I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari
Download 1.24 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti
- Mavzuning nazariy amaliy ahamiyati
- Bitiruv malakaviy ishining tarkibining qisqacha tavsifi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi tijorat banklari likvidliligini boshqarish siyosatini nazariy asoslari va amaliy jihatlarini o’rganish, tahlil qilish, bankning oltin qoidasidan kelib chiqib, tijorat banklari aktivlari va majburiyatlarining muvofiqligini hamda uning likvidlilikka ta’sirini o’rganish, shuningdek uni takomillashtirish borasida ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishida ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: tijorat banklari likvidliligini boshqarishning nazariy-huquqiy asoslarini o’rganish; O’zbekiston Respublikasi bank tizimining aktiv va passivlari tarkibi, dinamikasi va strukturasini tahlil qilish; tijorat banklarining likvidlilik me’yorlarini tahlil qilish; tijorat banklari likvidliligini boshqarishda Xalqaro Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari va rivojlangan mamlakatlar bank tizimi tajribasidan kelib chiqib, respublikamiz bank tizimida qo’llaniladigan iqtisodiy me’yorlarni takomillashtirish hamda xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib, Respublikamiz bank tizimi va tijorat banklari, ularning likvidlik darajasi, dinamikasini o’rganish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti – tijorat banklari faoliyati va ularning likvidlik holati, shuningdek likvidligini boshqarish siyosatini takomillashtirish xususiyatlari hisoblanadi. Mavzuning nazariy amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida tijorat banklari likvidligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalarni rivojlantirish, amalga oshirish jarayonida mavjud muammolarni hal etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tavsiyalar berish. Bitiruv malakaviy ishining tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. BMI matni 88 ta betni tashkil etib, unda 3 ta jadval, 11 ta rasm keltirilgan. Kirish qismida bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi ko’rsatib o’tilgan, bank tizimida tijorat banklari likvidliligining ahamiyati, maqsadi va vazifalari bayon qilingan, mavzuning ilmiy-amaliy jihatdan muhimligi asoslab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida tijorat banklari likvidliligini boshqarish va tahlil qilingan. Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida tijorat banklarining likvidligini amalga oshirish yo’nalishlari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida, tijorat banklari likvidliligini boshqarish va undagi muammolarni hal etish bo’yicha umumiy xulosalar, nazariy va amaliy tavsiyalar hamda takliflar ishlab chiqilgan. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling