I bob. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish


tarqaladi. Yorug‗lik nurining faqatgina o‗zak bo‗ylab tarqalishini ta‘minlash uchun n1>n2,shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda


Download 40.07 Kb.
bet15/22
Sana16.06.2023
Hajmi40.07 Kb.
#1510097
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
OPTIK TOLALI ALOQA TIZIMI

25
tarqaladi. Yorug‗lik nurining faqatgina o‗zak bo‗ylab tarqalishini ta‘minlash uchun n1>n2,shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda:
n1 - o‗zakning sindirish ko‗rsatkichi,
n2, - qobiqlarning sindirish ko‗rsatkichlari.
Sindirish ko‗rsatkichi n, yorug‗likning vakumdagi tezligini (s) materialdagi yorug‗lik tezligiga (sm) nisbati orqali ifodalanadi: n = s / sm.
Turli moddalardan yorug‗lik turli tezliklarda tarqaladi. OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (SiO2) hisoblanadi.
Agar dengiz suvi shunchalik tiniq bo‗lganda, u xolda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho‗kmasining eng chuqur joyini ko‗rish mumkin bo‗lardi [2].
3.1-jadval
Turli materiallarning sindirish ko‗rsatkichlari
Materiallar nomi
Sindirish ko‘rsatkichlari, n
YOrug‘likning turli materiallardagi tezligi, sm km/sek.
Vakuum
1,0
300 000
Xavo
1,0003(1)
300 000
Suv
1,33
225 000
Kvars
1,46
205 000
SHisha
1,5
200 000
Olmos
2,5
120 000
26
O‗zak va qobiqning kerakli sindirish ko‗rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‗shimchalar qo‗shiladi. Masalan: germaniy va fosfor sindirish ko‗rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi.
3.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi
Tolaning qo‗shimcha qobiqlari himoya qobig‗i xisoblanadi. 3.1-rasmda tashqi plastik qoplama ko‗rsatilgan [14]. Tashqi plastik qoplama optik tolaning xususiyatlariga ta‘sir etuvchi mexanik va atrof muhit ta‘sirlaridan uni himoya qiladi.
Yorug‗likning sinish jarayoni.
Optika qonuniyatlari yorug‗lik nurining to‗g‗ri chiziqli tarqalishiga, tola muhiti bilan o‗zaro ta‘sirlashuviga va izotroplik xususiyatiga – muhitda barcha yo‗nalishlarda yorug‗likning bir xil tarqalishiga (shisha bir turdagi va izotropli muhit hisoblanadi) asoslangan. Bu qonuniyatlarga yorug‘likning qaytish/sinish qonunlari va ularga asoslangan hodisalar ta‘lluqli.
Yorug‗lik bir materialdan boshqasiga o‗tganda uning tarqalish tezligi o‗zgaradi, ya‘ni to‗lqin nazariyasi nuqtaidan bu xarakat yo‗nalishining o‗zgarishiga olib keladi. Bu hodisa - yorug‗likning to‗g‗ri yo‗nalishdan og‗ishi sinish deb ataladi.

Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling