I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit bazasi


Download 1.24 Mb.
bet23/25
Sana19.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1624448
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
11-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit bazasi hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmog‘i21, foizda
3.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, respublikamiz tijorat banklarining depozit bazasini yetarliligi ta’minlanmagan. Chunki, tijorat banklarining depozit bazasi yetarli bo‘lishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi ulushi 30 foizdan oshmasligi kerak.
Ushbu riskka to‘liq barham berish uchun bank resurslarini jalb qilish muddati bilan aktivlarni joylashtirish muddatini muvofiqlashtirish lozim. Buning uchun, resurslarni jalb qilish muddati hech qachon aktivlarni joylashtirish muddatidan uzun bo‘lmasligi lozim. Afsuski, respublikamizdagi ayrim tijorat banklarining faoliyatida mijozlarning
joriy hisobraqamlaridagi mablag‘lardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri resurs sifatida foydalanish hollari mavjud.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish yo‘li bilan ham daromadlari miqdorini oshirish, ham joriy likvidliligini ta’minlashlari mumkin.
Rivojlangan davlatlarda Markaziy banklarning diskont kreditlari, ya’ni tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan berilgan kreditlar banklar faoliyatida yuzaga kelgan balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Tijorat banklarining faoliyatidagi likvidlilik riskini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardan yana biri bo‘lib, respublikamiz banklarining xorijiy banklar bilan bir tomonlama vakillik munosabatlariga ega ekanligi hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundaki, respublikamiz tijorat banklari, xorijiy banklar bilan bir tomonlama vakillik munosabatiga ega bo‘lganligi sababli, har qanday xorijiy valyutadagi to‘lovni amalga oshirishda o‘zlarining «Nostro» vakillik hisobraqamini kreditlashga majbur bo‘lishadi. Bu esa, respublikamiz tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Respublikamiz tijorat banklari xorijiy banklar bilan ikki tomonlama vakillik munosabatlariga ega bo‘lganda edi, u holda, import to‘lovlarini amalga oshirishda xorijiy bankning «Vostro» vakillik hisobraqami kreditlanar edi, bizning banklarning «Nostro» vakillik hisobraqami kreditlanmas edi.
Respublikamiz tijorat banklari faoliyatidagi likvidlilik riskini boshqarish amaliyotini takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolardan yana biri bo‘lib, ularga Markaziy bank tomonidan diskont va lombard kreditlari berish amaliyotining mavjud emasligi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida trattalar muomalasi bo‘lmaganligi sababli Markaziy bank tijorat banklariga diskont kreditlari berish imkoniyatiga ega emas.
Markaziy bankning diskont kreditlari tijorat banklarida yuzaga keladigan qisqa muddatli balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilish imkonini beradi. Chunki, Markaziy bankning diskont kreditlari har tijorat banki uchun belgilangan limit doirasida beriladi22.
Shuningdek, mamlakatimizda monetizatsiya darajasining past ekanligi korxonalar o‘rtasidagi debitor qarzdorlikni qisqartirishga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd etganlaridek, «nima sababdan to‘lov intizomi oqsayapti? Jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 11 trln so‘mi yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho‘zilib kelyapti»23.

XULOSA
Tijorat banklari likvidliligini ta’minlash, uni talab darajasida oshirish, va shu bilan birgalikda, kutilayotgan daromadga ega bo’lish kuchli likvidlilik strategiyasini talab etadi, ya’ni tijorat banki bir vaqtning o’zida likvidlikka erishgan holda maksimal daromad olishning samarali pozitsiyasiga ega bo’lishi lozim.
Bank rahbariyati likvidlikni rejalashtirishi hamda bankning qisqa muddatli majburiyatlarini ularni qaytarib olishda to’lashga etarli darajada naqd pul va qisqa muddatli aktivlarga ega bo’lishi lozim.
Yetarli likvidlikning ta’minlanish zaruriyati sababli tijorat banki foyda olishga bo’lgan intilishni muvozanatda saqlab turishi lozim hamda banki hech qachon daromadlilikni oshirish evaziga likvidlilikni suiste’mol qilmasligi lozim.
Foydalanilgan nazariy ma’lumotlar va tahlil qilingan amaliy ma’lumotlar asosida quyidagi xulosa va takliflarni keltirib o’tishim mumkin:

  1. Tijorat banklari talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hajmini kamaytirishga va muddatli depozitlar hajmini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim. To’g’ri bugungi kunda banklar uchun eng arzon resurs bu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlaridagi mablag’lardir. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar xatto kapital resurslaridan ham arzon, shu bilan birga transformatsiya riski eng yuqori bo’lgan resurs hisoblanadi.

Bugungi kunda tijorat banklarining depozitlar bo’yicha majburiy zaxiraga tortilgan resurslari bilan birga, bankning kredit portfelidagi muammoli aktivlari bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi tashkil qilinadigan maxsus zaxiralari ham Markaziy bank tomonidan majburiy zaxiralar hisobraqamlariga olib qo’yilmoqda.
Banklar balansidagi mavjud aktivlarining sifatliligini doimiy nazorat qilib borishlari lozim. Aks holda banklarda mavjud yuqori likvidli aktivlaridan to’liq foydalana olmaslik riski yuzaga kelishi mumkin.

  1. Banklar kredit portfelining sog’lomligini oshirish, berilgan kreditlar va lizing xizmatlarining o’z vaqtida undirilishi ustidan doimiy monitoring o’rnatilishi lozim. Bundan tashqari, kelgusida vujudga kelishi mumkin bo’lgan potentsial muammoli kreditlarni oldindan aniqlash va ular bilan alohida ishlash tizimini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq bo’lardi.

  2. Hozirgi kunda ham mamlakatimizda naqd va naqdsiz pul o’rtasida farq mavjud bo’lib, naqd pullar ko’proq jozibaga ega va aholi bankdan o’z mablag’larini naqd holda olishga harakat qiladi va bankni tezkor ravishda qo’shimcha naqd pullarni jalb etishga undaydilar.

  3. Tijorat banklari asosiy resurs ta’minotchilari bilan yaxshi, mustahkam va uzoq aloqada bo’lishga harakat qilishlari zarur, ya’ni bank va to’lovga layoqatli mijozlarni faqatgina majburiyat shartnomasi bog’lab turishi kerak emas, chunki istalgan paytda bank uchun muhim mijozlar hisobraqamlarini boshqa bankka o’tkazishlari mumkin.

  4. Jami kreditlar tarkibida muddati o’tgan kreditlar hisobining kuchli nazorat qilinishi va ular darajasining tijorat banki tomonidan belgilangan miqdorda saqlab turilishi bankning asosiy daromad manbai bo’lgan kreditlarni samarali boshqarishga yordam beradi.

  5. aholining muddatli omonatlarining hajmini yanada oshirish, bankdan tashqari pul aylanishini qisqartirish va shu yo’llar orqali tijorat banklarida naqd pul etishmasligiga barham berish lozim.




Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling