I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari


-jadval Paribas bank (Fransiya) aktivlarining tarkibi15, foizda


Download 1.24 Mb.
bet21/25
Sana19.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1624448
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
3-jadval
Paribas bank (Fransiya) aktivlarining tarkibi15, foizda

Aktivlar tarkibi

2016 y.

2017 y.

2018 y.

2019 y.

2020 y.

Naqd pullar va «Nostro» vakillik
hisobarqamlaridagi pullar


7,7


9,1


9,1


7,2


12,4

Qimmatli qog‘ozlarga qilingan
Investitsiyalar


46,9


44,6


44,7


46,3


45,9

Berilgan kreditlar

36,6

38,7

38,4

38,2

33,2

Hisoblangan foizlar

6,4

5,0

5,4

5,2

5,6

Asosiy vositalar va nomoddiy
Aktivlar

1,7

1,9

1,8

1,9

1,7

Boshqa aktivlar

0,7

0,7

0,6

1,2

1,2

Aktivlar – jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Paribas bank aktivlarining umumiy hajmida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar va kreditlar asosiy salmoqni egallaydi. Ushbu ikki aktivning jami aktivlar hajmidagi salmog‘i, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 75,1 foizni tashkil etdi. Bu esa, birinchidan Paribas bankning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri kreditlash ekanligi bilan, ikkinchidan bankning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarini rivojlanganligi bilan izohlanadi.
3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2016-2020 yillarda Paribas bank aktivlarining umumiy hajmida naqd pul mablag‘lari va uning «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari nisbatan kichik salmoqni egallagan. Bu esa, ushbu aktivlarni daromad keltirmaydigan aktivlar ekanligi bilan izohlanadi.
Asosiy vositalar ham daromad keltirmaydigan aktivlar bo‘lganligi sababli ularning Paribas bank aktivlari hajmidagi salmog‘i kichik.
Shuningdek, tahlil qilingan davr mobaynida boshqa aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i kichik bo‘lgan.
Shunisi ahamiyatliki, taraqqiy etgan mamlakatlarda Hukumatning qimmatli qog‘ozlarni yirik emitenti bo‘lganligi sababli tijorat banklarining joriy likvidliligini ta’minlashda mazkur qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar muhim o‘rin tutadi. Chunki, tijorat banklari yuqori likvidli aktivlari tarkibida Hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar yuqori salmoqni egallaydi.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali tijorat banklari brutto aktivlari hajmida yuqori likvidli aktivlarning darajasiga baho beramiz.
10-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2016-2018 yillarda Paribas bankda yuqori likvidli aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining
19 foizdan kam bo‘lmagan darajasi ta’minlangan. Bu esa, nisbatan yuqori salmoq hisoblanadi. Ammo, 2019 yilda ushbu ko‘rsatkichning darajasi 2018 yilga nisbatan keskin pasaygan. Biroq, 2020 yilda mazkur ko‘rsatkichning darajasi 2019 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.


10-rasm. Paribas bank (Fransiya) va Benk of Amerika (AQSh) aktivlarining umumiy hajmida yuqori likvidli aktivlarning salmog‘i16, foizda.
10-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2016-2018 yillarda va 2018-2020 yillarda Benk of Amerika bankida yuqori likvidli aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining oshish tendensiyasi kuzatilgan.
Tijorat banklarida likvidlilik riskining chuqurlashishiga olib keluvchi asosiy sabab bo‘lib, muddati o‘tgan kreditlar miqdorining oshishi hisoblanadi. Shu sababli, tijorat banklari muddati o‘tgan kreditlarning darajasini oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga katta e’tibor beradilar.
2018-2020 yillarda AQShning Benk of Amerika bankida muddati o‘tgan kreditlarning jami kreditlardagi ulushining me’yoriy talab darajasidan (3
%) oshmasligiga erishilgan32.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling