I bob tarixiy davr, madaniy hayot
Download 91.01 Kb.
|
aaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- F O Y D A L A N I L G A N A D A B I YO T L A R
NOMA JANRI HAQIDA
Noma — o‘zbek mumtoz adabiyotining janriy ko‘rinishlaridan biri. Lug‘aviy jihatdan bu forsiy so‘z «xat», «maktub» degan ma’noni anglatadi. Istilohiy ma’nosi ham shundan kelib chiqadi. Chunki shaklan noma janriga doir asarlar xat, maktub tarzida bitiladi. Biroq endi buni boshqa asarlar ichida qahramonlarning bir biriga maktub yo‘llashi bilan bir narsa deb tushunmaslik kerak. Masalan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning Shiringa, Shirinning Farhodga, shuningdek «Layli va Majnun»dan Laylining Majnunga, Majnunning Layliga maktublari o‘rin olgan. Mustaqil biror asar tamoman noma usulidan foydalanilgan holda bitilsagina, u noma janriga daxldor hisoblanadi. Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Albatta «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig‘indisi emas, unda g‘azal, qit’a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o‘n bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib “noma» so‘zini asar nomiga ham chiqazgan. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini adabiyotimizda Xo‘jandiy «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriy «Dahnoma»si, Said Ahmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi. «Noma» so‘zini asar nomiga tirkash bu janrga taalluqli bo‘lmagan boshqa asarlarda ham uchraydi. Masalan, Salohiddin Toshkandiyning «Temurnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», uning nevarasi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asarlari nomlarida «noma» so‘zi ham qo‘llangani bilan ular noma emas, sarlavhada qayd etilgan shaxs hayoti bilan bog‘liq tarixiy asar ma’nosini anglatadi F O Y D A L A N I L G A N A D A B I YO T L A R Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”. 2007. Aziz Qayumov. Dilkusho takrorlar va ruhafzo ashhorlar. T.: 2011. Ahmedova Sh. Maktubot va adabiy tanqid. T.: “Fan” 2005 Akromov B. Fasohat mulkining sohibqironi. T.: “Fan”, 1991. Boltaboyev H. Mumtoz so’z qadri. T.: Adolat. 2006. Boltaboyev H. Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. T.: 2013 Sharq mumtoz poetikasi. (H. Boltaboyev talqinida). T.: 2008. Valixo’jayev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. T.: “O’zbekiston. 1993 Valixo’jayev B. O’zbek epik poeziyasi tarixidan. T.: 1974. Jamolova M. O’zbek adabiyotida noma janri. T.: 1992 1 Хоразмий. Муҳаббатнома. // Ўзбек адабиёти. 4 томлик. (Воҳид Зоҳидов таҳрири остида). -Т.: Бадиий адабиёт, 1959. -I том. –Б. 160-176. Download 91.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling