I bob tarixiy davr, madaniy hayot
Muhabbat jomidin ichsang sharobe
Download 91.01 Kb.
|
aaa
Muhabbat jomidin ichsang sharobe,
“Muhabbatnoma”ga aysang javobe. ...Xo’jandiy so’zlaring Xorazmiy miskin Eshitsa: “Balli!” – deb qilg’aydi tahsin. Bundan tashqari noma janridagi asarlarda tabiat tasviridan o’rinli foydalanish va bu tasvirning oshiq yoki ma’shuqaning ruhiy kechinmalari, holatlari bilan bog’liq holda olib borish hollari ko’rinadi. Noma janrida yaratilgan asarlar tarkibida g’azallar, qasida, masnaviy, qit’a, fard, soqiynoma, hikoyat singari janrlarni, tabiat manzaralari tasviri, xalq og’zaki ijodiga xos bo’lgan maqol, matal, hikmatli so’zlarni singdira olishi bilan xarakterlanadi. Ana shu xususiyatlarni hamisha yodda tutish mumtoz adabiyotimiz namunalaridan, xususan, noma janrida yaratilgan asarlardan to’laqonli bahra olishimizga sabab bo’ladi. Mumtoz so’z san’atkorlari badiiy ijodga qo’l urib, lirik obrazlar yaratayotganlarida ularga turli tabaqalar vakillarining psixologiyasi, turishturmushini yaxshi bilganliklari qo’l keladi. Natijada lirik obraz va xarakterlar hayotiyligi, qo’llangan poetik san’atlarning tabiiyligi tahminlanadi. Bunda shoir mavjud voqelik, unda yashab turgan odamlarning qarashlari, ma’naviyati, saviyasi va qiziqishlariga suyanadi. Shu zaylda davr va sharoitga qarab, poetik obrazlar mundarijasi o’zgarib, boyib boradi yoki bahzilari o’rnini boshqalari egallaydi. Demak shoir yaratgan obrazlar o’sha davr ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-ma’naviy masalalarining ko’zgusi ham hisoblanadi. Shu tariqa shoirning lirik obrazlari tizimi ham tobora kengaydi. Bunday lirik obrazlar zimmasiga yuklanadigan vazifalar salmog’i ham ortib bordi. Bir qarashda g’azalda ham, nomada ham obraz yaratish usuli bir xildek ko’rinadi. Masalaga chuqurroq yondashadigan bo’lsak, bu ikki adabiy janr orasidagi farqli tomonlarni ham ilg’ab olish mumkin. G’azalda ham oshiqning ma’shuqaga bo’lgan sevgi iztiroblari, ma’shuqaning beqiyos go’zal obrazi, bevafolardan shikoyat lirik tarzda ifodalanadi. Lekin g’azalning ma’lum chegarasi mavjud. Nomada esa oshiq va ma’shuqa obrazlari o’rtasidagi munosabatlar asosiy o’ringa ega bo’lib, ularning keng qamrovli ruhiy kechinmalari lirik tarzda masnaviy yo’li bilan ifodalanadi va muallif nomalarda his-tuyg’u, kechinmalar tasvirida g’azal, masnaviy, fard, qit’a kabi janrlarga ham murojaat qilishi mumkin. Ko’rinadiki, noma janrida g’azal janriga nisbatan obraz yaratish manbalari va imkoniyatlari keng hamda chegarasiz. “Muhabbatnoma”ning umumbashariy g’oyalar tashishi, lirik obrazlarning mukammalligi, xarakterlarning hayotiyligi muallifni o’z davri an’analaridan yuqori ko’targan xususiyatlardan biridir. Ulug’ shoir ko’plab salaflari, zamondoshlaridan farqli ravishda, lirik obrazlarning tashqi portretiga oro beribgina qolmasdan, ularning ruhiy-ma’naviy olamiga ham yo’l ochdi. Bir so’z bilan aytganda, shoir yaratgan lirik obrazlar muallifning yuksak ideallarini tashish bilan birga, hayotga juda yaqin keldilar va she’riyat muxlislarining ko’ngil mulkiga aylandilar. Download 91.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling