I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2


Download 1.21 Mb.
bet4/17
Sana03.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1744622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....

Tejamkorlik loyhalash harajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq harajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi.
Ko’p modeli potoqlarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarining unifikasiyalashtirilgan barqoror potoqlarda ishlashni ta’minlaydi. Konstruktor faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizmasi-yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko’riladigan asosiy maqsad – detallarning shakli va razmerlarini mumkin qadar aniqroq belgilash; shunday qilinsa, kiyimning detallari yig’ilgandan keyin hosil bo’lgan formasi rassom formasiga mos keladi.
Bu ishning qiyinligi va murakkabligi shundaki faqat tar’ifi, eskizi va namunasigina berilgan, lekin o’zi yo’q kiyimning chizmasini – detallarining yoyilmasini chizishga to’g’ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab, yoyib bo’lmaydigan sirt hisoblanadi.; shunga ko’ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin.
Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarni gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin.
1. Mulyaj metodi.
2. Gavdaning o’lchamlariga va chok haqlariga asoslanish
3. Boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanish.

Mulyaj metodining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga nakid material (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz yoki to’r-kanva) modelning formasiga moslab to’g’nag’ichlar bilan qadab qo’yilib, kiyim detallarining konto’rlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy usul –qadashdir


Yordamchi to’r- kanva metodi mulyaj metodining bir to’ri hisoblanadi; bunda gazlamaning iplarini surish-siljitish hisobiga kiyim detallarining yoyilmasi xuddi pardaga o’xshatib yasaladi.

Kiyim detallarining yoyilmasini boshlang’ich sirt ma’lumotlariga asoslanib chizish metodlari gruppasi analitik va grafik metodlar degan yordamchi gruppalarini o’z ichiga oladi.
Analitik metodlar gavda (sirt) ni razmeri va formasi to’g’risidagi , ma’lumotlarga asoslanadigan nazariy hisoblashlar metodi jumlasiga kiradi. Uning ikkita asosiy to’ri mavjud: Aqademik.P.L.Chebishev metod iva M.P.(razmerlar orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi.
P.L.Chebishev metodida yoyiladigan sirtning egriligi aniqlanadi. Bu metod boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib, kiyimning konstruksiyalash prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi.
M.P. metodi yordamchi sistema hisoblanadi; u sistema uchun boshlang’ich razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan metoda chizish mumkin. Detallarning boshqa razmerlari hisoblash metodida aniqlanadi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling