Bularning barchasi tolali optik kabel narxini oshiradi. Bu kamchiliklar TOA texnologiyasining kelgusi rivojlanishida qisman yoki to‗lik bartaraf etiladi.
1.2. Tolali optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi
OA tizimlarida axborotlarni yorug‗lik yoki optik signallar ko‗rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. OA tizimlari uchun yorug‗lik nurlanishi va to‗lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteriga, shuningdek nurlanish hosil qilish imkoniyalariga, undan signal shakllanishiga, yorug‗lik to‗lqinini uzatish va qayta ishlashga va nihoyat, axborotga ega signalni qabul qilishga bog‗liq.
14
Sxema OA tizimining turlari TOA va OOA tizimlariga xos standart qurilmalardan (elementlardan) tashkil topgan.
OAtizimining umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi texnik vositalar kiradi:
1) Uzatish traktining kanal hosil qiluvchi uskuna (KHQU), u standart o‗tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanal yoki tipli guruhli traktlar sonini shakllanishini ta‘minlaydi;
2) Traktning muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u KHQU chiqishidagi ko‗p kanalli signal parametrlarini optik uzatgich parametrlari bilan muvofiqlashtirishuchun zarur;
3) Optik uzatgich (OUz), elektr signalini optik signalga aylantirishni ta‘minlaydi;
OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 1.2 – rasmda keltirilgan.
OUz tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Optik nurlanish manbayi (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‗lib, optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‗p kanalli elektr signali bilan modulyasiyalanadi;
2. Moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish muhitiga minimal mumkin bo‗lgan yo‗qotishlar bilan kiritish vazifasini bajaradi;
3. Optik nurlanish manbai va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi;
4. Optik uzatish muhiti (OUM), optik nurlanishni uzatish vazifasini bajaradi; OOA tizimida bu atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‗lishi mumkin, TOA tizimida esa optik toladir;
5. Optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‗ylab tarqalgandagi so‗nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‗rsatadigan va xizmat ko‗rsatmaydigan bo‗lishi mumkin, ular retranslyasiya uchastkalari deb ataladigan ma‘lum masofalar oralig‗ida o‗rnatiladi; optik retraslyatorlarda optik signalni elektr signalga aylantirish yo‗li bilan elektr signalni qayta ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.q.) amalga
15
oshiriladi, so‗ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik signalga aylantiriladi; optik retranslyatorlarda shuningdek optik signallar ham qayta ishlanadi, ya‘ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi;
6. Optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr signalga aylantirishni ta‘minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQq) dan iborat; moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal yo‗qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni tashkil etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |