TOA tarmog‗i bu tugunlar orasi optik aloqa liniyalari orqali
bog‗langan aloqa tarmog‗idir.
Optik diapazonda axborotlarni uzatuvchi chastota polosasi
radiodiapazonga qaraganda 105 marta katta. Bu optik aloqa tizimining eng
muhim afzalligi bo‗lib, katta hajmdagi axborotlarni qisqa vaqt ichida
uzatish imkonini beradi. Bundan tashqari uzatgichning xamma quvvatini
foydali elektromagnit nurlanishlarni uzatishga qaratish imkoniyati
tashuvchi chastota o‗sishi bilan ortadi. Shuningdek, yuqori tashuvchi
chastotani qo‗llash foydali signalning katta zichligiga olib keladi, o‗z
10
navbatida aloqa tizimining samaradorligi oshadi. Bu ikki xususiyat mutaxassislarning optik aloqa tizimlariga qiziqishlarini aniqlaydi.
Axborotni TOA liniyalari orqali uzatish mis kabellar va boshqa uzatish muhitlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu afzalliklari tufayli TOA tizimidan nafaqat telefon aloqasini tashkil etishda, balki televidenieda, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash texnikasida, transport vositalarida va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda.
Tolali optik aloqaning afzalliklari quyida keltirilgan.
O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 _ 1015 Gs bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‗ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. O‗tkazish oralig‗ining kengligi tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir.
Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi. Xozirgi kunda ko‗plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‗lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‗nishga ega. So‗nish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni TOA liniyalari bo‗ylab retranslyasiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |