I bob. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish


Download 40.07 Kb.
bet1/22
Sana16.06.2023
Hajmi40.07 Kb.
#1510097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
OPTIK TOLALI ALOQA TIZIMI


I BOB. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARI VA TARMOQLARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH.
1.1. Optik aloqa tizimlari
Optik aloqa (OA) bu axborot yorug‗lik nuri ko‗rinishida optik tola bo‗ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir.
Optik to‗lqin va signallar yordamida axborotlarni ma‘lum masofalarga uzatishga mo‗ljallangan, boshqacha qilib aytganda, optik signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni ta‘minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‗indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi.
Axborot tolali optik uzatish muxiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa (TOA) tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa (OOA) tizimi deyiladi.
Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatish hisoblanadi. Odatda axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyasiyalangan elektromagnit tebranishlar yordamida amalga oshiriladi. So‗ng modulyasiyalangan signal uzatish muhitida tarqaladi va qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Qabul qilgichda signal demodulyasiyalanadi va axborotlar ajratib olinadi. Aloqa tizimlari ko‗pincha elektromagnit tebranishlar, tashuvchi chastota signallari egallagan diapazon bilan tasniflanadi (1.1-rasm).
Spektral diapazonga mos xolda radiodiapazon, o‗ta yuqori chastota, millimetrli va optik diapazon tizimlari farqlanadi.
Optik aloqa tizimlarida tashuvchi chastota tebranishlari spektrning optik diapazonini egallaydi. Optik diapazon 5 TGs (100 mm) dan boshlanib, unga infraqizil, ko‗rinuvchi va ultrabinafsha diapazonlar kiradi.
Infraqizil diapazon 3*1012 dan 4*1014 Gs doirasida joylashib, 100-0,75 mkm to‗lqin uzunligiga mos keladi.
Ko‗rinuvchi spektr 4*1014 dan 0,75*1015 Gs (0,75-0,4 mkm) sohani egallaydi. Demak inson ko‗zi 0,4-0,75 mkm spektrdagi nurlarga sezgir. Quyosh spektri 0,3 dan 1,5 mkm diapazonda joylashadi.
Tashuvchi chastotaning oshishi aloqa tizimining o‗tkazish polosasini oshiradi.
8
OOA tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to‗lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo‗nalishi faqatgina antennaning yo‗nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. OOA tizimlarining uzatuvchi muhiti o‗z navbatida uch turga bo‗linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari.

Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling