I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8
O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilishning muammolari va takomillashtirish yo’llari
Download 379.95 Kb.
|
Turdiyev Zafar diplom
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
3.3. O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilishning muammolari va takomillashtirish yo’llariJahon tajribasidan ma’lumki, TTXIlar mamlakat iqtisodiy rivojining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish har jihatdan ustuvor vazifa sanaladi. Hozirgi kunda mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda ahamiyatga ega omillarni baholashga harakat qilib ko’ramiz. Quyidagi 3.4-jadvalda TTXIlarni kirib kelishiga aloqador omillarni ta’sirining korrelatsiyasi keltirilgan: 3.4-jadval
Manba: Internet ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi. Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, TTXIlarni mamlakatimizga kirib kelishiga eksportning ta’siri o’ta yuqori darajada, ya’ni TTXIlarga bog’liqlik darajasi 0.91 koeffisientni tashkil etganligini kuzatishimiz mumkin. Import hajmining o’sishi esa bevosita TTXIlar bilan 0,829 foiz bog’liqligini kuzatishimiz mumkin. Inflatsiya darajasiga to’xtaladigan bo’lsak, inflatsiyaning TTXIlarga ta’siri teskari proporsional bo’lib, -0,174 koeffisientni tashkil etadi. Ya’ni, inflyatsiyaning past darajada bo’lishi TTXIlarni kirib kelishini rag’batlantiruvchi omil sanalmagan. Keyingi o’zgaruvchi “Toshkent fond birjasi” ning qimmatli qog’ozlar savdo aylanmasi esa model natijalariga ko’ra teskari bog’liqlikni ko’rsatdi. Bu holatni, qimmatli qog’ozlar bozorini yetarli darajada rivojlanmaganligi va xorijiy investorlarning qimmatli qog’ozlar bozorida ishtirok etmasligi bilan izohlandi. Mamlakatimizdagi aholining o’zgarishi bevosita TTXIlarni kirib kelishi bilan bog’liqligini kuzatishimiz mumkin. Bunda bog’liqlik darajasi 0,766 koeffisientni tashkil qilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, aholi xarid qobilyati ham investitsiyani jalb qilishda muhim omil sanaladi. Real valyuta kursining TTXIlarni kirib kelishiga ta’sini kuzatsak bunda milliy valyutani AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi bevosita TTXIlarni kirib kelishini rag’batlantirgan. Ushbu holatni bevosita milliy valyutani qadrsizlanishi eksportni rag’batlantirishi bilan izohlash mumkin. Davlatning iqtisodiyotga qilgan xarajatlari ham TTXIlarni 0,834 keffisient bogliqlikka ega. Demak, oxirgi 10 yilni tahlil qilsak, tanlab olingan omillar orasida tashqi savdo aylanmasi, ichki bozor hajmi, iqtisodiyot xarajatlari va real valyuta kursi TTXIlarni kirib kelishiga sezilarli ta’sir qiluvchi omillar bo’lgan. Mamlakatimizda TTXI larni jalb qilish borasida ham yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjudligini ham aytish o’tish lozim. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda mavjud kamchilik va muammolar:
-xorijiy investorlar uchun xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ta’minotini tizimli tashkil etilmaganligi; -xorijiy investorlarni ishlab chiqarishi uchun yetarli infratuzilma bilan ta’minlanmaganligi, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni zaruriy infratuzilma (elektr energiya, suv, va gaz) bilan ta’minlash, yoki ularning uzluksiz faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilayotgan boshqa muammoli masalalariga yetarli darajada e’tibor bermaslik holatlari; - TTXI investorlarning jalb qilishda tarmoqlardagi alohida mahsulotlar uchun alohida imtiyozlarni yaratilmaganligi; - xorijiy investorlarni O’zbekistonning investitsion salohiyati haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmayotganligi; Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, mamlakatda investorlar uchun qulay investitsiya muhit yaratmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitidagi mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. Malayziya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 1-yanvar kuni tan olgan. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda oʻrnatilgan. Davlat statistika qoʻmitasi bergan ma’lumotga koʻra davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2014-yil yakuni bo‘yicha $78,3 mln.ni tashkil qilgan (eksport-$5,1mln., import-$73,2 mln.).Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda 2005-yilda tashkil qilingan oʻzbek-malayziya savdo qoʻmitasi katta rol oʻynamoqda. Qoʻmitaning ikkinchi yigʻilishi 2009-yilning 20-oktabrida Toshkentda oʻtkazildi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Malayziya investitsiyasi ishtirokida 22 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan beshtasi iqtisod, neft-gaz sohasi, toʻqimachilik, mebel, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, moliya xizmatlarini taqdim etish va boshqa yoʻnalishlarda 100% Malayziya kapitali ishtirokida faoliyat koʻrsatmoqda34. Mamlakatimizda elektr va elektronika tarmog’ini yanada takomillashtirish uchun Malayziya tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Malayziya tajribasini o’rganish asosida mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda quyidagi takliflarni keltirmoqchimiz. Malayziya tajribasidan foydalangan holda O’zbekistonga TTXIlarni jalb qilish yuzasidan takliflar: maxsus “Investitsiyalar strategik fond” tashkil etish va ushbu fond qo’shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga, Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishni moliyalashtirish bilan shug’ullanadi; elektr va elekronika sohasini yanada rivojlantirish maqsadida alohida mahsulot turlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish; mahalliy tadqiqot va rivojlanish xarajatlarining yillik yalpi sotuv hajmidagi ulushi kamida 1 % miqdorida bo’lishini ta’minlash; 5 yil shu sohada tajribaga ega, ilmiy daraja va mutaxasislikka ega bo’lgan xodimlar va texnik shtatlar ishchilari jami ishchi kuchida 15 % ulushga ega bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda qo’shilgan qiymat yuqori mahsulotlar uchun mos ravishda imtiyozlar yaratish; O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilish bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish bo’yicha takliflar: tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda avtomobil yo’llari, muhandislik – infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiya, tabiiy gaz va suv bilan uzluksiz ta’minlash ishlarini alohida nazoratga olish; sanoati rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni o'rnatish va hamkorlik doirasida ikki tomonlama tashriflar uyushtirish; inson kapitali omiliga alohida e’tibor qaratish, ularni muntazam ravishda rag’batlantirib borish hamda xorij mamlakatlarida malaka oshirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish. Bundan tashqari TTXIlarni kirib kelishini kirib kelishini doimiy tizimli tahlilini olib boruvchi ilmiy tadqiqot institutlarini ham joriy etilishi bu boradagi muammolarni amaliy yechimini topishga ko’maklashuvchi vosita hisoblanadi. III bob bo’yicha xulosa Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, mamlakatda investorlar uchun qulay investitsiya muhit yaratmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitidagi mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay investitsion muhit va soliq siyosati, boy mineral xomashyo zaxirasi va energiya mustaqilligi, qulay geografik joylashuv, kadrlar va intellektual salohiyati mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda muhim omillardan sanaladi. Bundan tashqari, Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing Business” ko’rsatkichi bo’yicha so’nggi yillarda yuqori o’rinlarga ko’tarilayotgani ham investitsiyalarni kirib kelishiga asosiy turtkilardan biri sanaladi. TTXIlarni sohalar bo’yicha ulushi borasida mamlakatimizda eng ko’p xorijiy investitsiya neft gaz sohasiga kiritilayotganligi ahamiyatga molik. TTXIlarni jalb qilishda qo’shma korxonalarni ahamiyati yuqori ekanligini hisobga olsak, mamlakatimizdagi mavjud korxonalarning eksport salohiyatini oshirish ham uztuvor vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda elektr va elektronika tarmog’i kabel sim mahsulotlari, past voltli uskunalar kuchlanish transfarmatorlari, elektron uskunalar va maishiy texnikalar ishlab chiqarish sohalari rivojlanib kelmoqda. Elektronika va elektr sohasini yanada takomillashtirish, ushbu sohaga faol investitsiyalar jalb qilish orqali yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni eksport qilish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirishi zarur. Chunki hozirgi kunga kelib, jahon bozorida qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ushbu sohaga TTXIlarni jalb qilish har jihatdan istiqbolli hisoblanadi. Bu borada Malayziya tajribasi mamlakatimizga har jihatdan mos keladi. Mamlakatimizda TTXI larni jalb qilish borasida ham yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjudligini ham aytish o’tish lozim.
XULOSADonor mamlakat uchun TTXIlarni biror mamlakatga kiritish ichki bozorni egallash, eksport mahsulotlari ishlab chiqarish, resurs izlash, arzon ishlab chiqarish omillariga ega bo’lish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yo'naltiriladi. O’z navbatida qabul qiluvchi mamlakat, yangi texnologiya, ishchilar malakasini oshirish, qo’shilgan qiymati yuqori mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini kengaytirish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga ega bo’ladi. Bir mamlakatga investitsiyalarning kirib kelishida donor mamlakat uchun ham qabul qiluvchi mamlakat uchun ham foydali bo’lgan holdagi o’zaro kelishuvga erishiladi. Mamlakatga TTXIlarning kirib kelishi bir qator ko’rinishlarda amalga osirilishi mumkin. Bular ulushi qo'shilib qatnashishi orqali qo'shimcha korxonalarni tashkil etish, to’liq mol-mulk xorijiy investorlarga tegishli bo'lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish, yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish, konsessiya va lizing shartnomalari tuzish, tenderlar e'lon qilish, erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. TTXIlarni huquqiy asoslarini tartibga solishda davlatning ahamiyati ham yuqori ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bu borada davlat ikki xil usuldan foydalanadi. Birinchisi moliyaviy, ikkinchisi nomoliyaviy usullar hisoblanadi. TTXIlarning jahon miqyosida zamonaviy holatiga e’tibor qaratsak, o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi kamayishiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan, Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi keskin foizga kamaydi. Jahon miqyosida TTXIlarning yo’nalishi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar tomon yo’nalmoqda. Xususan bu borada Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bu borada sezilarli ulushga ega bo’lib, investitsiya qabul qiluvchi ham donor mamlakat bo’lib ham jahon xo’jaligida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda. Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega omillarga to’xtaladigan bo’lsak, tadqiqot natijasiga ko’ra Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda moliyaviy bozorning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotning bozor hajmi sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Shuningdek, hukumatning infratuzilmaga bo’lgan xarajatlari ham qisman ta’sir ko’rsatganligining guvohi bo’ldik. Shuni hisobga olgan holda Malayziya hukumati, TTXI jalb qilishni yanada rag’batlantirish maqsadida ushbu sohalarga e’tiborni qaratgan. Ushbu tadqiqot natijasiga Malayziya iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi ikkita muhim omillar aniqlandi, ammo bu omillar faqat Malayziya iqtisodiyoti uchu xos ekanligini e’tiborga olish zarur. Malayziya hozirgi kunga kelib, aerokosmetika, meditsina jihozlari, farmaseftika vositalari, elektronika, mashina uskunalari, qayta tiklanuvchi alternativ energiya va biotexnologiya sanoatini rivojlantirishga qaratgan. “Ichki investitsiyalar strategik fondi” (Domestic Investment Strategic Fund) Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishga bir qator grantlar ajratadi. Elektr va elektronika sanoatiga jalb qilingan investitsiyalarda TTXIlarning ulushi 92 foizni tashkil qilganligi ushbu sohada qulay sharoit yaratilganligidan dalolat beradi. Ko’pgina mahalliy kompaniyalar allaqachon Tadqiqot va rivojlanish(R&D), injenerlik dizayni, innovatsiyaga asoslangan elektr va elektronika mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilib kelmoqda. Shuning uchun Malayziya ko’plab TMKlar uchun investitsiya kiritish uchun qulay joy bo’lib kelmoqda. Malayziyaning yana bir ustun jihati Malayziyada ko’plab elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi kompaniyalarning mavjud ekanligi hisoblanadi. Internet tizimining rivojlanishi orqali Elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishi boshqa sektorlarning rivojlanishida ham ushbu sanoatning ahamiyatini oshirdi. Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay investitsion muhit va soliq siyosati, boy mineral xomashyo zaxirasi va energiya mustaqilligi, qulay geografik joylashuv, kadrlar va intellektual salohiyati mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda muhim omillardan sanaladi. Bundan tashqari, Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing Business” ko’rsatkichi bo’yicha so’nggi yillarda yuqori o’rinlarga ko’tarilayotgani ham investitsiyalarni kirib kelishiga asosiy turtkilardan biri sanaladi. TTXIlarni sohalar bo’uicha ulushi borasida mamlakatimizda eng ko’p xorijiy investitsiya neftgaz sohasiga kiritilayotganligi ahamiyatga molik. TTXIlarni jalb qilishda qo’shma korxonalarni ahamiyati yuqori ekanligini hisobga olsak, mamlakatimizdagi mavjud korxonalarning eksport salohiyatini oshirish ham uztuvor vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda elektr va elektronika tarmog’i kabel sim mahsulotlari, past voltli uskunalar kuchlanish transfarmatorlari, elektron uskunalar va maishiy texnikalar ishlab chiqarish sohalari rivojlanib kelmoqda. Biroq ushbu sohani yanada kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurati mavjud. elektronika va elektr sohasini yanada takomillashtirish, ushbu sohaga faol investitsiyalar jalb qilish orqali yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni eksport qilish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirishi zarur. Chunki hozirgi kunga kelib, jahon bozorida qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Mamlakatimizda TTXI larni jalb qilish borasida ham yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjudligini ham aytish o’tish lozim. Demak, oxirgi 10 yilni tahlil qilsak, 95 foiz ishonch bilan aytish mumkinki, tanlab olingan omillar orasida tashqi savdo aylanmasi, ichki bozor hajmi, iqtisodiyot xarajatlari va real valyuta kursi TTXIlarni kirib kelishiga sezilarli ta’sir qiluvchi omillar bo’lgan. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda mavjud kamchilik va muammolar:
-loyihalarni ishlab chiqishda raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilganligiga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi; -xorijiy investorlarni ishlab chiqarishi uchun yetarli infratuzilma bilan ta’minlanmaganligi, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni zaruriy infratuzilma (elektr energiya, suv, va gaz) bilan ta’minlash, yoki ularning uzluksiz faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilayotgan boshqa muammoli masalalariga yetarli darajada e’tibor bermaslik holatlari; - TTXI investorlarning jalb qilishda tarmoqlardagi alohida mahsulotlar uchun alohida imtiyozlarni yaratilmaganligi; - xorijiy investorlar uchun xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ta’minotini tizimli tashkil etilmaganligi; - ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqotlar va dizayn bilan bog’liq ravishda tashkil etilmaganligi. Malayziya tajribasidan foydalangan holda O’zbekistonga TTXIlarni jalb qilish yuzasidan takliflar: maxsus “Investitsiyalar strategik fond” tashkil etish va ushbu fond qo’shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga, Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishni moliyalashtirish bilan shug’ullanadi; elektr va elekronika sohasini yanada rivojlantirish maqsadida alohida mahsulot turlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish; mahalliy tadqiqot va rivojlanish xarajatlarining yillik yalpi sotuv hajmidagi ulushi kamida 1 % miqdorida bo’lishini ta’minlash; 5 yil shu sohada tajribaga ega, ilmiy daraja va mutaxasislikka ega bo’lgan xodimlar va texnik shtatlar ishchilari jami ishchi kuchida 15 % ulushga ega bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda qo’shilgan qiymat yuqori mahsulotlar uchun mos ravishda imtiyozlar yaratish; O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilish bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish bo’yicha takliflar: tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda avtomobil yo’llari, muhandislik – infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiya, tabiiy gaz va suv bilan uzluksiz ta’minlash ishlarini alohida nazoratga olish; sanoati rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni o'rnatish va hamkorlik doirasida ikki tomonlama tashriflar uyushtirish. inson kapitali omiliga alohida e’tibor qaratish, ularni muntazam ravishda rag’batlantirib borish hamda xorij mamlakatlarida malaka oshirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish. Demak, dunyo mamlakatlari uchun TTXIlar mamlakat iqtisodiy rivojining muhim omili sifatida qaraladi. Mamlakatimizda TTXIlarni faol jalb qilish uchun jahon tajribasidan (Malayziya) foydalanib, bir qator takliflar keltirdik. Bular, maxsus “Investitsiyalar strategik fond” tashkil etish, elektr va elekronika sohasini yanada rivojlantirish maqsadida alohida mahsulot turlari uchun qo’shimcha soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish, mahalliy tadqiqot va rivojlanish xarajatlarining yillik yalpi sotuv hajmidan mablag’ ajratish, ilmiy daraja va diplomga ega bo’lgan xodimlarni faol jalb qilish, qo’shilgan qiymati yuqori mahsulotlarga mos ravishda imtiyozlar jalb etish, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizdagi infratuzilmani yanada yaxshilash va sanoati rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni o'rnatish va hamkorlik doirasida ikki tomonlama tashriflar uyushtirish chora-tadbirlari hisoblanadi. Download 379.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling