcha texnik masala hal bo‘lganini bildirib, hamkorlarni qoyil qoldiradi. Teleko‘prik juda katta shov-shuv keltirib chiqardi. Chunki har ikki davlat propagandasida raqibining hayoti kuchli bo‘yoqlarda tasvirlanardi. Teleko‘prikda o‘zlari kabi kundalik tashvishlar bilan, bolam-chaqam deb yashaydigan odamlarni ko‘rgan tomoshabinlar sovuq urush muzlari eriy boshlaganini his qilishadi. Keyinchalik yana bir necha marta bunday dastur amalga oshiriladi. Ayniqsa, 1985-yildagi Leningrad va Sietl bog‘lanishida ittifoqdagi inson huquqlari, so‘z erkinligi, SSSR tomonidan urib tushirilgan “Boing” samolyoti va surgun qilingan akademik Saxarov haqida ham so‘z boradi. Yana biri Samanta Smitga bag‘ishlandi. Albatta, teleko‘prikdagi barcha lavhalar qat’iy senzuradan o‘tganidan keyingina sovet tomoshabiniga taqdim etilardi. Ammo har ikki tomon do‘stona ruh berishga urinar va bu ham iliqlik sari katta qadam bo‘lgandi. SSSRda “Amerika” jurnali uzoq vaqt chop etilgan. AQShda esa SSSR byulleteni tarqatilgan. Munosabatlar ilishi ortidan hamkorlikda biznes loyihalarni yorituvchi “SSSR-Amerika” jurnali ta’sis etilgan. “Yaxshi niyat” o‘yinlari Asosiy raqibsiz qolgan ittifoq Moskva olimpiadasida aql bovar qilmas darajada ko‘p – 195 ta medal oladi va ularning 80 tasi oltin edi. GDR (Germaniyaning SSSR ittifoqdoshi bo‘lgan yarmi) 126/47 nisbatga erishadi. Alvido, qurol! Yuqoridagi tadbirlar ijtimoiy-madaniy xarakterda bo‘lsa-da, asta-sekinlik bilan juda muhim kelishuv sari qadamlar vazifasini o‘tab berishdi. Ittifoq umrining oxirida Mixail Gorbachev rahbarlik qilgan bo‘lsa, unga AQShning ikki prezidenti – Ronald Reygan va Jorj Bush bilan ishlash nasib qildi. Bu rahbarlar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv bo‘lsa-da, eng muhimiga aylandi va har ikki davlat yadro quroli bilan maqtanish endi ortiqchaligi, atom urushida g‘oliblar bo‘lmasligini tan olishadi. Keyinchalik bu kelishuvlar doirasida nafaqat yadro kallaklari sonini oshirish to‘xtatiladi, balki mavjudlari soni ham har ikki tomonda sezilarli darajada kamaytiriladi. SSSRning noformal vorisi hisoblanuvchi Rossiya va AQSh manfaatlarining Ukraina ustida to‘qnash kelishi o‘zaro munosabatlarda azaldan mavjud bo‘lgan sovuqlikning mantiqiy davomi bo‘lsa ajab emas. 1985-1991 "Ijtimoiy plyuralizm" va "umuminsoniy qadriyatlarning sinfiylari ustidan muhimroqligini" eʼlon qilgan Mixail Gorbachyovning hukumat tepasiga kelishi bilan gʻoyaviy qarshilik tezda oʻz keskinligini yoʻqotdi. Harbiy-siyosiy masalada Gorbachyov avvaliga 1970-yillarning "yengillashtirish" xilidagi siyosatini oʻtkazishga harakat qildi, qurollarda cheklashni taklif qildi, ammo kelishuv shartlari ustida qattiq savdolashdi (Reykyavikdagi uchrashuv). Ammo sovetlar siyosiy tizimining oʻsayotgan inqirozi va neft narhining keskin tushib ketishi tufayli SSSR iqtisodiyotining gʻarbiy texnologiyalar va kreditlariga qarab qolganligi Gorbachyovning tashqi siyosiy sferada pand berishiga sabab boʻldi. 1988-yilda sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi boshlandi. 1989-yil revolyutsiyalari natijasida Sharqiy YYevropada kommunistik tizimining qulashi sovet blokining likvidatsiyasiga va shuning bilan birga — "sovuq urush"ning toʻxtatilishiga olib keldi. 1991-yil 26-dekabrda mustaqil Rossiyaning yangi hukumati Ittifoq shartnomasini denonsatsiya qilib, "sovuq urush" tarixida soʻnggi nuqtani qoʻydi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling