I bob. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish


OOA tizimining uzatuvchi muhitlari yuqorida aytib o‗tilgandek atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‗lishi mumkin


Download 40.07 Kb.
bet8/22
Sana16.06.2023
Hajmi40.07 Kb.
#1510097
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
OPTIK TOLALI ALOQA TIZIMI

OOA tizimining uzatuvchi muhitlari yuqorida aytib o‗tilgandek atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‗lishi mumkin.
Kosmik aloqa tizimlarini loyihalashtirishda asosiy masala bu uzatish va qabul qilish antennalarining o‗lchamlarini mos ravishda to‗g‗ri tanlash orqali yo‗qotishlarni bartaraf etish hisoblanadi.
OOA tizimlarining uzatish va qabul qilish antennalarini aniq yo‗naltirishga qaratilgan yuqori talablar, optik nurlanish manbalarining foydali ish koeffitsientining kichikligi, qabul qilishda shovqin sathining yuqoriligi, atmosfera xarakteristikalarining aloqa sifatiga ta‘siri kabi bir qator kamchiliklari sababli ular telekommunikatsiya tarmoqlari va umumiy foydalanish tizimlarida qo‗llanilmayapti.
1.3. Tolali optik aloqa tizimining tuzilishi
17
TOA tizimining tuzilish sxemasi (1.3–rasm) ham OA tizimiga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarni tarqalishini ta‘minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi.
TOA tizimining tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
KHQU – kanal hosil qiluvchi uskuna;
MvQ – muvofiqlashtiruvchi qurilma;
OUz – optik uzatgich;
ONM - optik nurlanish manbai;
MQ – moslashtiruvchi qurilma;
UzOM – uzatuvchi optik modul;
OT – optik tola;
OR – optik retranslyator;
OQq – optik qabul qilgich;
QqOM – qabul qiluvchi optik modul;
ONQq – optik nurlanish qabul qilgich.
a)TOA tizimi uzatish traktining tuzilish sxemasi
b) TOA tizimi qabul qilish traktining tuzilish sxemasi
18
1.3–rasm. TOA tizimining tuzilish sxemasi
Hozirgi kunda OA ning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish tizimlari (RUT) dan foydalanilmoqda Chunki RUT analog uzatish tizimlariga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog‗liq, texnik iqtisodiy ko‗rsatkichlari yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‗yicha bo‗lingan analog uzatish tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli, ularning OA da qo‗llanilishi chegaralangan.

Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling