I-bob. Turizm infratuzilmasiining ijtimoiy-nazariy asoslari


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.11.2020
Hajmi1.33 Mb.
#155614
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish


 

 



 



 



KIRISH 



 

I-BOB.   TURIZM INFRATUZILMASIINING IJTIMOIY-NAZARIY ASOSLARI  

1.1. Turizm infratuzilmasi tushunchasi va uni tashkil qiluvchi omillar. 

1.2. Iqtisodiyotda turizm infratuzilmasining shakllanish omillari va sabablari. 

1.3. Turizm infratuzilmasidagi mehmonxonalar tasnifi 

 

II-BOB.    O’ZBEKISTONDA  TURIZM  INFRATUZILMASINI  RIVOJLANISH 

HOLATI. 

 2.1. O‟zbekistonda  turizmda infratuzilmaning o‟rni. 

2.2. O`zbekistonda Turizm infratuzilmasida transport tuzilmasining hissasi 

2.3. O‟zbekistonda  turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari 

 

III-BOB.   BUXORODA      TURIZM  INFRATUZILMASINI  TAHLILI,  MUAMMOLARI 

VA ULARNI BARTARAF QILISh YO’LLARI. 

3.1.  Buxoroda turizm sohasinig rivojlanish holati 

3.2.  Buxoda turizm infratuzilmasining tahlili.    

3.3. Turizm infratuzilmasini takomillashtirish yo‟llari 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

ILOVA 

 

ANNOTATSIYA 

 

 



 

 

 



 

 

KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  dunyo  mamlakatlarining 

ko‟pchiligi turizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali o‟z milliy iqtisodiyotini taraqqiy ettirmoqda. 



 

XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzu tarovatining hamma sohalariga ulkan o‟zgarishlarni olib 



keldi.  Bu  o‟zgarishlar  fan  va  ilmiy  tadqiqotlar,  texnikani  rivojlantirish,  yangi  materiallar, 

texnologiyalar  yaratish  va  ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohalarida  yorqin  namoyon  bo‟ldi.  Bozor 

iqtisodiyoti barcha imkoniyatga  daxldor hodisa  bo‟lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish  yo‟lida 

muqarrar  bosib  o‟tiladigan  bosqichdir.  Bozor  iqtisodiyotining  chinakam  oxirgi  maqsadi  avvalo, 

insonga  munosib  yashash  sharoitlarini  yaratish  va  respublikani  madaniyat  va  taraqqiyot 

cho‟qqilariga  olib  chiqishdir.  Bozor  munosabatlariga  o‟tish  qaror  topib  kelayotgan  yangi 

davlatchilik  uchun  jamiki  resurslardan  foydalanishni,  xalq  xo‟jaligining  farovon  turmush 

kechirayotgan,  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlar  qatoriga  olib  chiqishni  ta‟minlab 

beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak. 

           Hozirgi  vaqtda  butun  dunyoda,  shuningdek  O‟zbekistonda  ham  iqtisodiyotning 

noishlabchiqarish  sohasi,  xususan  turizm  sohasiga  e‟tibor  tobora  kuchayib  bormoqda.  Insonlar 

bo‟sh  vaqtlarini  samarali  o‟tkazib,  dam  olishga,  sog‟ligini  tiklashga,  dunyoni,  xalqlarning  urf  - 

odatlari,  qadriyatlarini  bilishga  intilmoqdalar.  Bunday  xizmatlarni  turizm  sohasi  ko‟rsatadi. 

Insoniyat har doim o‟zining harakat doirasini o‟zgartirib, yangi erlarni kashf qilishga intilgan. XX 

asrga  kelib  bunday  intilishlar  kuchaydi  va  turizm  industriyasining  rivojlanishiga  turtki  bo‟ldi. 

Ayrim  mamlakatlarda  turizm  sohasi  barqaror  rivojlanib  bormoqda  va  ularning  har  yillik  o‟sish 

sur‟ati  8%-10%  gacha  boradi.  Bular  turizm  sohasining  mamlakatlar  iqtisodiyoti  tizimida  hal 

qiluvchi  ahamiyatga  qay  darajada  ega  ekanligidan  dalolat  beradi.  SHunisi  qiziqki,  turizm 

rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo - sotiq, oziq - ovqat tarmoqlari, qurilish, 

hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‟rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. 

Mamlakatimizning turizm infratuzilmasini takomillashtirishda har qanday xorijiy mamlakatdan 

qolishmaydigan  imkoniyatlarga  egaligi,  bu  borada  ko‟plab  muvoffaqiyatlarga  erishishimizni 

ta‟minlovchi  asosiy  manba  hisoblanadi.  Ana  shularni  hisobga  olgan  holda,  mamlakatimizda 

mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  to  hozirga  qadar  zamon  talablariga  javob  beradigan  turizm 

infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o‟z 

ijobiy  natijalarini  berib  kelmoqda.  Mustaqil  o‟lkamizning  jahon  hamjamiyatida  keng  miqyosda 

e‟tirof  etilishi,  dunyoning  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlari  bilan  o‟zaro  do‟stona 

munosabatlarning yanada barqarorlashib borishi, tashrif buyurayotgan turistlar oqimining yil sayin 

ortib  borishi,  yurtimizda  mavjud  yangidan-yangi  turizm imkoniyatlarining kashf etilayotganligi  va 

boshqa  shu  kabi  o‟zgarishlar  fikrimizning  yaqqol  dalili  bo‟la  oladi.  Boshqa  iqtisodiy  tarmoqlarda 

bo‟lgani  kabi,  turizm  sohasini  rivojlantirishga  alohida  e‟tibor  berilmoqda.  Bundan  ko‟zlangan 

asosiy  maqsad  mamlakatimizga  tashrif  buYuradigan  turistlarga  xizmat  ko‟rsatish  sifatini  yanada 

takomillashtirish va bozor talablariga to‟liq javob beradigan turizm sanoatiga ega mamlakat sifatida 

dunyo hamjamiyati e‟tiborini jalb etishdir. Respublikamiz turizmida xalqaro iqtisodiy munosabatlar 



 

tizimini  rivojlantirishning  asosini  turistik  tashkilotlar,  joylashtirish  vositalari  va  boshqa  faoliyiyat 



turlarini rivojlantirish tashkil etadi. 

       Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  turizmni  rivojlasntirishda  infratuzilmaning 

ahamiyatini aniqlab, uni takomollashtirish yo‟llarini  aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish 

uchun bizlar quyidagi vazifalarni belgilab o‟tdik: 

  Turizm infratuzilmasi rivojlanishining ilmiy nazariy asoslarini aniqlash  



 

Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi omillarni ko‟rib chiqish  



 

O‟zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlanish holatiga baho berish 



  Buxoroda turizm infratuzilmasini tahlil qilib, uni takomillashtirish yo‟llarini topish 



Malakaviy bitiruv ishning obyekti bo‟lib Turizmning infratuzilmasi hisoblanadi. 

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 

va ingliz tilidagi annotatsiyadan iborat bo‟lib o‟z ichiga 55 betlik bayon, 5 ta jadval, 1 ta chizma va 

12 ta rasmlarni oladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

I-BOB.   TURIZM INFRATUZILMASIINING IJTIMOIY-NAZARIY ASOSLARI 



1.1. 

TURIZM INFRATUZILMASI TUSHUNCHASI  

VA UNI TASHKIL QILUVCHI OMILLAR 

 

 

Bugungi  kunda  turizm  yuqori  daromadli  va  jadal  rivojlanayotganligi  sababli  hududiy 



iqtisodiyotda ushbó soxaning rivojiga katta axamiyat berilmoqda.  

Turistik  ifratuzilmaning  ahvolini  izchil  o`rganishdan  avval,  "turistik  infratuzilma" 

tushunchasining ma`nosi, ahamiyati, tarkibi va asosiy elementlarini anglab olishimiz zarur.  

Mamlakatimizda  turistik  infratuzilma  tushunchasi  nisbatan  yangi  tushuncha  emas,  ammo 

kamdan  kam  adabiyotlarda  uning  aniq  izohi  keltirilgan.  Buning  asosiy  sababi,  sohada 

mutahassislarning  etarli  emasligi  bilan  bir  qatorda,  mustaqil  O`zbekistonda  turizm  nisbatan  yangi 

yo`nalish ekanligidir.  

Turizmning  regional  infrotuzilmasi  tushunchasining  to`liq  izohi  bilan  tanishish  uchun  D.  F. 

Veselixa izlanishlariga murojaat qilamiz: 

"Turistik  infratuzilma  -  ma`lum  bir  vaqt  va  joy  oralig‟ida  turistning  turli  tuman  istaklarini 

sifatli  tarzda  muhayyo  etishga  qaratilgan,  turli  moddiy  va  nomoddiy  xususiyatlarga  ega  bo`lgan 

ob`ektlar yig‟indisidir" 

Yuqoridagi  izohdan  kelib  chiqib  hududiy  turistik  ifratuzilma  tarkibini  quyida  keltirilgan 

chizma yordamida tasvirlash mumkin. 

  

 

1-  rasm 



Turizm inratuzilmasi tarkibi. 

Turizm  infratuzilmasi 

Ishlab chiqarish infratuzilmasi 

Transport 

Informatsion-kommunukatsion 

Kommunal xo'jalik 

Ecologik tozalash ob'ektlari 

Хizmat ko'rsatish infratuzilmasi 

Тuroperator va turagentlar 

Joylashtirish 

Ko'ngilochar va dam olish maskanlari 

Ovqatlanish 

Savdo sotiq 

Xavfsizlik 


 

Ushbu  rasmdan  ko`rinib  turganidek,  turistik  infratuzilma  o`zaro  bog‟liq  bo`lgan  bir  qancha 



sohalarni  qamrab  oladi.  Turistik  infratuzilmaning  sifati  ushbu  bo`limlarning  xar  biriga  bog‟liqligi 

o`z o`zidan keliá chiqadi. 



Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistlarning turistlik zaxiralaridan  bemalol foydalanishini 

ta`minlovchi  binolar  tizimi,  muxandislik  va  kommunikatsiya  tarmoqlari,  shu  jumladan  yo`llar, 

turizmning  turli  xizmat  ko`rsatish  korxonalari  va  ularni  kerakli  darajada  ishlatish  va  ta`minlash 

tushuniladi.  

Bu  avtomobil  va  temir  yo`llar,  yo`l  arakatini,  havo  yo`llarini,  dengiz  va  daryo  yo`lari 

harakatini  tartibga  soluvchi,  issiqlik,  elektr  va  telefon  aloqalari  bilan  ta`minlash  va  boshqa 

kommunikatsiya  tizimlardir.  Ma`lumki,  turizm  sohasida  turistlik  resurslari,  yani  tabiiy-iqlim, 

tarixiy-madaniy,  ma`rifiy,  ijtimoiy-maishiy  turizm  ob`ektlari  bo`lgan  hududlarda  kerakli 

infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo`l qurilishi sohasini olib ko`raylik. 

Albatta sayyohlar oddiy yo`lovchilar emas. Yo`llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar oqimining  

oshishi  yoki kamayishi mumkin. Yo`llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay 

darajada  rivojlanganidan  dalolat beradi.  

Turist-avvalo  dam  oluvchi  bo`lib,  unga  ko`rsatiladigan  xizmatlar  iste`mol-chisi  ekanligini 

unutmasligimiz  lozim.  Bular  nafaqat  avtomobil  yo`llari,  shuningdek,  temir  yo`llarga  ham 

taa`luqlidir.  Vokzal  va  poezd  relslaridan  tortib,    uning  ichidagi  kommunikatsiya  va  muxandislik 

tarmoqlarining barchasi - turizm infratuzilmasining tarkibiy bir qismi xolos. Nafaqat avtomobil yoki 

temir yo`llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo`llar ham talab darajasida bo`lmog‟i kerak.  

Mehmonxona  va  shunga  tenglashtirilgan  joylardagi  kommunikatsiya  va  muxandislik 

tarmoqlarida  ham  muammolar  bo`lmasligi  turizm  sohasining  yangi  pog‟onalarga  ko`tarilishida 

o`ziga  xos  o`rinni  egallaydi.  Bir  tasavvur  qilib  ko`raylik:  issiqlik  tarmoqi  ishlamaydigan,    elektr 

tarmoqi  past,  kanalizatsiya  tarmoqi  bo`lmagan  yoki  ichimlik  suvi  talab  darajada  bo`lmagan 

mehmonxonalarda  turistning  bo`lishi,  bular  va  boshqalar  turizm  sohasining  rivojlanishidagi 

kechiktirib bulmas va tezda xal  qilinishi zarur bo`lgaí  muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‟li joylar, 

yo`l  trassalari  kabi  hududlarda  bu  muammolarni  hal  etish  katta  kapital  mablag‟  talab  qiladi.  hozir 

respublikamizning  avtomobillar  qatnaydigan  trassalarida  shoh  bekatlarning  ahvoli    xorijiy 

turistlarga  xizmat  ko`rsatadigan  darajada  emas.  Turist  tezda  hojatini  chiqarib  oladigan  yoki  zarur 

tibbiy  yordam  beriladigan  ob`ektlarning    yo`g‟ligi,  achchiq  bo`lsa  ham  aytish  kerak:  turistlar 

xojatxonalari-yu boshqa karvonsaroylar qurilishi zamon talabi darajasida emas.  

Bir  vaqtlar  Buyuk  ipak  yo`li  o`tgan  joylardagi  muhim  maskanlarda  karvonsaroylar  bo`lgan. 

Karvonsaroylar  savdo  karvonlari  uchun  hozirgi  vaqtlardagi  mehmonxonalar  xo`jaligi  vazifasini 

o`tagan.  Unda  karvonlar  va  savdogarlar  tunaydigan  xonalardan  tortib,  ichimlik  suvi,  ovqatlanish 

xizmati  va  boshqa  xizmatlar  (tabiblar,  mashshoqlar,  qo`riqchilar)  o`z  joyiga  qo`yilgan.  Yurtimiz 

ko`hna tarix va madaniyatga ega. hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil 


 

avval xizmat ko`rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz tadqiqot ishlarida 



ko`rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar 

kulolchilik  mahsulotlari  sopol  quvurlar  orqali  olib  kelingan-ligidan  daloldatdir.  Mana  shunday 

tarixiy,  an`anaviy  merosimizni  yana  tiklash,  zamonaviy  hol  atga  keltirish  ham  bugungi  kuning 

dolzarb masalasidir.  

      Hozirgi  paytda  turizm  infratuzilmasida  bank  va  moliyaviy  tashkilotlar  -  xizmatlarning 

o`rni  alohida.  Turistlar  sayohatda  va  dam  olishda  xilma-xil  xizmat  turlaridan  foydalanishni 

xoxlaydilar.  Ya`ni,  o`z  xohishi  bo`yicha  biror  narsa  sotib  olishni  istashadi.  Bunda  ular  ko`ngil 

ochish uchun har kuni ko`p miqdorda pul sarflashadi. Pulni ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko`tarib 

yurish,  turistlarga  noqulaylik  va  qiyinchiliklar  tug‟diradi.  Turistlarning  katta  miqdorda  pulni  olib 

yurishi  o`g‟rilarni,  qaroqchi  va  tovlamachilarni  va  har-xil  turdagi  jinoyatchilarni  jinoiy  harakat 

qilishlariga  olib  keladi.  Turizm  sohasi  tashkil  topishi  bilanoq,  to`g‟rilanishi  va  tartibga  olinishi 

mumkin bo`lgan xavfsiz pul bilan ta`minlash muammosi paydo bo`ldi.  

Dastlab Tomas Kuk turizmni tashkil etishdagi ushbu muammoni hal etish bilan shug‟ullangan 

va  turistlik  faoliyatni  tashkil  etishning  hamma  tomonlarini  o`rganib  chiqqan.  Natijada,  u  yo`l 

cheklarini ixtiro qilgan. Bu xavfsiz pul tizimi turizm maqsadida yaratilgan bo`lib, uni butun dunyo 

banklarida  bemalol  mahalliy  valyutaga  almashtirish  mumkin  bo`lgan.  Bir  qancha  vaqt  o`tib,  bu 

tashabbusni  Amerikan  Ýkspress  firmasi  o`ziga  qabul  qildi.  Turizm  sohasidagi  bu  ikki  gigant 

sug‟urta  moliyaviy  xizmatlar  bo`yicha  etakchi  korxonalarga  aylandi.  Keyinroq,  plastik  kartalar 

ixtiro  qilindi.  Viza,  Amex,  Diner  Klub  kabi  dunyo  miqyosidagi  to`lov  tizimlari  yaratildi.  Ushbu 

to`lov  usullarining  qo`llanilishi  bilan  turistlarning  o`zlari  bilan  katta  miqdorda  pul  olib  yurishlari 

cheklandi.  Barcha  do`konlar,  restoranlar  va  boshqa  turistlik  markazlarning  korxonalari  kartalar 

bo`yicha naqd pulsiz to`lovlar qabul qila boshladilar. 

Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham 

juda  zarurdir.  Turist  sayohatga  tayyorlanayotganda    hamda  sayohat  vaqtida  o`zi  boradigan  joy 

haqida  o`sha  mamlakat  yoki  boradigan  hududning  qonun-qoidalari,  odatlari,  mexmondo`stligi 

haqidagi  qo`shimcha  ma`lumotlarga,  shuningdek,  o`sha  joyning  xaritasiga,  transport  magistrallari 

sxemasiga muqtoj bo`ladi. Sayohat và turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma`lumotlar ommabop 

va  maxsus  adabiyotlar  ko`rinishida  chîï  etiladi  va  bu  hol  at  turistlarni  sayohat  qilishga  chorlaydi. 

Zamonaviy turizmda bo`lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko`rinishida 

chop etishga e`tibor qaratiladi. Turizm sohasi boshqa sohalarga qaraganda 3-5 marta ko`p reklama 

qiladi.  hamma  yirik  turistlik  markazlar  turistlar  va  turizm  xizmatlari  uchun  axborot  CD    ROM  

disklarini chop etadi.         

Turizm  infratuzilmasini  zamonaviy  komp'yuter  xizmatisiz  tasavvur  etish  qiyin.  Tezkor 

axborot  va  so`zlashuv,  yangiliklardan  xabardorlik  turizmning  yana  bir  jihatidir.  hozirgi  turist 

internet,  faks  va  boshqa  zamonaviy  texnika  vositalaridan  foydalanishi  turizm  infratuzilmasini  qay 


 

darajada  ekanligidan  yana  bir  nishonadir.  Zamonaviy  elektron  vositalari,  shu  jumladan,  turistlik 



xizmatlar  turistlik  markazlar  haqidagi  ma`lumotlar  joylashgan  millionlab  saytlarga  ega  bo`lgan 

internet  tarmoqlari  nafaqat  sayohat  va  turistlik  agentliklarni  tanlash,  xattoki,  tur  sayohatning 

chiptalari,  xizmatlar  uchun  to`lovlarni  ham  oldindan  tayinlab  qo`yish  mumkin.  Turizm 

tashkilotchilari    axborot    xizmatidan  keng  ko`lamda  foydalanadilar.  Ular  ham  turistlik  mahsulotni 

tashkil  etayotganida    maxsus  yo`l  ko`rsatkichlarini  o`rganadilar.  Kolumbs  Press  nashriyotida  har 

ikki  yilda  qayta  chop  etiladigan  dunyoga  mashhur  yo`l  ko`rsatkich  Vorld  Travel  Guide  da  200 

mamlakatning  sxemalarini  turistlik  markazlarning  va  agentliklarning  har  xil  kataloglari  mamlakat 

va butun dunyo bo`yicha transportning harakat jadvali chop etiladi. 

Turizm infratuzilmasining boshqa sohalar bilan xizmat qilish aloqasi mavjud, ya‟ni: 

-  turizm  infratuzilmasi  -  rivojlanayotgan  davlatlar  iqtisodiyotiga  juda  katta  foyda  keltiruvchi 

soha bo‟lmoqda; 

-  turizm  infratuzilmasi  ish  imkoniyatlari  etarli  rivojlanmagan  davlatlar  uchun  ish  joylarini 

yaratish, ishsizlikning o‟sib borishiga katta to‟siq  bo‟layotgan sektorga aylanmoqda;  

- turizm infratuzilmasi davlatlar va mintaqalar o‟rtasida, ekologik va madaniy muloqot orasida 

vositachilik qilgan xizmat mehmondo‟stlik industriyasidir;  

-  turizm  infratuzilmasi  o‟z  yaratuvchi manbalarini  buza  oladigan industriya  xarakterini o‟zida 

aks ettira oladi.  

  Bundan  asosiy  maqsad  turizmning  tabiiy  ijtimoiy  zaxiralarini  vayron  qilish  emas,  balki  bu 

manbalarning samarali siyosatini rivojlantirishdan iboratdir.   

Iqtisodiyotda turizm sohasi alohida industriya hisoblanadi. Turizm infratuzilmasida jismoniy 

mehnat orqali mahsulot ishlab chiqarilmaydi, unda faqat xizmat ko‟rsatiladi. Turizm infratuzilmasi  

4  asosiy  omillardan  tashkil  topadi.  Bular:  transport;  mehmonxona;  animasiya  faoliyatlari  (hordiq 

chiqaruvchi va dam oldiruvchi); turistik  tashkilotlar. 

Transportning    turizmdagi  ahamiyati.  Joy  va  makon  o‟zgartirish,  turizmning  asosiy 

xususiyatlaridan  biridir. Chunki, sayohat bo‟lmasa turizm haqida so‟z yuritish mumkin emas. Shu 

sababli,  transport  joy  o‟zgartirish  harakatining  ro‟yobga  chiqishiga  imkon  yaratib,  turizm 

industriyasining paydo bo‟lishi va rivojlanishida asosiy  omil hisoblanadi. 

XVIII  asrdagi  industriya  inqilobidan  keyin  transport  vositalaridagi  jadal  rivojlanish 

zamonaviy  turizmning  tug‟ilishiga,  uzoq  masofada  joylashgan  turistik  markazlarning  ochilishiga 

imkon yaratdi. Turizm sohasida transportning ahamiyati quyidagicha guruhlantiriladi: 

1.  Transport,  biror  davlatda  joylashgan  turistik  markazlarning  qulay  ziyorat  qilinishiga 

imkoniyat  yaratadi,  chunki  mazkur  mintaqa  turistik  resurslarga  ega  bo‟lsa  ham  ularni  osonlikcha 

ziyorat  qilish  imkonini  beradigan  vosita  bo‟lmasa,  ularni  tomosha  qilish,  ko‟rish  va  ulardan 

foydalanish  mumkin  bo‟lmaydi.  SHu  sababli,  turizm  infratuzilmasi  rivojlanishi  birinchi  navbatda 

transport  vositalarining  rivojlanishiga  bog‟liq.  Boshqa  tomondan,  turizm  rivojlanishi  transport 


 

10 


vositalariga ham ta‟sir ko‟rsatadi. Chunki, turizm infratuzilmasi rivojlangan sari mavjud ehtiyojlarni 

qondirish uchun transport vositalari ham rivojlanadi. SHu sababli turizm va transport orasida uzviy 

aloqa mavjud. 

2.  Transport  vositasi  tashqi  turizmdan  mamlakat  xazinasiga  valyuta  olib  keluvchi  manba 

hisoblanadi. 

3.  Transport  vositalari  rivojlanishi  natijasida  tezkor  jamoat  transportiga  imkon  beradigan 

vositalarning  qo‟llanilishi,  vaqti  va  moliyaviy  ahvoli  o‟rtacha  bo‟lgan  insonlarning  ham  turizm 

harakatlariga  qatnashishini  yaratadi.  SHunday  qilib,  transport  vositalari  rivojlangan  sayin  turistik 

harakatlar miqdor va sifat jihatdan yaxshilanadi, natijada o‟rta tabaqada yashovchi xalq uchun ham 

sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Transport turlari 4 ta guruhda tasniflanadi: temir yo‟l, suv yo‟li, 

havo yo‟li va avtomobil transportlari.     

Mehmonxona  xo‟jaligining  turizm  sohasidagi  ahamiyati.  Turizm  infratuzilmasini  tashkil 

qiluvchi  vositalardan  yana  biri  mehmonxona  xo‟jaligidir.  Mehmonxona  xo‟jaligi  turistlarning 

vaqtinchalik  tunash,  ovqatlanish,  tomosha  qilish  va  hordiq  chiqarish  kabi  ijtimoiy  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  muassasadir.  Bu  muassasadan  foydalangan  turistlarning  sayohat  qilish  sabablari, 

maqsadi,  sayohat  shakllari  va  zavqlari  juda  farqli  bo‟lganligi  uchun  mehmonxona  sektorini  hosil 

qiluvchi muassasalar ham bir-biridan farqlidir. 

Mehmonxona xo‟jaliklari ham o‟z tuzilishiga ko‟ra turlicha bo‟ladi: lyuks mehmonxonalar, 

o‟rta  narxli  mehmonxonalar  va  arzon  narxdagi  mehmonxonalar:  shahar  mehmonxonalari,  tog‟ 

mehmonxonalari,  sanatoriya  mehmonxonalari,  sohil  mehmonxonalari:    yil  bo‟yi  faoliyat 

ko‟rsatuvchi  va  ma‟lum  oylarda  faoliyat  ko‟rsatuvchi  mehmonxonalar;  tijoriy    va  ijtimoiy 

maqsadda qo‟llaniluvchi mehmonxonalar. 

  

Mehmonxona  xo‟jaligi  va  ushbu  xo‟jalikni  tashkil  qiluvchi  muassasalarning  quyidagi 



xususiyatlari mavjud: 

 -  mehmonxona  xo‟jaligida,  sarmoyaning  80%  dan  ortig‟i  bino,  gilam,  mebel  va  shunga 

o‟xshash vositalar kabi davomli qo‟llanishga ta‟sis qilingan vositalarga sarflanadi; 

 -  mehmonxona  xo‟jaliklarida  ishlovchi  personallar  dini,  tili,  daromadlari,  dunyoqarashi,  urf-

odatlari  va  millatlari  farqli  bo‟lgan  mijozlarga  xizmat  qilish  majburiyati  bo‟lganligi  uchun 

xodimlarning kengroq  tushuncha va dunyoqarashga ega bo‟lishi kerak; 

-  mehmonxona  xo‟jaliklarida  turistlarga  ko‟rsatiladigan  xizmatlar  turli  xil  bo‟limlarda 

ko‟rsatiladi. 

Animasiya  faoliyatlarining  ko‟rsatilishi  uchun  biror  davlatga  turistlarning  kelishi  uchun 

faqat  sayohat,  tunash  va  ovqatlanish  imkoniyatlarining  yaratilishi  etarli  emas.  Turist  ma‟lum 

maqsadlar  uchun,  turistik  manbalardan  foydalanish  va  ba‟zi  faoliyatlarni  o‟z  ko‟zi  bilan  ko‟rish 

uchun sayohat qiladi. SHu sababli, turistning bu xohishlarini ro‟yobga chiqarishga imkon beradigan 

imkoniyatlarni  tayyorlash  kerak.  Bu  imkoniyat,  turistik  mahsulotga  ba‟zi  tuzatishlarni  kiritish  va 


 

11 


tomosha qilinuvchi muhitning  tayyorlanishi bilan yaratiladi. Tomosha va jonlantiruvchi muhit bir 

tomondan  xush  vaqt  o‟tkazishga,  boshqa  tomondan  korxonaga  qo‟shimcha  daromad  yaratishga  

imkon beradi, turistik joyda  va korxonada bir  zavqlilik yaratadi. Animasiyaning  bir qancha shakli 

quyida keltirilgan: 

 -  ijtimoiy  omillar.  Bular  tartibli  yoki    shaxsiy  turistik  dasturlarning  tuzatilish  sur‟ati  bilan 

turistlar  o‟rtasida  fikr  almashuvini  qulaylashtiruvchi  faoliyatlardir  (xush  kelibsiz  banketi,  raqslar, 

kokteyl banketi, rasmiy bayramlar va h.k.); 

 -  harakat  xususiyatini  tashkil  etuvchi  omillar.  Bular  turistlarga  jismoniy  faoliyatlar,  sport  va 

shunga o‟xshash o‟yinlarni ko‟rsatuvchi omillar; 

 - madaniy va maroqli dam olishni tashkil etuvchi omillar. Bular, turistlarning bilim olish, dam 

olish  va  shunga  o‟xshash  turli    ehtiyojlarini  qondirgan,  turistning  ba‟zi  faoliyatlarda  ishtirok 

qilishini tashkil etgan omillar.  

Turizm  markazi  yoki  biror  turistik  muassasalar  mijozlarning  ehtiyojlariga  uyg‟un  shaklda 

Yuqorida keltirilgan animasiya faoliyatlaridan hosil bo‟lgani kabi turli dasturlarni turistlarga taqdim 

qila olishi va bu faoliyatlarni ta‟sirchan bir shaklda turistlarga etkazishlari kerak. SHunday qilib, bu 

faoliyat turizm industriyasining  asosiy omili bo‟lgan tashkilot tuzilmasini hosil qiladi.  

Turistik tashkilotlar. Turistik tashkilotlar turistlarga sayohat qilish, tomosha qilish va shunga 

o‟xshash faoliyatlar haqida ma‟lumot beruvchi, tavsiya beruvchi va turli mavzular bo‟yicha yordam 

ko‟rsatuvchi  muassasadir.  Turistik  tashkilotlar  4  ta  guruhda  to‟planadi:

 

turizmning  moliyaviy 



tashkilotlari; sayohat agentliklari; turoperatorlar; turizmda davlat tashkilotlari. 

1.  Turizmda  moliyaviy  tashkilotlar  turistik  korxonalarga  zarur  bo‟lgan  sarmoyani  ta‟minlab 

beruvchi tashkilotdir. Bunga misol qilib turistik banklarni olish mumkin.  

2.  Sayohat  agentliklari  xaridor  bilan  turistik  mahsulot  va  xizmatlarning  egalari  o‟rtasida 

vositachi  rolini  o‟ynagan,  sotilgan  mahsulotdan  ma‟lum  bir  foizni  oluvchi  tijoriy  tashkilotdir. 

Sayohat  agentliklari  turizm  talabi  va  taklifi  o‟rtasidagi  tijoriy  hayotda  tijoratchi  rolini  o‟ynaydi. 

Tijoriy hayotning rivojlanishi, tijorat vositalarining ahamiyatini oshirganidek, turizm sohasida ham 

1950  yildan  beri  kuzatilayotgan  katta  bir  rivojlanish  sayohat  agentliklarining  ham  ahamiyatini 

oshirmoqda. Bu erda ba‟zi statistik ma‟lumotlarning berilishi ushbu jihatni izohlaydi. 

 

Tashqi turistlarning 50 % i chipta olish, ovqat kuponlarini to‟g‟irlash, xonani bron qildirish 



uchun  sayohat  agentliklariga  murojaat  qilmoqdalar.  Xalqaro  turizmdagi  ish  hajmining  75  %  i 

sayohat  agentliklari  tomonidan  ro‟yobga  chiqarilmoqda.  Sayohat  agentliklarining  turizmdagi 

ahamiyati quyidagi sabablar tufayli hosil bo‟lmoqda: 

 -  til  muammolari.  Ziyorat  qilinadigan  davlatning  tilini  bilmaslik  turistlarni  sayohat 

agentliklariga murojaat qilishga majbur qiladi;  

 - moliyaviy ahvoli va vaqtlari chegarali bo‟lgan turistlar ijobiy bir narx orqali sayohat dasturini 

ro‟yobga chiqargan agentliklar bilan aloqada bo‟lishlari;  


 

12 


 - davomli ishlash, insonlarning tomosha va sayohat dasturlarini tayyorlashga imkon bermaydi.  

Sayohat agentliklarining vazifalari quyidagilar: ma‟lumot berish ishi (informasiya); valyuta, 

pasport, viza va mashinani ijaraga olish vazifalari; kelgan turistlarga kirish eshiklarida va bojxona 

nazoratida  yordamchi  bo‟lish;  guruhli  va  shaxsiy  sayohatlarni  tashkillashtirish;  turoperatorlar 

tomonidan tashkillashtirilgan pekij - turlarni sotish. 

Sayohat agentliklari 2 xildagi vazifani bajaradi;  

- mamlakat ichiga yo‟naltirilgan ishlar. Tashqaridan kelgan guruh va kishilarning sayohatlarini 

tashkil qilish: mehmonxona, oshxona, vositachi va rahbar topish, qilinadigan chiqimlarni oldindan 

hisoblash ushbu servis bo‟limining vazifalaridir;  

  - tashqariga  yo‟naltirilgan ishlar. Mamlakat ichida va tashqarisida sayohat qiladigan shaxs va 

guruhlarni  sayohat  qiladigan  erlarga  oid  transport  vositalarining  biletlari,  mehmonxonalarning 

kuponlari bilan ta‟minlash, ziyoratlarni tashkil etish bu servisning vazifalaridir.   

3.  Turoperatorlar  sayohat  agentligining  huquqiy  maqomiga  ega  bo‟lib  qurilgan  tashkilotdir. 

Sayohatga  chiqishdan  boshlab  orqaga  qaytgunga  qadar  sayohat,  tunash,  ovqatlanish,  hordiq 

chiqarish,  rahbarlik  xizmatlari,  yolg‟iz  va  arzon  bir  narx  orqali  «pekij  -  tur»  tayyorlagan  va  bu 

turlarni  to‟g‟ridan-to‟g‟ri  yoki  sayohat  agentliklari  vositachiligi  yordamida  sotuvchi  tashkilotdir. 

Turoperatorlarning  jamoat  turizmi  rivojlanishida,  turizmning  bir  mojaro  bo‟lishdan  qutqarilishida, 

sayohat  muddati  bo‟yicha  pul  masalasining  bo‟lishida  katta  rol  o‟ynaydi.  Turoperator  yaratgan 

imkoniyatlar va bu tizimni majbur qilgan sabablar quyidagicha berilgan: 

-  turistik harakatlarning borgan sari ommaviy xususiyat qozonishi; 

- “Pekij – tur” xususiyati bilan  tanishish; 

- turistik mahsulot hamda  xizmatlarni qisman va ma‟lum darajada standartlashtirish

- o‟rta tabaqa vakillarining turizmga qatnashish qoidalariga javob beradigan tannarx tasarrufi; 

- turistik mahsulotning oldindan sotib olib, ishlab chiqaruvchilarga qisman davomli va kafolatli 

xaridor topish;  

-  mahsulot  paketini  va paketda o‟rin olgan ba‟zi  qo‟shimcha  mahsulot  va  xizmatlarning sotish 

davriga kirishining yaratilishi;  

- turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga xalqaro turizmning yangi ehtiyoj  va 

takliflari haqida ma‟lumot transferlari yaratilib, ishlab chiqarish siyosatlarining yo‟naltirilishi;  

- axborot tizimlarining rivojlanishi;   

- xorijiy til, ma‟lumot va sog‟liq kabi ba‟zi andishalar bilan turizmga qatnashishda tortuvchanlik 

ko‟rsatilganlarning turizm harakatlariga qatnasha olishi;  

- turizm xizmatlarini sotib olishga yo‟nalgan kishilarning muqobil yo‟llari ko‟pligidan turizmda 

qatnashishda qaror qabul qilish uchun  jalb qilinishlari;  

-  iste‟molchilarning  transport,  tunash,  tomosha  qilish  joylarining  narxlari  haqidagi 

ma‟lumotlarning chegaraliligi.  



 

13 


4.  Turizmda  davlat  tashkilotlari.  Turizmda  davlat  tashkilotlari,  davlat  yoki  boshqa  hukumat 

idoralari tomonidan qurilgan va boshqaruvchi  hukumat idoralariga bo‟ysunuvchi tashkilotlardir. 



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling