I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8
Download 379.95 Kb.
|
Turdiyev Zafar diplom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4-rasm. TTXIlarni alohida hududlar va mamlakatlar guruhiga kirib kelishi va jahon investitsiyalarning kirib kelish oqimidagi ulushi
- I bob bo’yicha xulosalar
1.3-rasm. Jahon iqtisodiyotida TTXIlarning rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlariga kiritilishining o’zgarish tendensiyasi (mlrd. AQSH dollari) Yuqoridagi 1.3-rasmdan ko’rinib turibdiki, rivojlangan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarga TTXIlarning oqimi sezilarli darajada kamayib borgan. Biroq bu borada rivojlanayotgan mamlakatlar yetakchilikni qo’lga olib bormoqdalar. Rasmdan ko’rinib turibdiki, Jahon TTXIlar oqimining 55 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar tomon yo’nalgan. Bu esa rivojlanayotgan davlatlar uchun TTXIlarni qabul qilish bo’yicha tarixiy yuqori ko’rsatkichga erishganligi bilan ahamiyatga molik. Agar rivojlanayotgan mamlakatlarning o’ziga e’tibor qaratadigan bo’lsa, rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. UNCTADning hisob kitoblariga ko’ra 2015-yilda TTXI oqimi 1.4 trln AQSH dollarini tashkil qiladi 2016 va 2017-yillarda esa mos ravishda 1.5 va 1.7 trln AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu o’sishning asosiy sabablari AQSHning iqtisodiy o’sishi, investitsion liberallashuv bilan izohlanadi. 2014-yilda TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi 28 foizga kamaydi va 499 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu borada AQSHga alohida e’tibor qaratish zarur. 2014-yilda AQSHga kiritilgan TTXI 2013-yilga nisbatan 40 foizga kamayganligini va 92 mlrd. AQSH dollarini tashkil etganligini aytib o’tish lozim. Bunga asosiy sabab sifatida “Vodafon” kompaniyasining AQSHdan chiqib ketishi keltirish mumkin. Qolgan sohalarda AQSH investitsiyalar oqimini qabul qilishda barqaror sur’atlarga ega. Yevropa iqtisodiyotiga to’xtaladigan bo’lsak, 2014-yilda TTXI hajmining kirib kelishi 11 foizgacha kamaygan va 289 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Irlandiya, Belgiya, Fransiya, va Ispaniya davlatlariga investitsiyalarning kirish oqimi kamaygan bo’lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsariya, Finlandiya davlatlarida esa investitsiyalarni qabul qilishda o’sish ko’rsatkichi mavjud12. (1.1-ilova) Xitoy 2013-yilda TTXIlarni qabul qilish bo’yicha 2-o’rinni egallagan bo’lsa 2014-yilga kelib, 129 mlrd. AQSh dollari bilan birinchi o’ringa chiqib olgan. AQShga TTXIlar hajmining keskin tushishi yuqorida aytib o’tganimizdek Vodafon kompaniyasi bilan uzviy bog’liq. O’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi 52 foizgacha kamayishiga olib keldi va 48 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Birgina Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan TTXI hajmi 70 foizga qisqarganligini va 21 mlrd. AQSH dollarini tashkil etganligini kuzatishimiz mumkin. 2014-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga TTXI oqimi 2 foizga o’sgan va 681 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Bu esa tarixiy eng yuqori daraja ekanligi ahamiyatga molik. Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari bevosita bu o’sishni ta’minlab bergan bo’lsa, Lotin Amerikasi va Karib dengiziga investitsiyalar oqimi kamayganligini kuzatish mumkin. Afrika davlatlarida esa bu ko’rsatkich deyarli o’zgarishsiz qolgan. TTXI oqimi qabul qilish bo’yicha Osiyo 9 foizga o’sgan va 465 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Bu o’sishni esa bevosita Sharqiy Osiyo, Janubiy-sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari ta’minlab bergan. Osiyo mamlakatlari orasida Xitoyga alohida to’xtalib o’tish lozim. 2014-yilda Xitoy iqtisodiyotiga jalb qilingan TTXI hajmi 2013-yilga nisbatan 4 foizga o’sgan va 129 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan va asosiy investitsiyalar xizmatlar sohasiga yo’naltirilgan. Singapur va Gong Kongda ham bu borada o’sishni kuzatishimiz mumkin. Shuningdek Hindiston sezilarli o’sishga erishdi, ya’ni TTXI oqimi 22 foizga o’sdi va 34 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Biroq G’arbiy Osiyo mamlakatlari TTXI qabul qilishda haligacha pasayish tendensiyasiga ega bo’lib, 2014-yilda investitsiyalar hajmi 4 foizga kamayib, 43 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida ushbu hududlardagi siyosiy barqarorlik va xavfsizlik masalalarini keltirishimiz mumkin. TTXI oqimini Lotin Amerikasi mamlakatlari va Karib dengizi hududiga kirishi oxirgi 4 yilgi o’sish tendensiyasidan so’ng, 2014-yilga kelib 14 foizga kamaydi va 159 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Ushbu pasayish bevosita Markaziy Amerikada va Karib dengizi mamlakatlarida huddudida xorijiy mamlakatlar mulklarini (M&As) ni kamayganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, Janubiy Amerikadagi past mahsulot narxlari ushbu hududga investitsiya oqimini kirishiga to’sqinlik qilgan. Meksika, Venesuela, Argentina, Kolumbiya va Peru mamlakatlarida TTXI oqimining kirishi kamaygan bo’lsa, o’z navbatida, Chili davlatida mulklarni(M&A) sotish hisobiga o’sish tendeniyasi mavjud. Braziliyada esa birlamchi sohaga investitsiyalrning kirish oqimi pasaygan va o’z navbatida sanoat sohasida o’sgan, natijada TTXIlarni qabul qilishning umumiy hajmi o’zgarmagan va 2013-yildagi miqdorda saqlanib qolgan13. Afrika mamlakatlari hududiga TTXIlar oqimining kirib kelish hajmi 2014- yilda ham 2013-yildagi ko’rsatkich saqlanib qolgan va 54 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Shimoliy Afrika hududlarida xorijiy investitsiyalar oqimi 15 foizga kamaygan va 12 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Janubiy Sahariya cho’lida joylashgan mamlakatlarda esa investitsiyalar kirib kelishi esa 2014-yilda 2013-yilga nisbatan 5 foizga oshgan va 42 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Janubiy Afrika hududlarida esa bu ko’rsatkich 10 foizga qisqardi va 13 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida davlatlardagi hududdiy notinchliklar sabab bo’lmoqda. Janubiy Afrikaga investitsiyalarning kirish oqimi ham 2 foizga pasaygan va 11 mlrd. AQSH dollariga yetgan. Bunga teskari ravishda 2014-yilda Markaziy va Sharqiy Afrika davlatlariga kiritilgan TTXI investitsiyalar hajmi mos ravishda 33 va 11 foizni tashkil qilgan va 12 va 7 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan14. Ko’plab hududiy va iqtisodiy guruhlarga va integratsion birlashmalarga tegishli mamlakatlar bo’yicha qaraladigan bo’lsa, 2014-yilga kelib, TTXI hajmining kamayganligini kuzatishimiz mumkin. Ko’plab mamlakatlar guruhi, masalan, Transatlantika savdo va investitsiya hamkorligiva Trans-Tinch okeani hamkorligi kabi mamlakatlar guruhining jahon investitsiyalar oqimidagi ulushini keskin kamayganligini ko’rishimiz mumkin. E’tiborli jihati shundaki, Jabubiy-sharqiy Osiyo mamlakarlari (ASEAN) mamlakatlari hamkorligi va Hududiy iqtisodiy hamkorlik(RCEP) kabi mamlakatlar guruhining jahon investitsiya oqimidagi ulushini mos ravishda 5 va 4 foizga o’sganligini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi 1.4-rasmda TTXIlarni alohida hududlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha qabul qilish hajmi va jahon investistsiyalar oqimidagi ulushi keltirilgan: Manba: World Investment Report 2015: Reforming International Investment Governance 1.4-rasm. TTXIlarni alohida hududlar va mamlakatlar guruhiga kirib kelishi va jahon investitsiyalarning kirib kelish oqimidagi ulushi Hududiy guruhlar o’rtasidagi o’zaro investitsion oqimlarning o’sishiga asosiy sabablar sifatida investitsion to’siqlarning olib tashlanganligi investitsion siyaosatning liberallashuvi va transaksion xarajatlarning qisqarishi sabab qilib keltiriladi. 1.4-rasmdan ko’rinib turibdiki, 2014-yilda APEC doirasida investitsiyalarni qabul qilish 57 foizdan 53 foizga kamaygan, bu o’zgarish bevosita AQSHga investitsiyalarni kirib kelishi keskin kamayish bilan izohlanadi. G20 davlatlaridagi kamayish bevosita, Yevropa Ittifoqlari hisobidan bo’lsa, BRICS mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalar hajmida 1% ga osishni kuzatishimiz mumkin. MERCOSUR doirasida TTXIlarni jalb qilish esa 6 % miqdori bilan o’zgarishsiz qolgan15. Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining transmilliy korporatsiyalari tomonidan TTXIlarni mamlakatlar iqtisdodiyotlariga kiritish yildan yilga o’sib bormoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning TMKlarining faoliyati ayniqsa “yashil soha” larga yo’naltirilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardan Osiyo mamlakatlarining TMKlarining xorijga investitsiya chiqarish hajmi oshgan bo’lsa Lotin Amerikasi va Karib dengizi hududlari va Afrikada bu ko’rsatkich pasayganligini kuzatishimiz mumkin. Avvalo shu narsani ta’kidlash lozimki, rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan chiqarilayotgan investitsiyalarning uchdan bir qismi Osiyoning hissasiga to’gri keladi. Eng ko’p TTXI kiritgan mamlakatlar ro’yxatiga e'tibor qaratadigan bo’lsak, ushbu kuchli 20 talikni 7 tasi ya’ni, Gong Kong, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Koreya Respublikasi, Malayziya, Quvayt, Chili va Tayvan kabi rivojlanayotgan yoki o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlariga to’g’ri kelganligini kuzatishimiz mumkin16. (1.2-ilova). TTXIlarni eksportida AQSH o’z yetakchiligini saqlab kelmoqda. O’z navbatida ikkinchi o’rin Xitoyga nasib etgan bo’lsa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari keying o’rinlarni band etishgan. 2014-yilda Osiyo mamlakatlarining TMK tomonidan jahon xorijiy mamlakatlarga kiritilgan TTXI hajmi 29 foizga o’sgan va 432 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu investitsiyalar asosan Osiyo mamlakatlariga va hududlariga yo’naltirilganligini kuzatishimiz mumkin. Sharqiy Osiyoda esa Gong Kong TTXI oqimini chiqib ketishi bo’yicha keskin o’sganligini va eng yirik investor AQSH dan keyin 2 o’rinni egallaganligini e’tiborga molik. Ushbu yirik o’sish bevosita xorijiy korxonalarni sotib olish qo’shib olish (M&A) hisobiga amalga oshirilgan. Xitoyliklar tomonidan chiqib ketayotgan investitsiyalar Xitoyga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmidan ko’ra tezroq sur’atlarda o’sib bormoqda va 116 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida Singapur TTXIlar eksportida sezilarli o’sishga erishdi va 2014-yilda 41 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi TTXIlarga donorlik qildi. Demak, O’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi kamayishiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan, Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi keskin foizga kamaydi. Ushbu mamlakatlarga TTXIlar kirib kelishiga kamayishiga AQSHdan “Vodafon” kompaniyasining chiqib ketishi bilan izohlanadi. Jahon miqyosida TTXIlarning yo’nalishi asosan rivojlangan mamlakatlar tomon yo’nalmoqda. Xususan, bu borada Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bu borada sezilarli ulushga ega bo’lib, investitsiya qabul qiluvchi ham donor mamlakat bo’lib ham jahon xo’jaligida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda.
Donor mamlakat uchun TTXIlarni biror mamlakatga kiritish ichki bozorni egallash, eksport mahsulotlari ishlab chiqarish, resurs izlash, arzon ishlab chiqarish omillariga ega bo’lish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yo'naltiriladi. O’z navbatida qabul qiluvchi mamlakat, yangi texnologiya, ishchilar malakasini oshirish, qo’shilgan qiymati yuqori mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini kengaytirish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga ega bo’ladi. Bir mamlakatga investitsiyalarning kirib kelishida donor mamlakat uchun ham qabul qiluvchi mamlakat uchun ham foydali bo’lgan holdagi o’zaro kelishuvga erishiladi. Mamlakatga TTXIlarning kirib kelishi bir qator ko’rinishlarda amalga osirilishi mumkin. Bular ulushi qo'shilib qatnashishi orqali qo'shimcha korxonalarni tashkil etish, 100% mol-mulk xorijiy investorlarga tegishli bo'lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish, yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish, konsessiya va lizing shartnomalari tuzish, tenderlar e'lon qilish, erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. TTXIlarni huquqiy asoslarini tartibga solishda davlatning ahamiyati ham yuqori ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bu borada davlat ikki xil usuldan foydalanadi. Birinchisi moliyaviy (jadallashtirilgan amortizatsiya, soliq imtiyozlari, subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug'urtalash va kafolatlash), ikkinchisi nomoliyaviy (yer uchastkalari ajratish, zaruriy infrastruktura bilan ta'minlash, texnik yordam ko'rsatish, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirish). O’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi kamayishiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan, Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi keskin foizga kamaydi. Ushbu mamlakatlarga TTXIlar kirib kelishiga kamayishiga AQSHdan “Vodafon” kompaniyasining chiqib ketishi bilan izohlanadi. Jahon miqyosida TTXIlarning yo’nalishi asosan rivojlangan mamlakatlar tomon yo’nalmoqda. Xususan bu borada Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bu borada sezilarli ulushga ega bo’lib, investitsiya qabul qiluvchi ham donor mamlakat bo’lib ham jahon xo’jaligida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda.
Download 379.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling