I bob. Sovuq urushning sabablari va sssr munosabatlari


II.BOB. AQSH-VETNAM URUSHI BOSHLANISHI VA IKKIGA BO‘LINISHI


Download 1.13 Mb.
bet7/11
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1378791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AQSh va SSSR munosabatlari. Vetnam urushi tarixi (2)

II.BOB. AQSH-VETNAM URUSHI BOSHLANISHI VA IKKIGA BO‘LINISHI
2.1. AQSh -Vetnam urushi boshlanishi
1 955-yilda boshlangan Vetnamdagi mojaro AQSh va SSSRning aralashuvi bilan XX asrning eng uzoq davom etgan urushiga aylanib ketgan edi. Vaqtida o‘zini tiya olmagan Amerika rahbariyati 2,6 million harbiysini Vetnamga safarbar qilgan, mislsiz qurbonlar bergan bo‘lsa-da, oxir-oqibat urush kommunistlarning g‘alabasi bilan tugagan.
AQSh -Vetnam urushi boshlanishi

Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR va AQSh dunyoning ikkita eng qudratli davlati bo‘lib qoladi. Urush tugagach g‘olib sifatida SSSRning obro‘si nihoyatda oshib ketadi va bu ittifoqqa dunyoda sotsializm g‘oyasini kengroq yoyishga yordam beradi.O‘z o‘rnida AQSh ham qarab turmaydi va beg‘araz yordam, imtiyozli qarz berish evaziga do‘st orttiradi.8


Ikki bir-biriga teskari g‘oyadan birini qabul qilish qiyin bo‘lgan mamlakatlarda AQSh va SSSR pachakilashib o‘tirmay butun boshli davlatni ikkiga bo‘lib bo‘lib olishardi. Masalan, Koreya yarimoroli va Germaniyada shunday bo‘lgandi.Germaniyada GFR AQSh va G‘arb dunyosining, GDR esa SSSR ta’sir doirasiga tushgan bo‘lsa, Koreya yarimorolida Janubiy Koreya G‘arb bilan, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya) esa sotsializm yo‘lidan ketadi. Kunlarning birida navbat Vetnamga keladi...


Bugungi Vetnam dunyo xaritasida

1946-yilda VDR Milliy yig‘ini tomonidan mamlakat konstitutsiyasi qabul qilinadi.


1946-yil Vetnam shimolini AQSh ko‘magiga tayanadigan xitoylik sarkarda Chan Kayshi, janubini esa VDRni tan olmagan Britaniya qo‘shinlari egallab oladi. Bu tomonda Fransiya ham o‘zining sobiq mustamlakasi Vetnamdan umidini uzmagandi. Ana shunday holatda chorasiz qolgan Xo Shi Min Fransiya bilan kelishuvga erishadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Vetnam mustaqillikdan voz kechadi va unga Fransiya tarkibida kengaytirilgan muxtoriyat beriladi.O‘sha paytda bu kelishuv amalga oshmaydi va urushdan qochishning iloji bo‘lmay qoladi. Xo Shi Min fransuzlar bilan kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, Vetnamda Fransiyaga qarshi ko‘plab guruhlarni birlashtirgan «Vetnam milliy ittifoqi» ham tuzilgan edi.
Janubiy Vetnamni qo‘lga kiritib, mamlakatni yaxlit kommunistik davlatga aylantirishni reja qilgan shimolliklar ham qarab turishmaydi va 1964-yil janubga 24 minglik qo‘shin kiritiladi. O‘sha yili Tonkin ko‘rfazida AQSh esminetsi bilan Shimoliy Vetnamga tegishli katerlar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Qiruvchi samolyotlar yordamga kelgach, esminets katerlarni chekinishga majbur qiladi.
Bu orada 1964-yil noyabrda Lindon Jonson AQShning 36-prezidenti etib saylanadi (1963-yil Jon Kennedi o‘ldirilgandi). AQSh Kongressi yangi saylanadigan prezidentga lozim bo‘lganda Janubiy-sharqiy Osiyoda harbiy kuch ishlatish huquqini beradi.
Bu paytga kelib, Janubiy Vetnamda holat AQSh uchun tobora yomonlashayotgandi. Mahalliy harbiylar partizanlar bilan janglarda yengilayotgan va u yerdagi amerikalik harbiylar og‘ir vaziyatda qolayotgandi. 1965-yil 7-fevralda partizanlar AQShning Janubiy Vetnamdagi harbiy bazasiga hujum qiladi. Bu voqea AQSh Vetnamga katta qo‘shin olib kiritishi jarayonini tezlashtirib yuboradi. 1965-yil 2-martdan AQSh harbiy samolyotlari Shimoliy Vetnamni bombardimon qila boshlaydi. 1965-yil 8-mart kuni AQSh uchun muhim bo‘lgan Danang aerodromini himoya qilish uchun ikkita dengiz piyoda qo‘shinlari bataloni Janubiy Vetnamga jo‘natiladi. Shu bilan AQSh rasman Vetnam urushi ishtirokchisiga aylanadi. 1965-yil oxiriga kelib Janubiy Vetnamda AQShning 185 000 nafar harbiysi bor edi. 1968-yilda esa ularning soni 540 000 nafarga yetadi.
Vetnam urushi AQSh tarixidagi barcha urushlar orasida eng uzoq vaqt davom etganidir. Amerikalik harbiylar halok bo‘lishi bo‘yicha Fuqarolar urushi,
Ikkinchi jahon urushi va Birinchi jahon urushidan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turadi.
1965-yildan 1969-yilgacha AQSh harbiylari Janubiy Vetnamdagi partizan guruhlari va Shimoliy Vetnam qo‘shinlariga qarshi ko‘plab harbiy amaliyotlarda qatnashadi. Ularning aksariyati muavaffaqiyatsiz tugaydi.
1967-68-yillarga kelib AQShda bu urushga qarshi bo‘lganlar soni sezilarli darajada oshadi.Urushga qarshi namoyishlarda Jon Lennonning Give Peace a Chance qo‘shig‘i madhiyaga aylanadi.
Qolaversa, urushga sarflanayotgan hisobsiz mablag‘lar AQSh iqtisodiyoti uchun katta zarar keltira boshlaydi. 1968-yil 31-mart kuni prezident Jonson AQSh aholisiga Vetnamda tinchlik sulhiga erishish uchun muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Bu bayonot Jonsonga xalqning ishonchini qaytara olmaydi va 1968-yil noyabr oyida o‘tkazilgan prezident saylovida u yutqazadi. «Urushni sulh bilan tezroq tugatish» rejasini ilgari surgan Richard Nikson AQShning 37-prezidenti etib saylanadi.
1969-yil iyul oyida AQSh harbiylarini Vetnamdan bosqichma-bosqich chiqarish ishlari boshlanadi. Vetnamda qolayotgan AQSh harbiylari esa jangovar harakatlarni davom ettiraveradi. 1971-72-yillarda AQSh harbiylari tomonidan bir nechta yirik harbiy amaliyot o‘tkaziladi, ammo ularning aksariyati muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.
1972-yil 30-mart kuni Shimoliy Vetnam janubda 125 minglik armiya bilan keng qamrovli harbiy harakatlarni boshlaydi. Janubiy Vetnam armiyasi AQSh harbiy aviatsiyasi yordamida bu hujumni bartaraf etadi. Aynan ana shu yirik harbiy amaliyotdagi muvaffaqiyatsizlik Shimoliy Vetnam rahbariyatiga AQSh taklif etgan tinchlik sulhi uchun muzokaralar boshlashga turtki bo‘ladi. 1972-yil oxirigacha Shimoliy Vetnam bir necha bor sulh muzokaralarini to‘xtatib qo‘yadi. Nihoyat 1973-yil 27-yanvar kuni tomonlar «Parij tinchlik kelishuvi»ni imzolashadi. Aslida, bu bitim imzolangunicha AQSh Janubiy Vetnamdan qo‘shinlarining asosiy qismini olib chiqib ketib bo‘lgan, «atigi» 24 ming harbiy qolgandi. «Parij sulhi»ga ko‘ra, o‘sha yil 29-martgacha AQSh Janubiy Vetnamdan barcha harbiylarini olib chiqib ketadi, ammo undan keyin yana ikki yil Janubiy Vetnamda harbiy harakatlar davom etadi.
1974-75-yillarda Shimoliy Vetnam armiyasi nochor ahvolda qolgan Janubiy Vetnam armisini yengib, janubni to‘laligicha egallaydi. 1975-yil mart oyida shimolliklar Janubiy Vetnam poytaxti Saygon shahrini qo‘lga kiritadi. Poytaxt qo‘ldan ketgach, janubliklar armiyasining besh nafar generali o‘z joniga qasd qiladi.Kommunistlar Saygondagi mustaqillik saroyiga o‘z bayrog‘ini ilishadi. Shu tariqa urush Shimoliy Vetnam g‘alabasi bilan tugaydi. Shundan so‘ng shimollik kommunistlar Janubiy Vetnamda «katta tozalash» ishlarini o‘tkazishadi.
Vetnam urushida qatnashgan davlatlar.Vetnam urushida AQSh harbiylaridan tashqari yana ko‘plab davlat harbiylari qatnashadi.
Jumladan, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tailand, Filippin, Tayvan, Yaponiya, Belgiya harbiylari Janubiy Vetnamga yordam bergan. SSSR, Xitoy, Shimoliy Koreya, Mo‘g‘uliston harbiylari esa Shimoliy Vetnamni qo‘llagan.
1965-yilda SSSR hukumati Vetnam Demokratik Respublikasiga harbiy-texnikaviy yordam berish haqida qaror qabul qiladi. Vazirlar Kengashi raisi Kosiginning baho berishicha, o‘sha paytda Vetnamga berilgan yordam miqdori kuniga 1,5 million rublni tashkil etgan. AQSh aviatsiyasi va SSSR zenitchilari o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv 1965-yil 24-iyulida sodir bo‘ladi.Urush tugaguncha SSSR Vetnamga 95 ta zenit-raketalar majmuasi, 7,5 ming dona boshqa turdagi raketalar, 687 ta tank, 316 ta harbiy samolyot yetkazib beradi.
SSSRning Vetnamga qilgan yordami rasmiy manbalarda ko‘rsatilgandan ko‘proq bo‘lganini aytiladi. Jumladan, sobiq sovet ofitseri, Turkiston harbiy okrugida xizmat qilgan va sovet armiyasi safida Vetnam urushida qatnashgan amerikalik jurnalist Mark Shternberg Vetnam urushida SSSRning to‘rtta aviadiviziyasi qatnashgani haqida yozgandi.
AQSh askari kommunistlarga yordam bergan janublik qariyani olib ketmoqda.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling