7.Qabul qilish qurilmasining muvofiqlashtiruvchikurilmasi (MvQ), u QqOM chiqishida signalni KHQUga mos keluvchi ko‗p kanalli signalga aylantiradi;
8.Qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), teskari aylantirish, ko‗p kanalli signalni alohida tipli kanal va trakt signallariga ajratishni amalga oshiradi.
1.2 – rasm. OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi.
a) OUz – OA tizimi uzatish traktining tuzilish sxemasi;
KHQU
МvQ
.
.
1
2
N
ONM МQ
UzОМ
ОУз
ОUМ
OR
ОUМ
KHQU
МvQ
.
.
16
b) OQq – OA tizimi qabul qilish traktining tuzilish sxemasi.
OA tizimida optik tashuvchini ko‗p kanalli elektr signal bilan modulyasiyalash uchun chastota modulyasiyasi (CHM), faza modulyasiyasi (FM), amplituda modulyasiyasi (AM), qutblangan modulyasiya (QM), intensivlik bo‗yicha modulyasiyalash va modulyasiyaning boshqa turlarini qo‗llash mumkin. Optik nurlanishning intensivlik bo‗yicha modulyasiyalash turi ko‗proq qo‗llaniladi. Bunga sabab, modulyasiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarim o‗tkazgich nurlanish manbalari (yorug‗lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarim o‗tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyasiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o‗zgartirish etarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‗rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo‗yicha modulyasiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga aylanish masalasini engillashtiradi. Darxaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional.
Intensivlik bo‗yicha modulyasiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‗ich signal ko‗rinishini saqlagan elektr signaliga aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli to‗g‗ridan-to‗g‗ri fotodetektorlash usuli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |