I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari
Download 1.24 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI BOSHQARISH VA TAHLIL QILISH.
- XULOSA KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI BOSHQARISHDA INNOVATSION STRATEGIYA KIRISH I BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINING NAZARIY ASOSLARI. 1.1 .Tijorat banklari likvidliligi mohiyati va ahamiyati. 1.2.Tijorat banklari likvidligiga ta’sir qiluvchi omillar. 1.3.Tijorat banklari likvidligini boshqarish. II BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI BOSHQARISH VA TAHLIL QILISH. 2.1.Tijorat banklarining likvidligini boshqarish amaliyoti. 2.2.ATB Agrobankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqaruv faoliyati tahlili. III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI. 3.1.Tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda xorij tajribalaridan foydalanish. 3.2.Tijorat banklari likvidligini takomillashtirishdagi muammolarni bartaraf etish. XULOSA KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash ularning banklararo raqobat kurashiga dosh bera olishiga erishish, mijozlar oldidagi reputatsiyasini saqlab qolish va iqtisodiyotdagi to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.Shu sababli, tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Tijorat banklarining likvidliligi mikro va makrodarajada boshqariladi. Mikrodarajada likvidlilikni boshqarish har bir tijorat banki tomonidan amalga oshirilsa, makrodarajada banklarning likvidliligi banklar faoliyatini nazorat qiluvchi rasmiy organ tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari o’z faoliyatlari barqarorligini ta’minlashi uchun, avvalo, likvidlikka, to’lov qobiliyatiga, daromadlilikka muntazam e’tibor qaratishi talab etiladi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, mavjud tijorat banklarining hisobot davri davomida vakillik hisobvaraqlarida mablag’lari yetarli bo’lishi kuzatilgani holda, hisobot davri o’rtasida vakillik hisobvaraqlari sezilarli tushib ketmoqda va ushbu holat ularning likviddigiga ham ta’sir qilmoqda. Natijada, hisobot davri o’rtasida mijozlar majburiyatlarining birinchi talabini bajarishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, likvid aktivlarning bank brutto aktivlari hajmidagi ulushi yuqori bo’lishiga qaramay, majburiy zaxira stavkalarining yuqori bo’lganligi sababli Markaziy bankning majburiy zaxirasida deponentlangan mablag’lar ulushi ham yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu mablag’lardan banklar faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi qaytarib olingandan keyingina foydalanilishini hisobga olsak, ular banklar likvidligini ta’minlashga xizmat qilmayogganligi ma’lum bo’ladi. Qolaversa, tijorat banklari likvidligi operativ hal etilishida Markaziy bank tomonidan overdraft, overnayt va boshqa likvidlikni ta’minlaydigan qayta moliyalash kreditlardan foydalanilmayapti. Yuqoridagi holatlar tijorat banklarida likvidlilik muammosining dolzarbligini belgilab beradi va banklar likvidligi ta’minlanishini takomillashtirish yo’llarini chuqur ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. Bankning likvidligi va to’lovga layoqatligini ta’minlashda likvidlik siyosati va strategiyasini to’g’ri olib borish juda muhimdir. Demak, tijorat banklari likvidlikni boshqarish, u bo’yicha kuchli siyosat va strategiyaga ega bo’lishga ma’lum bir davrda emas, balki har kuni ahamiyat berishlari zarurligi taqozo etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarining likvidliligini oshirish ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab berildi. So’nggi yillarda respublikamiz tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, aholining banklarga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari likvidligi, to’lovga qobiliyatligi va barqarorligini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2022-yil ikkinchi choragi bo‘yicha “Banklar faollik indeksi” hisoblab chiqildi. Mazkur indeks O‘zbekistondagi 31 ta bankni qamrab olgan bo‘lib, bank tizimidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligi, raqobat muhiti o‘zgarishi hamda barqarorlik darajasini baholab borish maqsadida tuziladi. Indeksni hisoblashda banklarning 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 21 ta ko‘rsatkichlari: moliyaviy vositachilik, moliyaviy ommaboplik, kapital yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromad olish salohiyati hamda likvidlilik kabilar tahlil qilinadi. 2022-yil 1-iyun holatiga O‘zbekiston bank tizimining aktivlari 493,7 trln so‘mni (2021-yil 1-iyun holatiga ko‘ra 25 foizga o‘sgan), majburiyatlari – 420,2 trln so‘mni (o‘sish 26 foiz), kreditlar — 345,2 trln so‘mni (o‘sish 15,9 foiz), depozitlar — 173,9 trln so‘mni (37,8 foiz) tashkil etdi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling