I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8


Malayziyada elektr va elektronika tarmog’i rivojida TTXIlarning o’rni va zamonaviy holati


Download 379.95 Kb.
bet6/12
Sana02.10.2020
Hajmi379.95 Kb.
#132205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Turdiyev Zafar diplom

2.3. Malayziyada elektr va elektronika tarmog’i rivojida TTXIlarning o’rni va zamonaviy holati

TTXIlarning kirib kelishi Malayziya kompaniyalariga jahon bozorida raqobatlasha olish imkonini berdi. MIDA ning “Ichki investitsiyalar strategik fondi” investitsiyalarni yuqori qo’shilgan qiymatli, yuqori texnologiya, bilimga asoslangan va innovatsiyani qo’llab quvvatlash siyosati Malayziya kompaniyalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.



Global ishlab chiqarish tizimidagi faol ishtiroki, Tadqiqot va rivojlanish(R&D)ga berilgan e’tibor, Malayziya kompaniyalariga yangi texnologiya, xalqaro sertifikatlar ega bo’lish imkonini bermoqda. Malayziya hozirgi kunga kelib, aerokosmetika, meditsina jihozlari, farmaseftika vositalari, elektronika, mashina uskunalari, qayta tiklanuvchi alternativ energiya va biotexnologiya sanoatini rivojlantirishga qaratgan. “Ichki investitsiyalar strategik fondi” (Domestic Investment Strategic Fund) Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishga bir qator grantlar ajratadi. Ushbu fond tomonidan ajratilgan mablag’lar yangi eksport bozorlarini egallash va ishchilar malakasi va uskunalar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Malayziya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 2014-yilda 18.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2015-yilda bu ko’rsatkich 19.5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. 2014-yilda ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 55 %i TTXI hisobiga to’g’ri keladi. 2015-yilda ishlab chiqarish sohasida 29 foiz loyihalar TTXIlar hisobiga amalga oshirilgan. 2015-yilda ishlab chiqarish sohasiga qariyb 5.6 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar yo’naltirilagan23. Agarda Malayziya iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarni ishlab chiqarish sohasining tarmoqlari bo’yicha taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo’lsak bu borada elektr va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyalarning hajmi yuqori ekanligini uzatishimiz mumkin. Quyidagi 2.4-rasmlarda 2014-2015-yillarda Malayziya iqtisodiyotiga kiritilgan jami investitsiyalarnng ishlab chiqarish sohasining tarmoqlariga ulushi keltirilgan:


2014

2015

Manba: MALAYSIA INVESTMENT PERFORMANCE REPORT 2015, DRIVING SUSTAINABLE GROWTH, 29 February 2016



2.4-rasm. Malayziya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan jami investitsiyalarda tarmoqlariga ulushi (foiz hisobida)

Yuqoridagi 2.4-rasmlardan ko’rinib turibdiki, 2014-yilda Malayziya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan jami investitsiyalarda neft va neft mahsulotlariga kiritilgan investitsiyalarning 22% bilan eng katta ulushni tashkil etgan bo’lsa, elektr va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyalarlarning ulushi 15% ni tashkil etgan. 2015-yilda esa neft va neft mahsulotlariga kiritilgan investitsiyalarning hajmi 36%ga oshgan va elektr va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyalarlarning ulushi jami investitsiyalarning 12 % ni tashkil qilgan.



Oxirgi o’n yillikda Malayziyada elektr va elektronika sanoati TTXIlarni faol jalb qilishda va yangi ish o’rinlarini yaratishda muhim o’rin egallaydi. Elektr va elektronika sanoatining Malayziya iqtisodiyotidagi o’rnini 2015-yilda Malayziya eksportida ulushi ko’rsatib beradi. 2015-yilda Malayziya 72.4 mlrd. AQSH dollarlik elektr va elektronika mahsulotlarini eksport qildi bu jami ishlab chiqarish sohasidagi eksportning 44 foizini tashkil qiladi. Singapur, AQSh va Yaponiya asosiy elektr va elektronika mahsulotlarining xaridori bo’lib, birgina AQShning bu boradagi ulushi 15.6 foizni tashkil qiladi. Malayziyada xorijiy TMKlar elektr va elektronika sanoatida o’zlarining Tadqiqot va rivojlanish (R&D) faoliyatlarini kengaytirayotgan bo’lsalar, mahalliy kompaniyalar Tadqiqot va rivojlanish (R&D) va Dizayn va rivojlanish(D&D) faoliyatlarida o’z raqobatbardoshliklarini oshirib kelmoqdalar. TMKlar faoliyati qo’llab quvvatlashdan asosiy maqsad, Malayziya 2020-yilga borib yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo’shilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Elektr va elektronika sanoati Malayziya iqtisodiyotining milliy ustuvor iqtisodiy sohasi bo’lib, uning yarimo’tkazgichlar, quyosh va sanoat elektronikasi kabi sohalari 2020-yilgacha yirik iqtisodiy o’sish, Malayziya YaMMga 23.5 mlrd. AQSH dollari olib kelishi va 157 000 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi kutilmoqda. Elektr va elektronika sanoati Malayziya iqtisodiyotining yetakchi omillarida biri bo’lib, mamlakatning ishlab chiqarish sohasiga, bandlikka, investitsiya va eksporga sezilarli hissa qo’shadi.

TMKlarning mamlakat iqtisodiyotiga elektr va elektronika sanoatidagi faoliyat nafaqat eksportni ra’g’batlantirishga balki, mamlakatda yuqori daromadlilikni ta’minlashga va bilimga asoslangan ishchi o’rinlarini yaratishga xizmat qilib kelmoqda. Bunda mahalliy kompaniyalar xorijiy TMKlarni ta’minlovchi bo’lib, ular bilan hamkorlikni kengaytirib kelmoqda. Bu o’z navbatida mahalliy kompaniyalarga asta sekinlik bilan jahon tajribasini o’zlashtirish imkonini bermoqda. Ko’pgina mahalliy kompaniyalar allaqachon Tadqiqot va rivojlanish(R&D), injenerlik dizayni, innovatsiyaga asoslangan elektr va elektronika mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilib kelmoqda. Shuning uchun Malayziya ko’plab TMKlar uchun investitsiya kiritish uchun qulay joy bo’lib kelmoqda. Malayziyaning yana bir ustun jihati Malayziyada ko’plab elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi kompaniyalarning mavjud ekanligi hisoblanadi. “Jabil”, “Venture”, “Plexus”, “Flextronics” va “Celestica” kabi kompaniyalari bunga misol bo’la oladi. Bundan tashqari yuqori texnologiyaga asoslangan qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga berilgan imtiyozlar ham ushbu sohani rivojiga turtki bo’ldi (2.3-ilova). Internet tizimining rivojlanishi orqali elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishi boshqa sektorlarning rivojlanishida ham ushbu sanoatning ahamiyatini oshirdi. Elektr va elektronika sanoati Internet vositalari orqali, sog’liqni saqlash, avtomatlashtirish, transportatsiya, logistika, xavfsizlik, turizm, tizimlarni kompyuterlashtirish, radio texnologiya tarmog’i, boshqaruv tizimi boshqa sanoat sohalarida sezilarli rivojlanish kuzailyapti. 2015 yilda Malayziyada elektr va elektronika sanoatida 93 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lib, ularning qiymati 2.32 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 26 tasi yangi loyihalar bo’lib, ularning qiymati 547 miln AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, qolgan 67 loyiha mavjud loyihalarni kengaytirish va diversifikatsiya qilish orqali 1.77 mlrd. AQSh dollari qiymatida tashkil qilingan. Elektr va elektronika sanoatiga jalb qilingan investitsiyalarning 8 foizi yani 182 mln. AQSh dollari ichki investitsiyalar hisobidan amalga oshirilgan bo’lib, bu borada TTXIlarning ulushi 92 foizni tashkil qilgan. Elektr va elektronika sohasiga jalb qilingan TTXIlar hajmining 2.14 mlrd. AQSh dollarini tashkil etganligi, Malayziya ushbu sohaga TMKlarni jalb qilishda faol investitsiya siyosatini olib borayotganligi va qulay muhit yaratib berganligidan dalolat beradi. Elektr va elektronika sohasiga kirib kelayotgan TTXIlarning asosiy manbasi bu AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya mamlakatlarining kapitali hisoblanadi. AQSh kompaniyalari kapitali asosan elektronika qismlarining quyi sohasiga kiritilgan bo’lsa, XXRning kapitali elektr qismlariga yo’nalgan. Bu borada Yaponiya TMKlari ham o’z kapitallarini elektronika qismlariga yo’naltirganliklarini kuzatishimiz mumkin. Elektr va elektronika sanoati ham bir nechta quyi tarmoqlarga bo’linadi. Quyidagi 2.5- rasmda elektr va elektronika sanoatining quyi tarmoqlari bo’yicha kiritilgan investitsiyalar foiz hisobidagi ulushi keltirilgan:

Manba: MALAYSIA INVESTMENT PERFORMANCE REPORT 2015, DRIVING SUSTAINABLE GROWTH, 29 February 2016



2.5-rasm. 2015-yilda Elektr va elektronika sanoatining quyi tarmoqlari bo’yicha kiritilgan investitsiyalar ulushi (foiz hisobida)

Yuqorida keltirilgan 2.5-rasmdan ko’rinib turibdiki, Malayziyada elektr va elektronika tarmog’iga kiritilgan investitsiyalarda elektron qismlar ishlab chiqarishga eng ko’p investitsiyalar yo’naltirilgan bo’lib uning jami investitsiyalardagi ulushi 45 foizni tashkil qilgan. Elektr mahsulotlari ishlab chiqarishga esa 35 foiz investitsiyalar yo’naltirilgan bo’lsa, sanoat elektronikasi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 19 % investitsiyalar yo’naltirilgan. Bu borada eng kam ulushga iste’mol elektonikasi ega bo’lib u 1 % ulushga ega. Demak, dunyo miqyosida elektonika mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi bevosita elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga turtki bo’lmoqada24. Elektr va elektronika tarmog’i quyi sektorlari ham alohida tarkibiy qismlardan iborat va ularni alohida ko’rib chiqamiz (2.4-ilova).

Elektronika qismlari. 2015 yilda elektronika qismlari quyi sektoriga kiritilgan investitsiyalar hajmi jami investitsiyalar hajmining 45 foizini tashkil qilib, ushbu sektorda qiymati 1,04 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi 28 ta loyiha amalga oshirilgan. Asosiy loyihalar qattiq disk, yarim o’tkazgich moslamalari, optic eleltronik qurilmalar ishlab chiqarishda amalga oshirilgan. Bunda asosiy ulush xorijiy investitsiyalar hisobiga to’g’ri keladi. 2015-yilda elektronika qismlarini ishlab chiqarishda kiritilgan investitsiyalarda TTXIlarning ulushi 94.4 foizni tashkil etgan bo’lib bunda ichki investitsiyalarning ulushi 5.6 foizni tashkil qildi. Bu borada 7 ta yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilgan bo’lsa, qariyb 1mlrd. AQSH dollari hisobiga 21 ta loyihalar kengaytirilgan va diversifukatsiya qilingan. Ushbu sohaga kiritilgan investitsiya lyihalari qariyb 11 876 ta yangi ish o’rni yaratish imkonini beradi25.

Iste’mol elektronika mahsulotlari. 2015-yilda iste’mol elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishda 3 ta TTXIlar asosida qiymati 26.4 mln. AQSh dollari miqdoridagi loyihalar amalga oshirildi. Shundan 2 tasi yangi loyiha bo’lsa, qolgan 1 tasi mavjud loyihani kengaytirish hisobidan amalga oshirildi. Yangi loyihalardan biri bu xorijiy investorlar 100 % ulushga ega bo’lgan ovoz kuchaytirgich ishlab chiqarishga 17.3 mln. AQSH dollarini miqdorida investitsiyalar yo’naltirilgan.

Sanoat elektronikasi. 2015-yilda sanoat elektronikasida 16 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lib, jami investitsiyalar hajmi 443 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Qiymati 417 mln AQSh dollari (93.1%) bo’lgan 12 ta loyiha mavjud loyihalarni kengaytirish hisobiga amalga oshirilgan bo’lsa, qolgan qismi 4 ta yangi loyihani tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Bunda xorijiy investitsiyalarning ulushi 416 mln. AQSh dollarini tashkil etgani e’tiborga molik. Eng muhim loyihalardan 100% xorijiy investorlar hisobiga tashkil qilingan qiymati 148 mln. AQSh dollari miqdoridagi ko’p funksiyali printer mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Ushbu loyiha qo’shimcha 771 ta yangi ish o’rinlarni yaratish imkonini beradi. Yana bir yangi loyihalarda Malayziya kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan yarim o’tkazgichlarni sinovdan o’tkazish loyihasi ham istiqbolli sanaladi.

Elektr jihozlari. 2015-yilda elektr jihozlari ishlab chiqarishda 46 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lib, ularning qiymati 808 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. Ulardan 13 tasi yangi loyihalar bo’lsa, 33 tasi mavjud loyihalarni kengaytirish hisobidan amalga oshirilgan. Ushbu loyihalarda xorijiy investitsiyalarning ulushi 703 mln. AQSh dollarini (86.5%) tashkil etgan. Ichki investitsiyalar esa 105 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Elektr jihozlari ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan loyihalar 6 248 ta yangi ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi. Elektr jihozlari ishlab chiqarish eng ko’p investitsiyalarni ishlab chiqarish tarmog’i invesitsiyalarni qabul qilishda ikkinchi o’rinni egallaydi va bunda quyosh batareyalarining hissasi sezilarli darajada yuqori hisoblanadi. Muhim yangi loyihalardan 159 mln. AQSh dollari miqdoridagi quyosh batareyasi panellarini ishlab chiqarish bo’lib, u 692 ta yangi ish o’rnini yaratish imkonini beradi. 13 mln. AQSh dollari qiymatidagi mavjud loyihalarni kengaytirish hisobidan quyosh panellari ishlab chiqarish ham istiqbolli hisoblanadi26.

Demak, Malayziya hozirgi kunga kelib, aerokosmetika, meditsina jihozlari, farmaseftika vositalari, elektronika, mashina uskunalari, qayta tiklanuvchi alternativ energiya va biotexnologiya sanoatini rivijlantirishga qaratgan. “Ichki investitsiyalar strategik fondi” (Domestic Investment Strategic Fund) Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishga bir qator grantlar ajratadi. Ko’pgina mahalliy kompaniyalar allaqachon Tadqiqot va rivojlanish(R&D), injenerlik dizayni, innovatsiyaga asoslangan elektr va elektronika mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilib kelmoqda. Shuning uchun Malayziya ko’plab TMKlar uchun investitsiya kiritish uchun qulay joy bo’lib kelmoqda.

II bob bo’yicha xulosalar

II bob bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak, 1991-2010-yillar mobaynidagi tadqiqot natijasiga ko’ra Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda moliyaviy bozorning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotning bozor hajmi sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Shuningdek hukumatning infratuzilmaga bo’lgan xarajatlari ham qisman ta’sir ko’rsatganligining guvohi bo’ldik. Shuni hisobga olgan holda Malayziya hukumati, TTXI jalb qilishni yanada rag’batlantirish maqsadida ushbu sohalarga e’tiborni qaratgan. Ushbu tadqiqot natijasiga Malayziya iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi ikkita muhim omillar aniqlandi, ammo bu omillar faqat Malayziya iqtisodiyoti uchun xos ekanligini e’tiborga olish zarur. Malayziya investitsiya taraqqiyot davlat organi (MIDA) Malayziyada ishlab chiqarish va xizmatlar tarmoqlarini rivojlantirish uchun hukumatning asosiy agentliklaridan biri hisoblanadi. Malayziya iqtisodiyotiga yo’naltirilgan to’gridan-to’gri xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi, ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan bo’lsa, keyingi o’rinda investitsiyalar neft gaz sohasiga yo’naltiriladi.Malayziya hozirgi kunga kelib, aerokosmetika, meditsina jihozlari, farmaseftika vositalari, elektronika, mashina uskunalari, qayta tiklanuvchi alternativ energiya va biotexnologiya sanoatini rivijlantirishga qaratgan. “Ichki investitsiyalar strategik fondi” (Domestic Investment Strategic Fund) Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishga bir qator grantlar ajratadi. Bu esa elektr va elektronika tarmog’iga TTXI kirib kelishiga qulay sharoit yaratilganligidan dalolatdir. Ko’pgina mahalliy kompaniyalar allaqachon Tadqiqot va rivojlanish(R&D), injenerlik dizayni, innovatsiyaga asoslangan elektr va elektronika mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilib kelmoqda. Malayziyaning yana bir ustun jihati Malayziyada ko’plab elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi kompaniyalarning mavjud ekanligi hisoblanadi. Internet tizimining rivojlanishi orqali elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishi boshqa sektorlarning rivojlanishida ham ushbu sanoatning ahamiyatini oshirdi.



Download 379.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling