I. Bob. Ta’lim sohasiga psixologik xizmatning kirib kelishi
O‘qituvchining teskari aloqani tashkil etishi
Download 169.6 Kb.
|
1. Xorijiy ta’lim tizimi psixologik xizmatlarida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Darsda o‘qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta’siri
- 6. Darsning gigiyenik bahosi.
4. O‘qituvchining teskari aloqani tashkil etishi.
O‘qituvchi darsning qaysi bosqichlarida (so‘rash vaqtida, yangi materialni o‘tishda, uni musthkamlashda) o‘quvchilarga qanday maqsadlar bilan murojaat qildi? Darsda o‘quvchilarningbilimlarni o‘zlashtirishning qanday darajalarini aniqlash mumkin? Teskari aloqa faqat nazorat qiluvchi emas, balki ta’lim beruvchi xususiyatga ham ega bo‘ladimi? Bu hol nimalarda namoyon bo‘ladi? O‘quvchilar darsda olingan baholariga qanday munosabatda bo‘ldilar? O‘quvchilar javoblarining tabiati o‘qituvchining bundan keyingi hatti-harakatlariga va o‘zlariga ta’sir qildimi, ya’ni u teskari axborotga qarab o‘z faoliyatini qanday qilib qayta qurdi. 5. Darsda o‘qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta’siri O‘qituvchi shaxsining: uning tashqi qiyofasi nutqi, o‘zini tutishi, o‘quvchilar bilan muomalada bo‘lish tabiatining tarbiyaviy ta’siri. Bolalarning unga bo‘lgan munosabati. Darsning hissiy muhiti. O‘qituvchining qo‘yadigan talablari va ularning o‘quvchilarda qimmatli irodaviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish uchun ahamiyati (o‘quvchilarning javobiga,xulqiga, nutqiga, intizomiga va h.z.larga qo‘yadigan talablari). Bolalarning bu talablarga munosabati. Darsda foydalanadigan ta’lim metodlari va usullarining tarbiyaviy ahamiyati. O‘qituvchi qanday qilib o‘quv ishlari texnikasini (tushuntirilgan narsani qanday eshitishini, yozuvlar olib borishini, vazifalarning shartlarini modellashtirish, kitob bilan ishlash, hal qilish usullarini topish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va h.z.larni) o‘rgatdi, ya’ni u bolalarni qanday qilib bilim olishga o‘rgatdi? 6. Darsning gigiyenik bahosi. Darsning qaysi vaqtida o‘quvchilarning aktivligi oshirildi? ayrim o‘quvchilarning aktivligi oshirildi; butun sinfning (u qanday maqsad bilan amalga oshirildi?) Darsning qaysi vaqtida tormozlanish belgilari paydo bo‘ldi? (kerishish, uyqu kelishi, o‘quvchilar javobining sustlashishi) Darsdan tashqari mavzularda gaplashish hollari ro‘y berdimi, darsning qaysi vaqtida yuzaga keldi va nima sababdan; Darsda o‘quvchilar intizomining buzilganligi qayd etildimi, bu hol nima sababdan yuzaga keldi. Rivojlangan tormozlanish jarayonini yo‘qotish maqsadida o‘qituvchi qanday usullardan foydalandi: butun sinf uchun; ayrim o‘quvchilar uchun; Dars o‘tish vaqtidagi sinf xonasining gigiyenik bahosi: sinf xonasi shamollatilganmi? o‘quvchilarning ish joylari qanday yoritilgan? bolalar partalarga qulay o‘tiryaptilarmi? (parta ularning bo‘ylariga mos keladimi?) - sinf xonasining o‘quvchi bilan to‘lganligi, ta’lim normalariga mos keladimi? darsda o‘quvchilarning faoliyatiga qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilar xalaqit bermadimi? Download 169.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling