I bob. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish


Download 40.07 Kb.
bet16/22
Sana16.06.2023
Hajmi40.07 Kb.
#1510097
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
OPTIK TOLALI ALOQA TIZIMI

Yorug‘lik
nuri
Qobiq
Tashqi plastik qoplama
O‘zak
27
Sinish hodisasini misollarda ko‗rib chiqamiz. Sinish hodisasiga baliq ovlashda ham duch kelinadi. Suv ostidagi baliqni ko‗rganimizda, uning xaqiqiy joylashuvini emas, balki unga yaqin joylashuvini ko‗ramiz (3.2-rasm). Agar baliqqa pastga vertikal qarasak, yorug‗likning sinishi ro‗y bermaydi va baliqning asl joylashgan joyini ko‗ramiz. Agar unga burchak ostidan qarasak, sinish hisobiga asl joylashgan joyini ko‗rmaymiz, bunda baliq nazarimizdagi ko‗rinishdan chuqurroqda joylashgan bo‗ladi [2].
3.2-rasm. Yorug‗likning sinishi.
3.3-rasm. Prizmada yorug‗likning sinishi.
Prizmaga oq yorug‗lik tushirilganda, prizma bu yorug‗likni sindiradi va kamalakning turli ranglariga ajraladi. Qizil rang eng kuchli og‗adi va kichik tarqalish tezligiga ega. Sinish prizma kirishida bo‗lganidek, chiqishida ham xosil bo‗ladi [2]. Optik toladan signallarning uzatilishida ham yuqorida ko‗rib chiqilgan sinish hodisasi ro‗y beradi. Bu quyida batafsil tushintirilgan.
To‗liq ichki qaytish.
28
Yorug‗lik nur sindirish ko‗rsatkichi katta muhitdan sindirish ko‗rsatkichi kichik muhitga o‗tganda, ikki muhit chegarasida nur 3.4-rasmda tasvirlangandek perpendikulyardan og‗adi. Tushish burchagi Ө1 kichik bo‗lganda (3.4,a-rasm) singan nur to‗liq qobiqqa o‗tib ketadi. Tushish burchagini oshirgan sari sinish burchagi Ө2 900 ga intiladi. Sinish burchagi Ө2 =900 ga teng bo‗lgan xoldagi tushish burchagi – kritik burchak Өkr deyiladi. Yorug‗lik nuri kritik burchak Өkr ostida tushganda singan nur ikki muhit chegarasi bo‗ylab tarqaladi (3.4,b-rasm). Yorug‗lik nuri kritik burchakdan katta burchak ostida tushganda, nur ikkinchi muhitga o‗tmasdan, ikki muhit chegarasidan to‗liq qaytadi (3.4,v-rasm). Bunda tushish burchagi sinish burchagiga teng Ө1 = Ө2 bo‗ladi. Snellius qonuni bo‗yicha tushgan va qaytgan nurlar o‗rtasidagi munosabat:
n1 sin Ө1 = n2 sin Ө2.

Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling