I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8


III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA TTXI LARNI JALB QILISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI


Download 379.95 Kb.
bet7/12
Sana02.10.2020
Hajmi379.95 Kb.
#132205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Turdiyev Zafar diplom

III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA TTXI LARNI JALB QILISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI




3.1 O’zbekiston Respublikasida TTXIlarni jalb qilishning zamonaviy holati tahlili

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qulay investitsion muhit, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolat va imtiyozlar, ishlab chiqarish faoliyatini xorijiy investitsiyalar bilan hamkorlikda tashkil etishning puxta o’ylangan chora tadbirlari amalga oshirildi. O’zbekistonning investitsion qonunchiligi o’z ichiga xalqaro investitsiya huquqini ham o’z ichiga mujassamlaydi, xususan, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish haqida qunun hujjatlari qabul qilingan, shuningdek, xorijiy investorlar uchun turli xildagi imtiyozlar yaratilgan.

O’zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha asosiy normativ-huquqiy asoslari quyidagilar:

“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida’gi Qonun 30.04.1998 yil, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonun 30.04.1998 yil, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonun 26.05.2000 yil, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonun (yangi tahrirda) 09.12.2014 yil, Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 24.07.2008 yildagi №PQ-927 sonli Prezident Qarori, “To’gridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 10.04.2012 yildagi №PF-4434 sonli Prezident Farmoni. Yuqoridagi huquqiy normativ hujjatlar bevosit mamlakatimiz iqtisodiyotiga TTXIlarni kirib kelishiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi.

O’zbekistonning mavjud investitsiyaviy salohiyati haqida so’z ketganda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik. O’zbekiston – bu siyosiy barqaror, ertangi kuniga ishongan, barcha sohalarda izchil islohotlar olib borayotgan rivojlanib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Bu mamlakatda yuzdan ortiq millat va elatlar va o’nlab din vakillari istiqomat qilishadi.

Qulay investitsion muhit va soliq siyosati. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng qamrovli tizimli kafolat va imtiyozlar yaratildi va xorijiy investorlar ishtirokida korxonalar tashkil qilishni rag’batlantiruvchi yaxlit tizim ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi xorijiy investorlarning huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga o’zgartirish kiritilsa va bu o’zgartirish bevosita investitsiya kirtish shartlarini yomonlashishiga sabab bo’lsa, u holda investitsiya kiritilgandan so’ng 10 yil mobaynida hech qanday shartlar o’zgarmasdan qoladi. Xorijiy investor investitsiya shartlari o’zgargan holatda agar yangi shartlar investorga qulaylik yaratsa, yangi shartlardan foydalanish huquqqiga ega hisoblanadi.

Boy mineral xomashyo zaxirasi va energiya mustaqilligi. O’zbekiston jahonda oltin, uran, mis, kumush, qo’rg’oshin, sink, volfram, kamyob metallar, tabiiy gaz ko’mir, va boshqa qimmatbaho xomashyolar zaxirasi bo’yiucha yetakchi o’rinlarni egallaydi. O’zbekiston o’zining energiya xavfsizligiga ega bo’lib, bu borada mustahkam o’ringa ega. O’zbekistonda 1644 dan ortiq istiqbolli foydali qazilma konlari aniqlangan bo’lib, mamlakatning umumiy mineral-xomashyo salohiyati 11 trln. AQSH dollarni tashkil etadi. Ko’plab foydali qazilmalar bo’yicha O’zbekiston yetakchi o’rinlarni egallaydi. Masalan, mis zaxirasi bo’yicha dunyoda 11 o’rinni, oltin qazib olish bo’yicha 7-o’rinni, uran bo’yicha ham 7- o’rinni, paxta tolasi esa 5-o’rinni egallaydi.

Qulay geografik joylashuv. O’zbekiston Markaziy Osiyoning kesishmasida joylashgan bo’lib, hududiy hamkorlikni rivijlantirish uchun qulay shart-sharoitlarga ega. Geografik joylashuv jihatdan ushbu hududda transport koridorlari rivojlanib bormoqda. Rivojlangan infratuzilma tizimi va katta bozorlarga chiqish imkoniyatining mavjudligi, Yevroosiyo multimodal tizimiga integratsiyalashuvi bevosita ushbu hududda investitsion savdo hamkorlikni hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlanish istiqboli hisoblanadi. O’zbekistonga investitsiya kirituvchi xorijiy kompaniyalar 5 ta yirik bozorlarga chiqish imkoniyatini beradi. Bular 300 mln.dan ortiq aholiga ega bo’lgan MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyo va Yaqin sharq mamlakatlaridir.

Kadrlar va intellektual salohiyati. O’zbekiston aholisi yuz foizli 12 yillik davlat ta’lim darajasiga ega bo’lib, oquv sifati zamonaviy jahon standartlari asosida tashkil etilgan bo’lib va kadrlarning intellektual salohiyatini ham yuqori darajada ekanligi ahamiyatga molik. Kadrlar tayyoyralash milliy dasturining o’ziga xosligi doimiy, chuqurlashtirilgan, yangilangan professional ta’lim berishni nazarda tutadi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimiz hududida 65 ta oliy ta’lim muassasi, 139 akademik litseylar, 300 ming talabani o’z ichiga olgan 850 yo’nalish va professiya ega bo’lgan 1368 professional kollejlar mavjud27.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi O’zbekiston Respublikasi korxonalari uchun bir qancha soliq imtiyozlari taqdim etilgan. Bularga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i qisqartirilishi, qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinishi, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig’i bazasidan qisqartirilishi, bojxona bojidan ozod qilinishini misol sifatida keltirish mumkin. Bundan tashqari Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ro’yxatdan o’tgan hamda Angren maxsus industrial zonasi qatnashchilari xo’jalik subyektlari yer solig’i, mulk solig’i, foyda solig’i, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun to’lov, yagona soliq to’lovi (kichik ishlab chiqaruvchilar uchun), Respulika yo’l fondi, va Maktab ta’limi respublika fondi uchun majburiy ajratmalar kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmiga ko’ra soliq va majburiy ajratmalardan ozod qilinadi (3.1-ilova). Mamlakatimizda to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari mavjud bo’lib ular bevosita iqtisodiyotning tarmoqlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda (3.2-ilova).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil


6 fevraldagi PQ-578 sonli Qaroriga muvofiq xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta'minlash va ko'maklashish «O'zinfoinvest» agentligi xorijiy investorlarga axborot bilan qo'llab-quvvatlash hamda har taraflama ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan. Agentlik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi yuridik shaxs huquqlariga ega bo'lgan mustaqil muassasadir.

O’zbekiston Respublikasiga xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish mexanizmiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bunda davlat vakolatli organlari muhim vazifalarni bajaradi. Quyidagi 3.1-rasmda ushbu mexanizmning bosqichlari keltirilgan:



Manba: www.mfer.uz O’zbekiston Respublikasi TIAISVning rasmiy sayti



3.1 rasm. Respublikaga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi PQ-927 sonli Qaroriga muvofiq)

Yuqoridagi 3.1-rasmda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda davlat organlarining funksiyalarini ko’rishimiz mumkin. Bunda “Uzinfoinvest” agentligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikda muayyan chet el sarmoyadori bilan aloqa o’rnatadi va respublikadagi mavjud loyihalar haqida unga axborot beradi. Keyinchalik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi orqali Iqtisodiyot vazirligiga bu haqda ma’lumot taqdim etilib, davlat raqobat qo’mitasining bevosita nazoratidan o’tiladi. Loyiha tashabbuskori esa Iqtisodiyot vazirligi orqali loyihani xorijiy hamkor bilan tashkil etadi. Bu esa xorijiy investor ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirishni chuqur monitoring qilish imkonini beradi28.

Ma’lumki, xorijiy investorlarning kirib kelishiga turtki bo’luvchi muhim ko’rsatkichlardan biri bu Jahon banki tiomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing business” reytinggi hisoblanadi. Mamlakatimizda “Doing business” reytinggi bo’yicha so’nggi yillarda yuqori o’rinlarga ko’tarilishga erishildi. Quyidagi 3.2 jadvalda Jahon banki guruhi tomonidan 183 ta mamlakatlarda biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholovchi o'ziga xos mezon “Doing business” reytingida O'zbekistonning o'rni keltirilgan:

3.1 jadval

Jahon banki guruhi tomonidan 183 ta mamlakatlarda biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholovchi o'ziga xos mezon “Doing business” reytingida O'zbekistonning o'rni


Yillar

2012 yil

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Umumiy reytingi

166

154

146

103

87

Korxonani ro’yxatdan o’tkazish

96

90

21

64

42

Kredit olish

159

154

130

105

42

Qurilishga ruxsat olish

145

152

159

149

151

Manba: www.worldbank.org ma’lumotlari asosida tuzildi

Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, 2012-yilda O’zbekiston “Doing business” reytinggi bo’yicha 183 ta mamlakat orasida 166-o'rinni egallagan bo’lsa, 2013-yilga kelib, korxonani ro’yxatdan o’tkazish, kredit olish va boshqa sohalarida yuqorilash natijasida 154-o’rinni egallagan. 2014-yilga kelib esa korxonani ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha 90-o’rindan 21-o’ringa ko’tarilganligi umumiy reytingda 146-o’rinni egallashni ta’minlab berdi. Jahon banki guruhining 2015-yil “Doing business” reytiggi bo’yicha hisobotida O’zbekiston ushbu ko’rsatkich bo’yicha 2014-yilga nisbatan 8 pog’ona ko’tarilganligini ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimiz reytinggini ko’tarilishining asosiy sabab huquqiy normativ hujjatlarning ishlab chiqilganligi, ishlab chiqaruvchilar faoliyati, shuningdek davlat organlari bilan bog’liq ko’plab jarayonlarning liberallashuvi deyish mumkin. 2016 yilda esa umumiy reytingda O’zbekiston 16 pog’ona ko’tarilib 87-o’rinni band etdi. Bunda “kredit olish” ko’rsatkichining keskin yaxshilanganligi hamda yangi korxonani ro’yxatdan o'tkazish bo’yicha to’siqlarning kamayganligi asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Mamlakatimizga so’nggi yillarda kirib kelayotgan TTXIlar kirib kelish tendensiyasiga e’tibor qaratadihgan bo’lsak, bu borada barqaror o’sish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi 3.2-rasmda 2010-2015-yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasiga Davlat dasturi doirasida hamda hududiy dastur doirasida kiritilgan TTXIlar hajmi keltirilgan:



Manba: www.mfer.uz O’zbekiston Respublikasi TIAISVning rasmiy sayti



3.2 rasm. 2000-2015 yillarda O’zbekistonga jalb etilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar (mln. AQSh dollari)

Yuqoridagi 3.2-rasmdan ko’rinib turibdiki, so’nggi 15 yillar ichida TTXI investitsiyalarni kirib kelish tendensiyasi barqaror o’sish tendensiyasiga ega bo’lib kelmoqda. 2000-yildan TTXIlarning umumiy hajmi 704 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2015-yilga kelib, qariyb 3.5 barobar o’sganligini kuzatishimiz mumkin. Agarda mamlakatimizga kirib kelayotgan TTXIlarni sohalar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, bunda asosan neft gaz sohasini ulushini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi 3.3-rasmda 2014-yilda “Davlat investitsiya dasturi” doirasida mamlakatimizga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlarning sohalar boyicha ulushi keltirilgan:



Manba: www.mfer.uz O’zbekiston Respublikasi TIAISVning rasmiy sayti



3.3 rasm. 2014-yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida mamlakatimizga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlarning sohalar bo’yicha ulushi (% hisobida)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-noyabrdagi PQ-2069 sonli Qarori bilan 2014-yilgi Investitsiya dasturi tasdiqlangan. 2014-yil yakunlariga bo'yicha Investitsiya dasturining aniq manzilli qismidagi 153 ta loyihalar doirasida xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni o'zlashtirish reja ko'rsatkichi 103,5%ga bajarildi yoki o'tgan yilning shu ko'rsatgichiga nisbatdan 121,2% tashkil qildi. O'zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarni asosiy qismi neftgaz (52,6%), energetika (10,4%), kommunikatsiya va axborotlashuv sohasi (5,6%), qurilish va qurilishi materiallarini ishlab chiqarish (4,7%), yo'l qurilishi (3,6%), kommunal xizmat va ichimlik suvi ta'minoti (3,0%), yengil sanoat (2,6%), qishloq va suv xo'jaligi (1,9%) va boshqalar sohalarga to'g'ri kelmoqda. Hisobot davrida Investitsiya dasturidagi loyihalarni amalga oshirish uchun jahonning 20 dan ortiq mamalakatlaridan xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi, shu jumladan Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya va boshqalar29.

Ma’lumki, TTXI investiysiyani jalb qilishning asosiy vositalaridan biri qo’shma korxonalar tashkil etish hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda xorijiy investorlar ishtirokida jami 5038ta korxona tashkil etilgan. Quyidagi 3.2 jadvalda 2015 yil holatiga ko’ra, mamlakatimizdagi tarmoq tarkibida va hududlarda mavjud korxonalar (faoliyat yuritayotgan va faoliyat yuritmayotgan) soni keltirilgan:

3.2 jadval

2015-yil holatiga ko’ra, mamlakatimizdagi tarmoq tarkibida va hududlarda mavjud korxonalar (faoliyat yuritayotgan va faoliyat yuritmayotgan) soni





Jami

Hududiy tasarrufda

Tarmoq tarkibida

Jami korxonalar

5038 ta

4592 ta

446 ta

2015 yilda tashkil etilgan korxonalar

494 ta

477 ta

17 ta

Faoliyat yuritayotgan korxonalar

4804 ta

4359 ta

445 ta

Faoliyat yuritmayotgan korxonalar

234 ta

233 ta

1 ta

Manba:www.stat.uz O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasining rasmiy sayti

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning asosiy qismi hududlar tasarrufida tashkil etilgan. Birgina 2015-yilda jami 494 ta yangi korxona tashkil etilib, shundan 477 tasi hududlar doirasida bo’lsa, qolgan 17 tasi tarmoqlar tarkibida tashkil etilgan. Bu borada turli sabablarga ko’ra faoliyat yuritmayotgan korxonalar ham mavjud bo’lib, bunnday korxonalar soni jami 234 tani tashkil etadi. Faoliyat yuritmayotgan korxonlar esa asosan hududlar tasarrufidagi korxonalardir.



Malakatimiz hududlari doirasida investitsiya kiritayotgan asosiy investor mamlakatlarga to’xtaladigan bo’lsak bu borada Xitoy salmoqli ulushga ega. Quyidagi 3.4-rasmda 2015-yil hududlarga xorijiy investitsiyalar kiritgan davlatlar va kiritgan investitsiya hajmi keltirilgan:

Manba: www.mfer.uz O’zbekiston Respublikasi TIAISVning rasmiy sayti



3.4-rasm. 2015-yil hududlarga xorijiy investitsiyalar kiritgan davlatlar (mln. AQSh dollari hisobi)

Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, 2015-yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida mamlakatimizga investitsiya kiritgan mamlakatlar qatorini Xitoy, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiya va Shvetsariya egallaydi. Bunda birgina Xitoy 27.6 mln. AQSH dollar miqdoridagi investitsiya kiriyganligi, Xitoy bilan investitsiyaviy aloqalarning rivojlanayotganligidan dalolatdir. AQSh, Turkiya, Singapur, Germaniya, Niderlandiya va Chexiya ham mamlakatimiz uchun asosiy investitsiyaviy va tashqi savdo hamkorlari hisoblanadi30.

Demak, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay investitsion muhit va soliq siyosati, boy mineral xomashyo zaxirasi va energiya mustaqilligi, qulay geografik joylashuv, kadrlar va intellektual salohiyati mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda muhim omillardan sanaladi. Bundan tashqari, Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing Business” ko’rsatkichi bo’yicha so’nggi yillarda yuqori o’rinlarga ko’tarilayotgani ham investitsiyalarni kirib kelishiga asosiy turtkilardan biri sanaladi. TTXIlarni sohalar bo’yicha ulushi borasida mamlakatimizda eng ko’p xorijiy investitsiya neft gaz sohasiga kiritilayotganligi ahamiyatga molik. TTXIlarni jalb qilishda qo’shma korxonalarni ahamiyati yuqori ekanligini hisobga olsak, mamlakatimizdagi mavjud korxonalarning eksport salohiyatini oshirish ham uztuvor vazifa hisoblanadi. Eksport hajmining oshishi TTXI lar kirib kelishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri sanaladi.


Download 379.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling