I bob. Ta’limda kasbiy-pedagogik madaniyat va tarixiy pedagogik qadriyatlar


O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHOA


Download 413.5 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2020
Hajmi413.5 Kb.
#104288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DIPLOM YANGI


O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHOA

O‘QITUVCHI AMAL QILADIGAN QOIDALAR

tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi

- tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi

-shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish

-tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo'lish va uning shaxsini hurmat qilish

- tarbiyalanuvchining yosh va o' ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi



- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta'minlash. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi

0‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining ‘Ta ’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo’llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o'qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:

birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;

ikkinchidan. har bir o'quvchi bilan o'zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;

uchinchidan. pedagogik muloqotda O‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradoriligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotiijamligini ta’minlaydi.

O'qituvchining O‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlami o'zichiga oladi:

MULOQOT MADANIYATI INDIVIDUAL USLUBLARINI

ShaKLLANTIRISh METODIKASI

1 O’quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi:

- o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;

-o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;

- o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.

2. Shaxsiy muloqotda ro’y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:



- kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;

- har qanday vaziyatda o'quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;

- 0 ‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.

3. O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bolgan uslublarini tanlab olishi:



- pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;

- o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi;

- muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.

4. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik:



- har bir o'quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi;

- muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;

- muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.

Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o'quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o'qituvchi va o'quvchilarning bevosita o'zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo'naltiruvchi kuchdir. Bu o'rinda o'qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:

- o'qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so'z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirishi;

- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlami qayd etish,

o'quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;

- o'z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklami uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so'z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvomi vujudga keltirish;

- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o'zi kifoya qilmaydi, o'quvchilar bilan o'zaro muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o'zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala obektimng diqqatini o'ziga jalb qilish;

- muloqot obekti, ya’ni o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o'qituvchi o'zining xushmuomalaligi, madaniyati, go'zal xulqi, muloqotda o'quvchilar qalbigayo'l topa olishi bilan o'z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir.

Ko'rsatib o'tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko'rsatish uchun, o'qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odoba-axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo'yiladi. Ushbu fazilatlar o'qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o'quvchilar bilan aniq maqsadni ko'zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo'lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlair o‘zida mujassamlashtirishi lozim:

- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz ideallari, milliy g'oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik vatanparvarlik, fidoyilik tuyg'ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;

- o'quvchilarga samimiy mehr-muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari, xatti-barakatlari motivlarini, xulq-atvorlari tushunish ko'nikmasi va malakasining shakllanganligi;

- jamivatda ro'y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar, tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjudligi;

- pedagogik faoiiyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari, munosabatlaridagi xususiyatlami oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan refleksiv munosabatni tarkib toptirish;

- har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy - iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql-idrok bilan munosabatda bo‘lish, o'z oldiga to'g'ri maqsad qo'ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish;

- pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhi munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qcbiliyatini namoyish etishi;

- dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasi muntazam oshirib borishi;

- o'quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatini mantiqan ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o'tkazish uslublari bilan qurollanganligi.

Har bir o'qituvchi uchun o'quvchilarga to'g'ri, omilkor axborot uzatish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o'qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega O'qituvchilarning pedagogik faoliya uzluksizdir, u pedagogik muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib borishi zarur. 0 ‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o'ziga xos an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud. Zero, I.A.Karimov asarlarida ta’kidlanganidek, Mamlakatimiznmg istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ta ’naviyatimiztii tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta ’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. . Bu vazifalarning bajarilishiga, ta’lim-tarbiya sohasida islohotlaming asosiy amalga oshiruvchisi bo'lgan o'qituvchining o‘quvchilar bilan o'zaro muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi.


II BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY O’QITUVCHINING ROLI.

2.1Imkoniyati cheklangan va deviant xulq-atvorli o’quvchilarga ta’lim berishda pedagogning mahorat madaniyati

Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga vo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Shaxsga ta’hm-tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmun va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo’lgan omil ekanligi ta’kidlanadi. Xususan, mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yol, avvalo ta ’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qa chonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosnieslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot - о ‘qituvchi va murabbiy larning olijanob mehnati ni hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta ’sirini nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan о ‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan о ‘lchab, qiyoslab bo 'Imaydi".21 Bugungi kundagi zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Ta’lim muassasalari o‘qituvchisining pedagogik-psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, o‘z navbatida pedagog xodimlar va o‘quvchilarga ijodiy sog‘lom muhitni tashkil etish bilan birga har bir o‘qituvchi va o’quvchini intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Ta’lim tizimidagi har bir o‘qituvchi va talaba o‘z intilish va maqsadlariga ega. Pedagogik jamoani boshqarish, avvalambor, uning tarkibiy qismi bo‘lmish o‘qituvchi va talabalarning xulq-atvorini inobatga olishni talab qiladi. Ta’lim tizimida turli xarakterli insonlar Deviant xulq-atvor mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan ijtimoiy me‘yorlar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog’liq me‘yordan og’uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Deviant xulq-atvorga o’qishdan qochish va daydilik, bolalar va o’smirlarning aroqxo’rlik, giyohvandlik va u bilan bog’iq g’ayri ijtimoiy harakatlar, jinsiy harakterdagi hatti-harakatlar, o’ziga suiqasd qilishga urinish kabilarni misol qilib ko’ rish mumkin. Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o’smirlarning takrorlanib turuvchi g’ayri ijtimoiy hatti-harakatlar sifatida harakterlanadi. Bu huquqiy me‘yorlarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan harakatlardir.

Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:

-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o’t qo’yish kabilar kiradi;

- g’arazli xulq-atvor: (kichik o’g’riliklar, ta‘magirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy tajovuzlar);

-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.

Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma‘lum yoshga yetganda jinoiy ish qo’zg’ashga sabab bo’luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g’ayri huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo’lik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o’z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritish mumkin.
O’smirlik davri (11 — 14 yosh). Bu davr inson faoliyatining‗ eng murakkab davrlaridan biridir. Mazkur uyg‗un faoliyatning faollashuvi davrida organizmning barcha organlarining jadal farqli ravishda o’smir o’z xulq-atvor tamoyillariga, o‗z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Yagona maqsad sari uyushadilar.Xo’sh deviant xulq-atvor nima va u qanday shakllarda namoyon bo’ladi? Deviant xulq-atvorli bolalar bilan qanday ishlanadi?

Aynan o’smirlik davrida ichkilikka ruju qo’yishning ilk bosqichi boshlanishi mumkin. Chunki u o’smir guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning uchun “'jamoaviy ichkilik tobeligi" tavsifga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy, ham salbiy ma'noda namoyon bo’lishi mumkin. Balog’atga yetish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa, ijtimoiy salbiy ma'nodagi: chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, jinsiy mas'uliyatsizlik, huquqbuzarlik namoyon bo’ladi. O’smirlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta'sirlarini o’tkaza olmaydilar. Bola uchun tengdoshlari bilan muloqotda bo’lish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. O’smirning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga ta'siri shuncha kam bo’ladi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’napishlari orqali amalga oshiriladi:

1.Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog’liq mavzularda bahs-munozaralar o’tkazish orqali amalga oshirsa ham bolladi. Bu mashg’ulotlar natijasida, guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan qarashlar shakllanishi lozim.

Bahs-munozaradan tashqari, rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanishiga, jamoaviy muomala malakalariga o’rganishiga erishsa bo’ladi. Ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhida shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olish.

Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bunda bolalarni qo’rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

2.O’smirlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish. Bo’sh vaqtni to’g’ri tashkil qilish zarur. Ijtimoiy pedagog o’smirning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yordam berishi lozim.

Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Shuni inobatga olish lozimki, deviant xulqli bolalar, asosan, intellektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi. Shuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar yaratib berish lozim.

3. Ijtimoiy pedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlar sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste'mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini shakllantirishga qaratiladi. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiy pedagogning vazifasi hisoblanadi. O’smir yoshidagi o’quvchilarning ta'lim daspuri bilan tanishish asosida ijtimoiy pedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin. Odatda, deviatsiyalar o’smirlik davrida yuzaga keladi. O’smirlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni "o’tish davri" ham deb atashadi, chunki rivojlanishida o’z ta'sirini ko’rsatadi.

O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar roy beradi, bu esa o’z, navbatida, ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarida yangi shakllarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijgimoiy maqomi o’zgaradi, unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi.

Bugungi davrda har bir ota-ona, har bir pedagog tarbiya uquviga ega bo‘lmog‘i zarur. Bola fao-liyatini nazoratsiz qoldirish, undagi o‘zgarishlar sababini tahlil qila olmaslik, yoshiga monand tarzda munosabatda bo‘lmaslik salbiy xulq-atvor shakllanishiga imkon yaratadi. Deviant xulq o‘smir shax-siga e’tiborsizlik, uning qiziqishlarini e’tiborga olmaslik va nazoratsiz qoldirish, ertangi kunga nisba-tan qiziqish va umid uyg‘ota olmaslik kabi qator salbiy motivlar asosida shakllanadi. Bu motivlar esa faqatgina oilada yoki ta’lim tizimida emas, har ikkala tarbiya o‘chog‘ining uzviyligi ta’minlangan-dagina bartaraf etilishi mumkin. O‘smirlarga oilada ta’lim-tarbiya berilayotganda ota-onalarning o‘zlari ular uchun namuna, ibrat bo‘lishlari kerak. Shuning uchun sog‘lom fikrlashni insonlar qalbiga va onggiga singdirishni, eng avvalo, oiladan boshlash kerak. Biz deviant xulq motivlarini o‘rganga-nimizda “Deviant xulqning yuzaga kelish sababi nimada?” degan savolga:

- ota-onalar o‘rtasida doimiy nizolarning mavjudligi ― 53%;

- farzand faoliyatini nazorat qilmaslik ― 21,5% ;

- bola shaxsiga noto‘g‘ri muomala va ta’sirda bo‘lish ― 11,5% ;

- doimo birga bo‘ladigan o‘rtoqlari va o‘zi uchun idel sifatida tanlagan timsollari xulqiga taqlid qi-lish ― 1,4% kabi javoblarni e’tirof etishdi. Oila muhitidagi nosog‘lom psixologik iqlim o‘smirning oiladan bezishiga, turli noqonuniy harakatlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, diniy ekstremistik oqimlar ta’-siriga tushib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘smirlar o‘rtasida bu holatning oldini olish uchun tajriba-sinov maskanlarda “Psixolog xizmati markazi”, “Sirdoshim” klubi, “Ijtimoiy moslashuv markazi” kabi to‘garaklar tashkil qilindi. 22

Deviant xulq-atvorli bola nafaqat o‘zigina me’yorlarga moslasha olmaydi, balki o‘zi anglamagan holda ijtimoiy normalarga, me’yorlarga moslashgan ota-onalari, yaqinlari faoliyatini ijtimoiy me’yor-lardan og‘ishiga sabab bo‘lmoqda. Aniqlovchi pedagogik tajribalarimizda, ota-onalardagi, deviant xulq-atvorli bolalarning salbiy emotsional-hissiy ta’sirlarini o‘rganishga va ularni turkumlashtirishga harakat qildik. Tadqiqotlar natijalaridan quyidagi krizisli holatlar bosqichlari aniqlandi (odatda bu ho-latlar ota-onalarda bosqichma-bosqich ro‘y beradi, ammo paydo bo‘lish va o‘tishlari hammada har xil):

I. Ota-onalar bolalaridagi deviant xulq-atvorlarni tan olgilari kelmaydi, dalillarni yoshlikka, tajribasizlikka, erkalikka yo‘yishadi. Muammoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkor etadilar. Ammo shubha paydo bo‘ladi. Salbiy emotsional-hissiy holat yuzaga keladi, u kundan-kunga kuchayib boradi.

II. Deviant xulq-atvor dalillari inkor qilib bo‘lmaslik darajasiga yetadi. Ota-onadagi salbiy emotsional-hissiy holat yuqori depressiv darajaga yetadi. Ilojsizlik, najotsizlik holati sodir bo‘ladi. G‘ayri tabiiy, mo‘jizaviy chora-tadbirlar xayolga kela boshlaydi.

III. Vaziyatdan chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida fikrlash boshlanadi (mana shu bosqichda ota-onaga ijtimoiy pedagogik yordam kerak).

IV. Vaziyat qabul qilinadi, mutaxassislarga murojaat qilish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi (ijtimoiy peda-gogik yordamida) tan olinadi va bu yo‘lda harakat boshlanadi. V. Deviant xulq-atvorli bolasiga ota-ona butun e’tiborini, faoliyatini bog‘lab, atrofidagi kasbiy, ijti-moiy munosabatlarini uzib qo‘yishi mumkin. VI. Ijtimoiy pedagog, ota-onaga deviant xulq-atvorli bolani davolash, ijtimoiylashtirish bilan birga o‘zlarining ham kasbiy, ijtimoiy, individual hayotlari bilan yashashlari kerakligini uqtirib boradi va shunga erishadi. Shunday qilib, deviant xulq-atvorli bola to‘la ijtimoiylashib ketadimi-yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, pedagog ota-onaning indiuvidual, ijtimoiy, kasbiy hayotlarini to‘la, normal saqlanib qolishining chora-larini ko‘rish, ta’minlashi zarur.

Tajriba-sinov maydonchasi etib tanlangan ta’lim muassasalarimizda yaxshi natija berdi, deviant xulqqa moyilligi bor o‘smirlar soni keskin kamaydi. Bu tajribani hamma ta’lim muassasalariga qo‘l-lash tavsiya etildi. Chunki bunday xulqqa ega yoshlar kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda sanoqli miqdorlarni tashkil etadi. Ularning har biri bilan alohida, individual profilaktik-pedagogik yondashish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Deviant xulqning kelib chiqish sabablari hammasida har xil, turlicha. Sabablar turlicha yondashishni talab etadi.

Umuman olganda, o‘smir dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar:

1) ma’naviyat va ma’rifat;

2) oila;

3) mafkura;

4) ijtimoiy ustanovkalar. Shu o‘rinda o‘smirlar orasida deviant xulq profilaktikasini amalga oshi-rish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar haqida alohida ta’kidlash joiz. Bir necha o‘n yil ilgari qaysi joyda odam nima qilishni istasa va shuni bajara olsa, bu yerda demokra-tiya bor degan juda tor qarashlar ilgari surilgan davlatlardan farqli ravishda, bizning xalqimiz azaldan “Bir bolaga – yetti mahalla ota-ona”, “Kasallikni davolagandan ko`ra uning oldini olgan afzal” kabi naqllarga amal qilib yashaydi. Odob-axloq qoidalariga rioya qilish, yon atrofdagi odamlarga nisbatan mehr-oqibatli bo‘lish, ozgina bo‘lsa-da nomaqbul ish qilishdan uyalish hissi oilada farzand tarbiyasi-ning asosini tashkil qilib keladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, o‘smirlar orasida deviant xulq kelib chiqishining oldini olish, ya’ni pedagogik profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning a’zosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir. Eng avvalo, o‘zimiz, oila a’zolarimiz va jamiyat oldi-dagi mas’uliyatni doimo his qilib yashash, atrofdagi hodisalarga beparvolik bilan munosabatda bo‘l-maslik, tinch va osuda hayotimizning qadriga yetib yashash barchamizning kundalik hayot tarzimizga aylanishi zarur. Zero, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish pedagogik konsepsiyasi har bir bolaning tug‘ma imkoniyatlari, layoqat, qobiliyatlari va talantlarini to‘g‘ri pedagogik diagnostika qi-lish, unga bor imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun iqtisodiy-ma’naviy, psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib berishni dolzarb, milliy xarakterdagi vazifa qilib qo‘ymoqda.

Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me'yor-laridan chetga chiqqan o’smirlarni "tarbiyasi og’ir o’smir" deyiladi. "Tarbiyalash og’ir" deganda, pedagogik ta'sirga qarshilik ko’rsatish tushuniladi. Tarbiyalash og’ir, qabul qilingan me'yor va qoidalarga tarbiyalanuvchi tomonidan amal qilinmasligini fanda deviatsiya (og’ish) hodisasi orqali o’rganiladi.



Har bir o‘qituvchi, talabalar va ularning ota-onalari bilan bir qator suhbatlar olib borar ekan, u pedagogik bilimlar targ‘ibotchisi hamdir. O’quvchilarining hulqida salbiy o’zgarishlar aniqlanganda yoki oilaviy sharoitiga ko’ra bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi holatlar sezilganda o’quvchi maktabning alohida ichki nazoratga olinadi va yakka tartibda profilaktik tadbirlar tashkil etiladi. Umumta’lim maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o’quvchilar ro’yxati shakllantirish. Umumta’lim maktablarining ichki nazoratiga huquqbuzarlikka moyilligi bo’lgan o’quvchilar sifatida: Maktabning ichki tartib qoidalariga to’liq amal qilmaydigan, surunkali dars qoldiruvchi va past o’zlashtiruvchi,maqsadli reydlar davomida ko’cha-ko’yda bemaqsad yurganligi yoki turli ishlar bilan shug’ullanayotganligi aniqlangan o’quvchilar; Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan o’quvchilar; Ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobiga olingan o’quvchilar.
«Diniy ta’limga moyilligi bo’lgan o’quvchilar sifatida:
majburiy ta’lim olishdan bosh tortib masjidlarda ibodat qilganligi, yoki diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashganligi aniqlanganlar;
maktabda va jamoat joylarida diniy libos (xijob)da yuruvchi o’quvchi-qizlar;
Ichki ishlar bo’limlarining maxsus hisobida turgan Diniy ekstremistik oqim xayrixohlarining maktab yoshidagi farzandlari;
o’quvchilarning din haqidagi bilimlar olishga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida o’tkazilgan ijtimoiy va psixologik so’rovlar natijasiga ko’ra lozim topilganlar.
Narkologiya dispanserining profilaktik hisobida turadigan shaxslarning maktab yoshidagi farzandlari; Notinch va janjalkash oilalarda tarbiyalanayotgan o’quvchilar olinadi; Umumta’lim maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish. Mazkur o’quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borishni quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq. O’quvchilarning ushbu royxatga olingaligini o’ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglar biriktirish; Ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabdagi qiziqishlari boyicha va fan to’garaklariga jalb etish;
Nazoratchi-pedagoglar tomonidan o’quvchilarni royxatga olinishiga sabab bo’lgan xatti-harakatlarini takrorlanishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. Bunda Diniy ta’limga moyilligi bo’lgan o’quvchilarning din haqidagi tushunchalari va dunyoqarashlarini ijobiy tomonga o’zgartirish maqsadida mazkur o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan yakka tartibda tushintirish ishlarini olib borish; Ularga O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonuni talablarini tushuntirish;
Huquqbuzarlikka moyil o’quvchilar va ularning ota-onalari o’rtasida «Voyaga etmaganlarning huquq, burch va mas’uliyatlari», «Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarliklari», «Farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar va ularni oldini olishda ota-onalarning roli», «Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid», «Sog’lom avlod – millat kelajagi» mavzularida soha mutaxassislarini jalb qilgan holda davra suhbatlarini tashkil etish;
O’quvchilarning darslarga maktab «Ustavi»da belgilangan o’quvchilar formasida, dars jadvalida ko’rsatilgan darsliklar va tegishli o’quv-qurollari bilan kelishini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mahalla faollari bilan hamkorlikda ushbu o’quvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning bola tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik ishlarini amalga oshirish:
Farzandi tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan, ularni maktabga borishiga to’sqinlik qilayotgan noqobil ota-onalar to’g’risida mahalla fuqarolar yig’inlariga ma’lumot kiritish hamda ularni faollar o’rtasida muhokama qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik hamda umumiy ta’lim olishlarini ta’minlamaslik holatlari kuzatilganda ularni o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taklif kiritish; Ko’rilgan choralar samara bermagan holda ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish boyicha voyaga etmaganlar ishlari boyicha komissiyalarga murojaat qilish. Shuningdek, umumta’lim maktablarining o’rta bo’g’inida o’qitiladigan “Vatan tuyg’usi” “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari ” fanlari oila maktab jamoatchilik hamkorligida o’tkaziladigan ma’naviy-marifiy madaniy tadbirlarni mazmunan umuminsoniy va milliy g’oya asosida tashlik etilishi ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirish garovidir. Bu turkum fanlar mazmunining o’smirlar shuningdek ijtimoiy huquqiy xatar guruh o’smirlarining yosh va psixologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda oddiydan murakkabga, bosqichma-bosqichlik izchillik asosida shakllantirilishi kutilgan natijalarni berilishi tabiiydir. 23

Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo’lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o’z oilasidan uzokda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab qoyilgan birinchi qadamdir. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish masalalari O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan.


Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim.
Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z boyniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma-yon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.

Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-o’quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.

Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyat darajasida faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o’rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng xuquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish faoliyati doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali vositasi bo’la oladi:

 Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurash;

 Do’stona insonparvar jamovlarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;

 Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish

Maxsus yehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’limda o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus yehtiyojli bolalar:

- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;

- ijtimoiy xulq va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini yaratadilar; \-

ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o’quv materiallarini o’zlashtiradilar;

- tengqurlari bilan turli oyinlarda ishtirok yetib rivojlanadilar;

- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka oyinlari, turli sport musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo’lishlari mumkin;

- do’stona muhitda do’st orttiradilar;

- turli ko’ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok yetadilar. Boshqa bolalar yesa;

- do’stona muhitni yaratadilar;

- maxsus yehtiyojli bolalarga g’amho’rlik qiladilar,ularni turli oyinlarga jalb qiladilar;

- sinf tadbirlarida ishtirok yetadilar;

- tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;

- jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;

- didaktik va oyin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok yetadilar;

- o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini tushunishga o’rgatadilar;

- har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;

- har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;

- ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;

- ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;

- barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar; Demak; inklyuziv ta’lim maxsus yehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda yemas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi.24 Buning uchun esa maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga to’la javob berishi kerak. Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni talab qiluvchi umumta’lim tizimining sohasi hisoblansa, imkoniyati cheklangan bolalar esa jamiyatning ijtimoiy qatlamidir. Ularga ta’lim berishni yo’lga qoyishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:

 Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitishni tashkillashtirish;

 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish;

 Inklyuziv ta’limni joriy qilishda muassasa hodimlarini ish vazifalarida islohotlarni amalga oshirish;

 O’qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashni yo’lga qoyish;

 Imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy xususiyatlariga ko’ra yakka tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv reja, dasturlar va boshqa omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik bilan birgalikda o’qitishning turli shakllarini tashkil qilish;

 Bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’lim samaradorligini oshirish;

 Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur;

 Sinfdagi o’quvchilar soni muammosini hal qilish;

 Ota-onalar uchun nogiron bolalarni o’qitish tizimi, inklyuziv ta’lim tizimi haqidagi o’quv qo’llanmalar yaratish;

 Nogiron bolalar oilasi bilan maktabning uzviy aloqa o’rnatish;

 Nogiron bolalarni maktabga kelishi uchun transport bilan ta’minlash masalalari;

 Nogiron bolalarning ota-onalaridagi huquqiy bilimini oshirib borish;

 Ta’lim muassasalari uchun kadrlar yetishtirish;

Umumiy qilib aytadigan bo’lsak imkoniyati cheklangan o’quvchilarga ta’lim berish jarayonida pedagogdan juda katta mahorat, malaka va tajriba zarurdir. Oddiy o’quvchilardan farqli ravishda bunday bolalar o’ziga xos yondashish ularni hayotga jamiyatga qo’shish, ta’lini ularning imkoniyati va ehtiyojiga mos holda tashkil etish muhim sanaladi. Imkoniyati cheklangan o’quvchilar orasida qobilyatlilari juda ko’p. Ularni ko’proq san’at yo’nalishiga jalb qilish, qiziqtirish, ularni psixologik holatini yaxshilash bilan bir qatorda. Jamiyatda o’z o’rniga ega ekanligini his qilishga yordam beradi. Ularning jismoniy holatidan kelib chiqib rasm chizish, hunarmandchilik, musiqa, badiiy adabiyotga yo’naltirish samarali natijalarni beradi. Bu borada imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktablari va san’at yo’nalishidagi pedagoglar, shu soha mutaxassis o’qituvchilari bilan hamkorlikni yo’lga qoyish O’zbekistonda inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi



Download 413.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling