I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari


Download 1.24 Mb.
bet4/25
Sana19.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1624448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bu faktorlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • mamlakatning umumiqtisodiy va siyosiy holati;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori va banklararo bozorning rivojlanganligi;

  • qayta moliyalash tizimini tashkil qilinishi;

  • mamlakatimiz Markaziy bankining nazorat funksiyalari effektivligi. Mamlakatning umum siyosiy va iqtisodiy holati bank tizmining muvoffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi va bank operatsiyalarini rivojlantirish uchun muhit yaratib beradi, bank faoliyati iqtisodiy asoslarining barqarorligini ta’minlaydi, mahalliy va xorij investorlarning bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Sanab o‘tilgan shart-sharoitlarsiz banklar muqobil depozit bazasini shakllantirish, operatsiyalarning rentabelligiga erishish, instrumentlar majmuasini rivojlantirish, aktivlar sifatini oshirish va boshqarish tizimini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish natijasida banklarda daromadlilikda yuqotishlarsiz sharti bilan likvidli aktivlarni shakllantirishning eng qulay usuli ta’minlanadi. Chunki ko‘pchilik xorij mamlakatlarda bank aktivlarini pul mablag‘lariga aylantirishning eng qisqa yo‘li fond bozorlarning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq.
Banklararo bozorning rivojlanishi bo‘sh pul resusrlarini banklar o‘rtasida tez qayta taqsimlash imkonini beradi. Bank o‘zining likvidligini ta’minlash uchun banklararo bozordan har xil muddatga, shu jumladan bir kunga mablag‘larni jalb qilishi mumikn. Banklararo bozordan mablag‘larni olish tezligi umumiy moliyaviy konyukturadan, banklararo bozorning tashkil qilinishiga va bank obro‘siga bog‘liq bo‘ladi.


1.2.Tijorat banklari likvidligiga ta’sir qiluvchi omillar.
Mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga yuz tutishi oqibatida bank mijozlarining moliyaviy imkoniyatining pasayishi, ularga ajratilgan kreditlar qaytarilishining susayishi, bank depozitlari (omonatlari)dan mablag’larni olib qo’yishi jarayonlari yuz beradi, va aksincha, iqtisodiyotning rivojlanishi esa banklarga qo’shimcha mablag’larining kelib tushishi hamda bank resurslarining shakillanishi uchun zamin yaratadi. Banklarning faoliyatiga miqdoriy baho beruvchi, ishonchligini ta’minlovchi va uning faoliyatiga aniq tashxis qo’yuvchi vositalaridan biri bu – bankning likvidligi hisoblanadi. Bankning barqaror rivojlanishi uning likvidlik darajasining ta’minlanishini talab etadi. Bank likvidligi nafaqat bankning barcha kontragentlari oldidagi moliyaviy va qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash imkoniyatini beradi, balki bank kontragentlarining kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini ham ta’minlanishini belgilab beradi.
Likvidlik tijorat banklari faoliyatida eng asosiy tushunchalardan biridir. Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning to’lovga qobiliyatli bo’lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning to’lov qobiliyati va ishonchli bo’lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi.
Shu o’rinda banklarning likvidligi, to’lov qobiliyati va ishonchliligi to’g’risida fikr bildirsak. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida o’z imidjini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to’lov qobiliyati mustahkam bo’lishi lozim.
Bank likvidligi bo’yicha risklarning ortishiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank likvidligiga alohida ahamiyat berishni va bank likvidligi bo’yicha xatarni doimiy ravishda kuzatib borishni talab qiladi.
Shu sababli banklar o’z daromadidan kechib bo’lsa ham, likvidlikni saqlab turishga majbur.
O’z navbatida, resurslar banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo’naltirilsa, unda bu bankning likvidligiga ta’sir ko’rsatadi. Demak, banklarning likvidliligi va daromadliligi o’zaro teskari mutanosiblikda namoyon bo’ladi.
Banklar ishonchliligi deganda ularning o’z mijozlari oldidagi majburiyatini,
ya’ni birinchi talab bilanoq amalga oshirish layoqatiga ega bo’lgan faoliyatini

tushunamiz. Ishonchlilikka erishish uchun esa banklar likvid va to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi lozim (1-rasm):




Ishonchlilik



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling