I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8


Download 379.95 Kb.
bet1/12
Sana02.10.2020
Hajmi379.95 Kb.
#132205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Turdiyev Zafar diplom



MUNDARIJA


I BOB. TTXI LARNING NAZARIY ASOSLARI VA JAHON XO’JALIGIDA TUTGAN O’RNI 8

1.1.TTXIlarning nazariy asoslari va uning tasniflanishi 8

1.2.Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish usullari va huquqiy asoslari 17

1.3.TTXI larni jahon xo’jaligidagi o’rni va ularning o’zgarish tendensiyasi 21

II BOB. TTXILARNI JALB QILISHDA MALAYZIYA STRATEGIYASINING TAHLILI VA ISTIQBOLLARI 30

2.1 Malayziyaga TTXI larni jalb qiluvchi omillarni ahamiyatini baholash modeli 30

2.2 Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarning kirib kelish tendensiyasi va zamonaviy holatining tahlili 35

2.3. Malayziyada elektr va elektronika tarmog’i rivojida TTXIlarning o’rni va zamonaviy holati 41

III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA TTXI LARNI JALB QILISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI 50

3.1 O’zbekiston Respublikasida TTXIlarni jalb qilishning zamonaviy holati tahlili 50

3.2 O’zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilish istiqbollari 59

3.3. O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilishning muammolari va takomillashtirish yo’llari 64

XULOSA 69

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR 74

5.16. FDI from Developing Countries A Vector for Trade and Development OECD Development Centre 31 May 2002 77

5.17. Foreign Direct Investment and Development: The New Policy Agenda for Developing Countries and Economies in Transition Paperback – December 1, 1998 77

5.19.Foreign Direct Investment in Developing Countries - Sarbajit Chaudhuri; Ujjaini Mukhopadhyay ISBN: 8132218973 Publication Date: 2014-07-28 78

ILOVALAR 80





KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatning barqaror rivojlanishida investitsiyalarning o’rni yildan-yilga oshib bormoqda. Bu borada ayniqsa to’gridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning rivojlanishi zamirida ularning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo’llarini takomillashtirganligi muhim o’rin eganlaganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shu nuqtai-nazardan, mamlakatimizda ham to’gridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish yo’llarini takomillashtirish bevosita kelajakda mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan taraqqiy topishiga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov bu borada fikr bildirar ekanlar: “ Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas1” deya ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan investitsiya siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi2. Ushbu ko’rsatkichlar yildan-yilga ko’payish tendensiyasiga ega bo’lib bormoqda. Qulay investitsiya muhitini yaratish orqali to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv jarayonida asosiy omillardan biri sanaladi.



Bitiruv malakaviy ishni o’rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu dolzarbligi va iqtisodiyotni takomillashtirishda tutgan o'rnining nihoyat darajada kengligi bilan doimiy ravishda tadqiqotchi olimlarning diqqat markazida bo'lgan. Xususan, mavzu yuzasidan xorijlik olimlardan Ch. Solomon, R. Bakar, V.V. Aladin, Uilyam F. Sharp, G. D. Aleksandr, J. V Beyli, J. Fon. Neyman, O. Morgenshtern, G. Markovits, J. Tobin, V. Sharp, F. Modilyani, V Yesipova, А. Аndrianov boshqalar tadqiqot olib borishgan. O’zbek olimlaridan A Vahobov, N. Sirojjidinov, A. Isajonov, Y. Qoriyev, U. Ne’matov B. Samarxodjayev, I. Ergashev, M. Turdiboyeva va boshqalar o’z asarlari va ilmiy ishlari, tadqiqotlarida ifodalaganlar.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi jahon tajribasidan foydalangan holda O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilish yo’llarini yanada takomillashtirish va ularni samaradorligini oshirish uchun xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: yuqoridagi maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

  • TTXIlarning nazariy asoslari va uning tasniflanishi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish usullari va huquqiy asoslarini o’rganish;

  • TTXIlarni jahon xo’jaligidagi o’rni va ularning o’zgarish tendensiyasi tahlil qilish;

  • Malayziyaga TTXIlarni jalb qiluvchi omillarni ahamiyatini baholash modeli yaratish va uni o’rganib chiqish;

  • Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarning kirib kelish tendensiyasi va zamonaviy holatining tahlil qilish;

  • Malayziyada elektr va elektronika tarmog’i rivojida TTXIlarning o’rni va zamonaviy holatini baholash;

  • O’zbekiston Respublikasida TTXIlarni jalb qilishning zamonaviy holati tahlil qilish;

  • O’zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilishda Malayziya tajribasidan foydlanish istiqbollarini baholash;

  • O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilishning muammolarini aniqlash va takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti va predmeti. Taqiqotning obyekti O’zbekiston Respublikasi hamda Malayziya iqtisodiyotidagi TTXIlar hisoblanadi. TTXIlarni jalb qilishda Malayziya tajribasini o’rgangan holda, O’zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlariga, hududlariga TTXIlarni jalb qilish omillari ilmiy ishning predmetini tashkil etadi.

Tadqiqotning metodologik asoslari. Qonuniy va me’yoriy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asar va ma’ruzalari, mamlakat hukumatining tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qarorlari, O’zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha asosiy normativ-huquqiy asoslari shuningdek, mamlakatimiz olimlari hamda xorijiy mamlakatlar olimlarining asarlaridan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:

  • Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni kirib kelishiga sabab bo’lgan omillarning korrelatsion modeli tuzilgan va omillarning ahamiyati baholangan;

  • O’zbekistonga TTXIlarni kirib kelishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillar uchun korrelatsion model tuzilgan va omillar baholangan;

  • O’zbekistonda elektr va elektronika tarmog’iga TTXIlarni jalb qilish bo’yicha Malayziya tajribasidan foyadalanish bo’yicha istiqbolli takliflar ishlab chiqilgan;

  • TTXIlarni jalb qilish bo’yicha O’zbekiston va Malayziyaning mavjud zamonaviy holati qiyosiy tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalarining ahamiyati va tadbiqi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan xulosalar va takliflardan tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida, TTXIlarni jalb qilishni rivojlantirish amaliyotida, shuningdek “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” , “Xorijiy investitsiyalar” , “Investitsiya” , “Milliy va jahon iqtisodiyoti” , “Xalqaro diplomatik munosabatlar” kabi kurslardan ma’ruza matnlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Ishning tuzilishi va tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 3 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan va ilovalar iborat.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning o'rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, obyekti, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati va hajmi ko'rsatilgan. Asosiy qism uch bobdan iborat:



Birinchi bob uch paragrafdan iborat bo'lib, unda TTXI larning nazariy asoslari va uning tasniflanishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish usullari va huquqiy asoslarini o’rganish hamda TTXI larni jahon xo’jaligidagi o’rni va ularning o’zgarish tendensiyasi keltirilgan.

Ikkinchi bob ham uch paragrafdan iborat bo’lib, o’z ichiga Malayziyaga TTXI larni jalb qiluvchi omillarni ahamiyatini baholash modelini; Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarning kirib kelish tendensiyasi va zamonaviy holati tahlilini shunigdek, Malayziyada elektr va elektronika tarmog’i rivojida TTXIlarning o’rni va zamonaviy holatini qamrab olgan.

Uchinchi bob ham o’z navbatida uch paragrafdan iborat bo’lib, ushbu bobda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasida TTXIlarni jalb qilishning zamonaviy holati tahlil qilish, O’zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilishda Malayziya tajribasidan foydlanish istiqbollarini baholash va O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilishning muammolarini aniqlash va takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Xulosa qismida ishning o’rganilganlik darajasidan kelib chiqib xulosa va takliflar berilgan.



Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishda O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilish yo’llarini Malayziya tajribasidan foydalangan holda takomillashtirish, O’zbekistonga TTXIlarni kirib kelishida muhim ahamiyatga ega omillarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, O’zbekistonda elektr va elektronika sohasiga TTXIlarni jalb qilish orqali ekport uchun qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha istiqbolli takliflar keltirilgan.

I BOB. TTXI LARNING NAZARIY ASOSLARI VA JAHON XO’JALIGIDA TUTGAN O’RNI




    1. TTXIlarning nazariy asoslari va uning tasniflanishi

Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlar o'rtasida boshlangan liberal iqtisodiy tizimning eng muhim omillaridan biri xorijiy investitsiyalar ekanligi yaxshi ma'lum. Ularning asosiy shakllaridan biri bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, avvaliga Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida, keyinchalik Xitoyda va hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarda milliy iqtisodiy o'sishga katta ta'sir ko'rsatmoqda.

Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya'ni qarz va kredit), hamda to'g'ridan-to'g'ri va portfel investitsiyalarga bo'linadi. Investitsiyalar nimaga yo'naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi3.

Xorijiy investitsiyalar qo'shma korxonalarda o'z hissasi bilan qatnashib, xorijiy investorlarga to'liq tegishli bo'lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog'ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo'lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.

Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo'lidagi to'siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur'atlar bilan o'smoqda.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo'lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

- ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo'naltirish va pirovardida aholining me'yordagi turmush darajasini ta'minlash imkonini yaratadi;

- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi;

- to'rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.

Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya'ni neft va kimyo sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarish, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni keng qayta ishlash, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Maqsadiga ko'ra, xorijiy investitsiyalar to'g'ridan-to'g'ri va portfel investitsiyalarga bo'linadi:

Portfel investitsiyalar (portfolio investment) - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xo'jalik faoliyati ustidan nazorat o'rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfel investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi investitsiyalarga, asosan, moliyaviy muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo'limlari mablag'larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o'tkazadilar. Bunday investitsiyalar, ko'pincha, xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba'zida esa o'z qimmatbaho qog'ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog'ozlarini sotib oladi.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar – bu kapitalni to'g'ridan-to'g'ri eksporti bo'lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:


  • docherniy kompaniya – norezident investor 50% dan ko’p bo’lgan kapitalga egalik qiladi;

  • assotsiyalashgan kompaniya - norezident investor 50% dan kam bo’lgan kapitalga egalik qiladi;

  • filial – korxona butunlay to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kirituvchi xorijiy investorga tegishli bo’ladi4.

Xalqaro statistikada investitsiyalarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar turiga kiritish bo'yicha har xil yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko'rsatkich sifatida ular ega bo'lgan aksionerlik kapitalining hissasi ko'rsatkichidan foydalaniladi. Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirilayotgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi ham uning muhim belgilaridan biridir. Investitsiyaning bu ko'rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun ma'suliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o'rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi.

To’gridan- to’g’ri investitsiyalar hududlarga yo’naltirish bo’yicha 2 guruhga bo’linadi. Bular transkontinental (boshqa qit’aga yo’naltiriladi va bunda xarajatlardan ko’ra ko’proq bozorga ahamiyat beriladi) va transmilliy (bunda qo’shni mamlakatga kiritiladi va xarajatlarni kamaytirish muhim omil sanaladi)5.

To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar ikki maqsadga yo'naltiriladi: yangi kompaniya tashkil etish va bankrot bo'lgan kompaniyalarni xarid qilish.

Xalqaro kompaniyalarning paydo bo'lishiga qadar barcha xorijiy investitsiyalar portfel investitsiyalar shaklida bo'lgan. TTXIlar XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi, ammo bu yillarda portfel investitsiyalar hajmi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmiga nisbatan ikki barobar ko'p edi. Quyidagi 1.1-rasmda xorijiy investitsiyalarni umumiy ta’rifi keltirilgan:



Manba: Maqsudov F., Anorqulova I. O’zbekiston iqtisodiyoti uchun bevosita xorijiy investitsiyalar: ishlarning borishi va istiqbollari. //Bozor, pul va kredit. 5-son, 1997.6-b



1.1-rasm. Xorijiy investitsiyalarning tasniflanishi
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra chet ellik investorlar xorijiy davlatlar, ajnabiy fuqarolar, fuqarolarning uyushmalari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, chet elda doimiy ravishda yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishtirokchilardan biri albatta xorijiy yuridik shaxslardan bo’lishi talab etiladi6.

TTXIlarning aniq moliya-sanoat guruhlari, xalqaro firmalar, TMK faoliyati orqali amalga oshirilishi ularga muayyan ustunlik beradi. TTXIlarni boshqarish portfel investitsiyalarga qaraganda oson bo'lib, ularning «o'yin qoidalari» aniqroqdir. Ushbu holat bozor iqtisodiyotini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.

XXI asr boshlarida TTXI ichki investitsiyalar va tashqi savdoga qaraganda jadalroq rivojlanmoqda. TTXI jahon xo'jaligi globallashuvining asosiy omiliga aylandi. TTXI faollashuvining sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari quyidagilardan iborat:


  • TTXI yordamida milliy bozorlarda monopolistik foyda olishning mumkinligi;

  • tashqi savdoga nisbatan qo'shimcha foyda olish imkoniyati;

  • TMKning TTXIni eltuvchilari sifatida maydonga chiqishi;

  • TTXIga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojining keskin o'sishi;

  • qabul-qiluvchi mamlakatlarda TTXIni jalb qilishni rag'batlantiruvchi mexanizmlarning shakllanishi.

XXI asr boshlarida TTXI hajmining jadal sur'atlar bilan o'sishi va ularning xalqaro miqyosda boshqarilishi zaruriyati investitsiyalar bilan tashqi savdo miqdori o'rtasida bog'liqlik masalalarini tadqiq etishni taqozo etmoqda. TTXI hajmi tashqi savdoning o'sish sur'atlari va rivojlanish istiqbollariga jiddiy ta'sir o'tkazadi. Ular o'rtasidagi bog'liqlik quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • tashqi savdo iqtisodiy o'sish omili sifatida tan olingan;

  • TTXI xorijiy bozorlarga tovar va xizmatlar yetkazib berishning vositasi, xalqaro ishlab chiqarish tizimining asosi sifatida jahon savdosining yo'nalishlari, hajmi va tarkibiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi;

  • jahonda aksariyat mamlakatlar TTXIning iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi ijobiy o'rnini qo'llab-quvvatlashmoqda. Ushbu holat mazkur mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan xorijiy investitsiyalar borasidagi siyosatda o'z aksini topmoqda. Shu bilan birga, TTXI oqimiga jahon mamlakatlari tomonidan olib boriladigan tashqi savdo siyosati ijobiy ta'sirini o'tkazadi;

- jahon iqtisodiyotida TTXI va tashqi savdodan iqtisodiy rivojlanishda uyg'unlikda foydalanish lozim.

TTXI milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular ichki jamg'armalar darajasidan ko'proq miqdorda kapital jamg'arish, to'lov balansini qo'llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. TTXI alohida korxonalarning faoliyati ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim o'rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va raqobatchilarga bilvosita ta'sir ko'rsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, milliy iqtisodiyotning TTXIni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur'atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog'liqdir.

Umuman, TTXIlarni investitsiyalash maqsadiga ko'ra quyidagi 5 turga guruhlash mumkin:

1. Ichki bozorni egallashga yo'naltirilgan investitsiyalar. Ushbu investitsiyalar tashqi savdodagi mavjud to'siqlarni aylanib o'tish maqsadida amalga oshiriladi. «Bozor izlash»dan manfaatdor kompaniyalar, odatda, TTXIni qabul qiluvchi mamlakatlarda yangi bozorlarga kirib borish, uning muayyan qismini egallash va tanlash imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan amalga oshiradilar. Ushbu kompaniyalar uchun ichki bozor hajmi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad miqdori muhim ahamiyatga ega.

2. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalar. Ushbu investitsiyalarni jalb etish uchun mamlakatlar malakali va arzon ishchi kuchiga ega bo'lishlari lozim. Bunda makroiqtisodiy va siyosiy barqarorlik, xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solishning mukammal tizimi, soliq imtiyozlarining mavjudligi kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi.

3. Resurs izlashga ixtisoslashgan investitsiyalar. Resurs izlashdan manfaatdor firmalarni, birinchi navbatda, mamlakatda ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi qiziqtiradi.

4. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yo'naltirilgan investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalarning ushbu turi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish orqali nisbiy afzalliklaridan samaraliroq foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur guruh investitsiyalari, odatda korporativ strategiyaga asoslanadi.

5. Texnologiyalarni yangilash maqsadida amalga oshirilgan investitsiyalar. Ushbu turdagi investitsiyalar yuqori texnologiyali ishlab chiqarish — elektronika, biotexnologiya, nanotexnologiya va sanoatning boshqa yangi tarmoqlarida jamlangan.

Amalda kompaniyalar bir vaqtning o'zida bozor izlash, eksport bozoriga yo'l topish, samaradorlikni oshirish va resurslar qidirib topish kabi omillardan kelib chiqqan holda investitsion qarorlar qabul qiladilar. O'tish iqtisodiyoti mamlakatlariga TTXIni kiritishda yirik kompaniyalar aksariyat ichki va eksport bozori salohiyati mavjud resurslarga erishish imkoniyatiga alohida ahamiyat berishmoqda. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko'rsatkich sifatida ular ega bo'lgan aktsionerlik kapitalining xissasi ko'rsatkichidan foydalaniladi7.

TTXIlarning mamlakat iqtisodiyotida ijobiy va salbiy jihatlarini kuzatishimiz mumkin. Avvalambor investor mamlakatga o’z kapitalini kiritar ekan ushbu hududdan iqtisodiy foydani ko’zlaydi. TTXI investitsiyaning birinchi shartlaridan biri bu donor mamlakat uchun o’z mahsulotini investitsiyani qabul qiluvchi mamlakatga eksport qilishdan ko’ra, investitsiya kiritish foydaliroq bo’lishi kerak. ASEAN va Xitoy tajribasida ushbu davlatlarga kapital kiritilgan investorlarning asosiy ustunligi ushbu hududda ishchi kuchining arzonligi edi. Yaponiya va yangi industrial mamlakatlar tomonidan ASEANga kiritilgan investitsiyalar asosan eksportga yo’naltirilganlikni o’zida mujassam etsa, Xitoy iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar, ichki bozorga yo’nalganligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda TTXI larni o’tgan asrning 80-yillarida faol jalb qilgan Malayziya, Tayland va Xitoy kabi mamlakatlar bugungi kunga kelib yirik investorlar qatoriga qo’shildi.

TTXIlarni qabul qiluvchi mamlakat uchun ijobiy jihatlari quyidagilar:

1.Yangi ishchi o’rinlarining yaratilishi eng muhim ijobiy jihatlardan biri hisoblanadi. Ish haqining past darajada ekanligi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun TTXIlarni jalb qilishda eng muhim omil hisoblanadi. Minglab yangi ish o’rinlari TTXIlarning kirib kelishi natijasida yaratiladi. Masalan, Malayziya hukumati 1987 yilda 5 yildan 10 yilgacha 500 dan ortiq yangi ishchi o’rni yaratgan investorlar uchun qo’chimcha soliq imtiyozlarini yaratishgan8.

2. Yangi texnologiyaning kirib kelishi ham investitsiya jalb qilishning muhim omili hisoblanadi. Qabul qiluvchi mamlakatga investitsiya vositasida yangi texnologiyalarning kirib kelishiga sababchi bo’ladi va ushbu texnologiyalar qabul qiluvchi mamlakat tomonidan asta sekinlik bilan o’zlashtiriladi. Bu esa qabul qiluvchi mamlakat uchun esa bu juda foydali hisoblanadi. Biroq bu yerda shu narsaga alohida e’tibor qaratish lozimki, investor tomonidan imkon qadar eskirgan texnologiyalar kiritiladi. Buning ikkita sababini keltirish mumkin. Birinchidan har bir investor mamlakat yoki kompaniya qiyosiy ustunlikni saqlab qolish maqsadida eng so’nggi texnologiyani o’zida saqlab qolishga harakat qiladi. Ikkinchidan esa eng so’nggi texnologiya kiritilgan undan foydalanishda ishchi kuchi malakasi bilan bog’liq muammo vujudga keladi. Biroq kompaniyalar ko’p hollarda so’nggi texnologiyalarni qabul qiluvchi mamlakatga olib kirishga majbur bo’lishadi. 2000 yillarning boshlarida ASEAN mamlakatlaridagi TTXI kompaniyalar Xitoyda past tannarxda ishlab chiqarilgan mahsulotlar muammosiga duch kelishdi. O’z mahsulotlarini tannarxini pasaytirish maqsadida ushbu kompaniyalar ishlab chiqarish vositalarini import qilmasdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni topishlariga to’g’ri keldi. Natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik bevosita mahalliy kompaniyalarga yangi texnologiyalarni olib kirishga undadi (tannarxni kamaytirish maqsadida). Natijada mezbon mamlakat texnologiya o’zlashtirish imkoniga ega bo’lishdi. Yangi ish o’rinlarining yaratishi va yangi texnologiyalarning o’zlashtirilishidan tashqari TTXI mezbon mamlakatning ichki infratuzilmasini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Ayrim turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish o’ziga xos infratuzilmani tashkil etadi va investor ushbu tuzilmani tashkil etishiga majbur bo’ladi. Bu esa bevosita TTXIlarning ahamiyatini belgilab beradi.

TTXI jalb qilishning mezbon mamlakat uchun salbiy jihatlari quyidagilar:

1. TTXIlarning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Agar investor kompaniya mamlakatga o’z kapitali orqali texnologiyalarni olib kirsa, bu orqali, investitsiya qabul qiluvchi mamlakatning ishlab chiqaruvchilariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Chunki, yuqori texnologiya va ishlab chiqarish xarajatlarining past darajasiga tayanga chet el texnologiyasi bilan ichki ishlab chiqaruvchilar raqobatlasha olishlari qiyin.

2.TTXI larni kirib kelishi bevosita mamlakatda turli zavod fabrikalar, turli sanoat hududlari tashkil etiladi. Zavod, fabrikalardan chiqayotgan chiqindi va zaxarli gazlar o’z navbatida atrof muhitga sezilarli darajada zarar yetkazadi.

3. Ma’lumki, mamlakat hududida tashkil etilgan korxonalar tomonidan davlat byudjetiga turli xildagi soliq va boshqa to’lovlar to’lanadi. Bu esa mamlakat byudjetining tashqi kompaniyalar faoliyatiga qaram bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin.

Demak, donor mamlakat uchun TTXIlarni biror mamlakatga kiritish ichki bozorni egallash, eksport mahsulotlari ishlab chiqarish, resurs izlash, arzon ishlab chiqarish omillariga ega bo’lish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yo'naltiriladi. O’z navbatida qabul qiluvchi mamlakat, yangi texnologiya, ishchilar malakasini oshirish, qo’shilgan qiymati yuqori mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini kengaytirish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga ega bo’ladi. Bir mamlakatga investitsiyalarning kirib kelishida donor mamlakat uchun ham qabul qiluvchi mamlakat uchun ham foydali bo’lgan holdagi o’zaro kelishuvga erishiladi.




    1. Download 379.95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling