I bob. Ta’limda kasbiy-pedagogik madaniyat va tarixiy pedagogik qadriyatlar


Download 413.5 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2020
Hajmi413.5 Kb.
#104288
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DIPLOM YANGI



MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………4



I BOB. TA’LIMDA KASBIY-PEDAGOGIK MADANIYAT VA TARIXIY PEDAGOGIK QADRIYATLAR. 

1.1 Pedagogik mahorat madaniyatining shakllanish bosqichlari. Sharq va G’arb allomalarining qarashlari misolida…………………………………….8

1.2 Kasbiy-pedagogik madaniyat turlari: axloqiy, texnologik,didaktik, psixologik va boshqalar………………………………………………………..28

II BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY O’QITUVCHINING ROLI.

2.1 Imkoniyati cheklangan va deviant xulq-atvorli o’quvchilarga ta’lim berishda pedagogning mahorat madaniyati……………………………………46

2.2 Rivojlanayotgan axborot asrida zamonaviy pedagogga qo’yiladigan talablar (Innovatsion ta’limda o’qituvchi mahorati va madaniyatining dolzarb masalalari)......................................................................................................59

Xulosa……………………………………………………………………71

Ilova………………………………………………………………………74

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, ilg‘or innovatsion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan ishlarga yangicha sur’at berdi. Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda. Aynan ushbu muhim masalalar yuzsidan, O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga ega bo’lgan davlatgina yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi,1 deb ta’kidladilar. Aynan shuning uchun ham ta’limda ma’naviy va g‘oyaviy yuksak,salohiyati jihatidan intellektual mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’limni rivojlangan mamlakatlar darajasida yuksaltirish, yoshlar g`oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantiradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoldi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o`z-o`zidan rivojlanmaydi, balki jamiyatning yuqori saviyadagi tajribali pedagog mutaxassislarning kuchli pedagogik mahorati, intellektual va ilmiy salohiyati mexnizmining tanafussiz shiddat bilan faoliyat olib borishlari orqali amalga oshiriladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham davlat va jamiyatning yagona maqsadi – barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Modelning tarkibiy qismlari uzluksiz ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo`lib, shaxs rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Bundan kutilgan maqsad: O`zbekistonda mustaqil fikrlaydigan, tafakkur tarzini isloh etishga ehtiyoj sezgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat2.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan yo`l va davlatimiz tomonidan yoshlarga O`zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolar uchun xoh iqtisodiy, xoh siyosiy, xoh ma’naviy sohada bo`lsin barcha imkoniyatlar yaratib berildi va bu imkoniyatlar bugungi kunda davom ettirilib, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan O`zbekistonni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi “Harakatlar strategiyasi” da o`z aksini topdi. Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta’lim tizimini yanada isloh qilish, ta’lim-tarbiya va o`quv jarayonining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini hal qilishga alohida ahamiyat berildi. “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy о‘quv va laboratoriya uskunalari,kompyuter texnikasi va о‘quv - metodik qо‘llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora- tadbirlarni kо‘rish”3 dek vazifalar yuklandi. Buning natijasida amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar talablariga javob bera oladigan darajaga ko`tarish vazifasi qo`yilmoqda.



Muammoning o’rganilganlik darajasi:

Pedaggogika tarixi, pedagogik mahorat, o’qituvchining kasbiy va axloqiy sifatlari tо‘g‘risida dunyo pedagog-olimlari shu jumladan Respublikamizda faoliyat olib borayotgan bir qancha tadqiqotchi olimlarimiz ham о‘quv qo’llanmalar va ilmiy ishlanmalar yaratganlar. Jumladan O. Xasanboyeva, J. Xasanboyev, X. Xomidov “Pedagogika tarixi” o’quv qo’llanma, M.Tojiyev, B.Ziyamuxamedov, M.O‘ralova “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanining O‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash” , A. Xoliqov Pedagogik mahorat”, Pirmuxamedova M. “Pedagogik mahorat asoslari”, Mutalipova M.J “ Xalq pedagogikasi “, Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A. “Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish”, Mahmudov N. М. ‘O‘qituvchi nutq madaniyati” kabi o’quv adabiyotlari va darsliklar ishlab chiqilgan.



Tadqiqot maqsadi: Pedagogik mahorat madaniyatini tarixiv va zamon tadrijida tadkik kilish, o‘qituvchidagi metodik madaniyat qirralarini yanada takomillashtirish, “ustoz-shogird” an’anasini davom ettirishni umumiy urta ta’lim va ixtisoslashgan maktablarda hamda ixtisoslik kollejlarida tatbiq etishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari:

- Sharq va G’arb pedagog- mutafakkirlarining pedagogik qarashlari va faoliyatini nazariy о‘rganish;

-umumta’lim va ixtisoslashgan maktab pedagog-о‘qituvchilarining pedagogik madaniyati darajasini tadkik kilish;

- pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish darajasi;

-imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashning interaktiv usullaridan foydalanishga yo’naltirish

-deviant-xulq atvorli (tarbiyasi og‘ir) bolalar bilan ishlashda pedagogning mahorat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.



Tadqiqot metodologiyasi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlari, Prezident farmonlari,Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi, “Davlat ta’lim standartlari”, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomlar va meyoriy hujjatlar, mavzuga oid pedagogika adabiyotlari, elektron o‘quv adabiyotlarini tashkil etadi.

Tadqiqot ishining metodi. Mavzuga doir pedagogik va psixologik adabiyotlarni o‘rganish, mavzuni ochib berishga yonaltiruvchi ma’lumotlarni toplash tahlil qilish, qiyosiy-pedagogik tahlil, suhbat kuzatish, amaliyot jarayonida o’qib o’rgangan bilimlarini mavzuga yo’naltirish , umumlashtirish.

Tadqiqot obekti. Umumta’lim va ixtisoslashgan maktab, ixtisoslik kollej ta’lim jarayoni.

Tadqiqot predmeti. Ta’lim jarayonining o’qitishning zamonaviy talablari, tarixiy qiyosiy, kasbiy mahorat, o’qituvchining ta’lim berishdagi mahorat madaniyati, va foydalanadigan pedagogik metodlari.



Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: Ta’lim tizimida pedagogik mahorat madaniyati, tarix va zamon talqinida nazariy o’rganilganligida.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Ilmiy izlanish jarayonida o‘tkazilgan pedagogik metodlar va tadqiqot natijasida to‘plangan ilmiy xulosalardan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilib, umumta’lim va ixtisoslashgan maktab va ixtisoslik kollejlariga foydalanish uchun taqdim etiladi:

Ilmiy tadqiqot ishining tuzilishi: : Kirish, ikki bob, bo’limlar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. TA’LIMDA KASBIY-PEDAGOGIK MADANIYAT VA TARIXIY PEDAGOGIK QADRIYATLAR

1.1 Pedagogik mahorat madaniyatining shakllanish bosqichlari. Sharq va G’arb allomalarining qarashlari misolida

Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, O‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarning g‘oyaviv- siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobilyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim. Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta’lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda o'qituvchi-tarbiyachilarning mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa turganligi ta’kidlanadi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunning 3-moddasida ta’lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilingan hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berilgan4:

-ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

-ta’linming uzluksizligi va izchilligi;

-umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining

majburiyligi;

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

- bilimli bo’lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

Ushbu prinsplar zamirida o’qituvchi pedagogik faoliyatining-asosiy mohiyati mujassamlangan bo‘lib, uni hayotga tatbiq etish o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. O’qituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlovchi asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. Shu jihatdan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham o'qituvchining kasbiy mahoratini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimini vujudga keltirish ta’kidlanadi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo'llab-quvvatlash ta’minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham o‘qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davrtalabi ekanligi ta’kidlanmoqda.“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham bir qancha talablar belgilab beriladi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish; - ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash;

- bo'lajak o'qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf-odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

- ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida o‘qituvchilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ hujjatlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;

- bo'lajak o'qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;

- bo'lajak o'qituvchilami yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarishga o'rgatish5. Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda boyish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalar boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklami aniqlash hamda ulami bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud. O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk 0‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlari tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.



Ta ’lim – tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir o'qituvchining bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu nuqtai - nazardan O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish,

ularning та’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘Imaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha,t a ’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. О‘qituvchi о‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, awalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo ‘lishi kerak”6 - deb ta ’kidlaydi. Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi: Pedagogik mahorat-o’qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o'qituvchilarning ta ’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o'z fanini mukammal bilgan, pedagogik psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan, o'quvchilarni o 'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o’qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo 'ladi. Pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o'zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: Pedagogik mahorat deganda, o’qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko'nikmalami mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”.Tadqiqotchilaming fikriga ko'ra, quyidagi to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi:

  • o’qituvchilik kasbiga sadoqat;

  • o 'z fanining o'qitish metodikasini mukammal bilishi;

  • pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi;

  • pedagogik texnikani o‘z o'nida qo'llay bilishi.

Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, o'qituvchilik kasbi murakkab va mas’uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, o'qituvchi doimo ongning yagona sohibi bo'lmish insonning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shu sababli, bolajak o'qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga ta’sir ko'rsatishi uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak. O'qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e’tiqodi, dunyoqarashining kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va o'z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablariga o'z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.

O'qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.

O'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

1) O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.

2) O'qituvchining ruhiy - psixologik tayyorgarligi.

3) 0 ‘qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan

tayyorgarligi.

4) 0 ‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni

egallab borishi.

Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo'lib, O’qituvchi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:

a) ixtisoslik bo‘yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo'lishi;

b) ta’lim oluvchilaming yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obektiv nazorat qilishi va baholashi;

v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;

g) o‘quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik- psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo'lishi;

d) fanlami o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;

e) jamoani “ko’ra bilish”, o'quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi;

j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi.

O‘qituvchiningb pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o'qituvchining shakllanishi, bo‘lajak o‘qituvchi umummilliy mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.



"Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so ‘zi, axloqi va odobidadir.O'qituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham, ko'rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi bo'lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli bo‘lishi darkor. U muloqotda bamisoli so ‘z zargari ekanligini ko’rsata olishi muhimdir”.7 Darhaqiqat, o'qituvchilarning obro'-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o'qituvchi ma’naviy jihatdan sog'lom va keng fikrlay oladigan bo'lishi, o'z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o'zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan, allomalaming hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo'lishi lozim Bu o'qituvchi pedagogic mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bolmish yosh avlodga chuqur bilim berish o‘qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.

O‘qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o'quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun o‘qituvchilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar.

O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiv natijalari o’qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O’qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim.


  • Nutq malakasi va texnikasini mukammal o’zlashtirish

  • Tushunarli, ta’sirchan his-tuyg’ularni so’zda aniq ifodalash

  • Mimik va pantomimik harakatlardan o’z o’rnida foydalanish

  • Ma’noli va ochiq chehra bilan qarash

  • Hissiy-psixik holatlarda o’z his-tuyg’ularini jilovlay olish

  • Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo'lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish.

7. Savodli va sof adabiy tilda gapirish

8. O’quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo'lish.

9. Ijodiy-pedagogik qobilyatlarni qo’llay bilish

10. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish.

11. Muosharat odobiga rioya qilish.8

O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralaiini namoyon eta olishi, yetuk o’qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.

Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib. u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O’rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg‘or xorijiy davlatlaming o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti asrida ildizi qadim o’tmishga borib taqaladigan ustoz-shogird munosabatlari har qachongidan ko’ra ko’proq mustahkamlanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida ”ustoz-shogird” an’analarining zamonaviy tendensiyalari: muammolarini aniqlash va yechimlarini izlashda ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanib kelinmoqda.


Download 413.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling