I-bob. Turizm infratuzilmasiining ijtimoiy-nazariy asoslari


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.11.2020
Hajmi1.33 Mb.
#155614
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish


 

Rasm 4 

Mehmonxonalar klassifikastiyasi 

 

 



 

 

 



Joylashgan joyi 

bo‟yicha 

Mo‟lljalan-

ganligi bilan 

Shahar 

markazidagi 



yo‟l 

yoqasidagi, 

avtoto‟xtash 

joyida; 


Shahar 

chetidagi 

va 

aeroportda 



suzuvchi otellar 

Arzon  otellar 

chegaralangan 

servisda; 

“Lyuks” 

otellar; 

“Lyuks”  otel 

(100-400 

nomerda); 

yuқori 


klassdagi 

otel 


(400-2000 

nomer); 


O‟rta  darajali 

otellar; 

Apparat-otel 

(100-400 nomer); 

Iqtisodiy  klass 

oteli 


(10-150 

nomer); 


Motel 

(150-


400 nomer); 

Kurort 


mehmonxonasi 

(100-500 nomer); 

Taymsher (50-

250 nomer) 

Doimiy 

yashash 


mehmonxonasi; 

Tranzit 


mehmonxona; 

Ishbilarmon-

lar 

mehmonxonasi; 



Kurort 

mehmonxonasi; 

Turistik-

ekskursion 

mehmonxona-

lar 


Mehmonxonalar  

Assortimenti 

va xizmat narxi 

bo‟yicha 

Maxsuslashti-

rilgan 


mehmonxonalar 

Kemping; 

Rotel; 

Botel; 


Flotel; 

Flaytel 


 

 

22 


Oromgohlar  mehmonxonasi,  ham  dam  olish  joylarida  tashkil  etilibi,  ularda  xizmatning 

barcha  turlarining  bo‟lishligiga,  ayniqsa,  bolalar  sport  o‟yinlari  maydonchalari,  mashq  qilish 

jihozlarining  bo‟lishligiga  katta  e‟tibor  beriladi.  Ularda  narxlar  bir  muncha  yuqoriroq  bo‟lishi 

mumkin. 


 

Taymsherlar  deganda,  50  dan  250  gacha  nomerli,  alohida  yoki  birgalikdagi  kvartira 

tipidagi, sharoitidagi nomerlar ko‟zda tutilgan. Bunday kvartiralarni uzoq muddatga sotib olish 

ham  mumkin.  Ularning  narxi  mavsum  bo‟yicha  o‟zgarib turadi.  Talab ko‟p bo‟lganda ko‟proq, 

aks  holda  arzonroq  bo‟lishi  mumkin.  Bunday  mehmonxona  turlari  hozirgi  vaqtda  75  davlatda 

mavjud bo‟lib, 2002 yili qariyib 30 mlrd. dollarga sotilishi aniqlangan. 

 

Yuqorida  keltirilganlardan  shu  ma‟lum  bo‟lyaptiki,  umuman  mehmonxonada  qisqa 



muddatda  yashvochilarni  ish  yuzasidan  kelganlar  va  dam  olish  uchun  kelganlarga  bo‟lish 

mumkin. 


 

Ish yuzasidan kelgan mehmonlarning mehmonxonalariga quyidagi talablar qo‟yiladi: 

1.  Joylashish  shaharning  markazida,  administrativ,  jamoaviy  va  boshqa  markazlarga 

yaqin bo‟lishi kerak; 

 

2. Asosan nomerlar fondi bir kishilik bo‟lishi kerak; 



 

3.  Nomerda  albatta,  yozuv  stoli,  ishchi  kreslosi,  stol  yoritgichi,  yozuv  va  orgtexnika 

vositalaridan tarkib topgan ishchi zona bo‟lishi kerak; 

 

4.  Maksimal  darajada  tashqi  muhitdan,  ayniqsa,  shovqindan  izolyastiyalangan  bo‟lishi 



kerak; 

 

5.  Mehmonxonada  yig‟ilish,  seminar,  uchrashuvlar,  muzokaralar  va  boshqalar  joylar, 



xonalar bo‟lishi kerak; 

 

6. Biznes-markazi



 

7. Moliya ta‟minoti xizmati bo‟lishi kerak. 

 

Bundan farqli, dam olishga mo‟ljallangan mehmonxonalarga: 



1.  Shahardan  uzoqroqda,  tabiat  qo‟ynida,  o‟zining  o‟simlik  dunyosining  ko‟m-ko‟kligi 

bilan ajralib turadigan joyda bo‟lishi; 

 

2. Dam olish, sport bilan shug‟ullanish va ko‟klamzorlashtirilgan maydonlarning bo‟lishi; 



 

3. Asosan ikki kishilik nomerlar

 

4. Bolalarning o‟ynashi, ko‟ngil ochish maydonchalari bo‟lishi lozim. 



 

Albatta,  mehmonxonalarning  mo‟ljallanganidan  kelib  chiqqan  holda,  turli  xildagi 

xonalar, joylar va xizmatlar tashkil etiladi. 

 

Agar  dam  olish  mehmonxonalari  bo’lishi  uchun  tibbiy  davolash,  sog‟lomlashtirish 



xonalari, ovqatlanishdagi parxez taomlarning bo‟lishligi lozim bo‟lsa, stastionar mehmonxonalar 

 

23 


oilaviy dam olishga mo‟ljallanadiki, unda albatta, bolalar o‟yini, ularga qarab turish uchun xona 

bo‟lishi lozim. 

 

Xuddi  shuningdek,  turistik-ekskursion  mehmonxonada  ekskursovod,  guruhni  olib 



yuruvchi,  sport  intruktorlari,  tur  kabinet,  sport  inventarini  prokati,  basseyn  ularning  tarkibida 

yoki  yaqinida  bo‟lishi  kerak.  O‟zining  maxsusligi  bo‟yicha  bo‟lingan  mehmonxonalar  ham 

hozirgi  vaqtda  keng  foydalanib  kelinmoqda.  Ularga  kemping,  rotel,  botel,  flotel,  yurtalari  va 

boshqalar kiradi. 

 

Kemping  –  bu  avtoturistlar  lageri  bo‟lib,  shahardan  tashqarida,  yozgi  uylar  yoki 

palatkalar bilan ta‟minlangan bo‟ladi. 

 

Rotel – ko‟chma mehmonxona hisoblanib, bir yoki ikki joyli vagonlar bo‟lib, kechki dam 

olishga mo‟ljallangan bo‟ladi. 

 

Botel  –  suvda,  lekin  suzib-ko‟chmaydigan,  ko‟p  holda  stastionar  holga  keltirilgan 

kemalarda tashkil topiladi. 

 

Flotel – esa suzib yuruvchi mehmonxona, maxsus komfortabelli kayuta-nomerlari, aktiv 

dam  olish  xizmati,  muzokara  olib  borish,  konferenstiya,  kogress  zallari,  aloqa  vositalari,  turli 

barlar va restoranlardan tarkib topadi. 

 

Yuqorida  keltirilgan  mehmonxonalar  joylashish  vositasi  sifatida  klassifikastiyalanish 



sxemasi 4.3-rasmda keltirilgan. 

 

Mehmonxonalar  turli  mamlakatlarda,  turlicha  klassifikastiyalanadi.  Hozirgi  vaqtda, 



ularning  30  dan  ko‟p  sistemalari  mavjud.  Ularga,  eng  ko‟p  tarqalgan:  yulduzchalar  sistemasi, 

harflar sistemasi; “koron” (toj) yoki “kalit” sistemasi, razryadlar sistemasi, kategoriyalar, sinflar 

va h.k. kiradi. 

 

Bunday  klassifikastiyalanish,  har  bir  davlatda  o‟z  turizm  industriyasining  rivojlanish 



tarixidan, milliy xususiyatlari, xizmat ko‟rsatish sifatidan kelib chiqqan holda tashkil etilgan. 

 

Yulduzlar sistemasi – Franstiya, Avstriya, Vengriya, Arabiston, Rossiya va O‟zbekiston 

va boshqa davlatlarda keng qo‟llaniladi. 

 

Buyuk Britaniya turagentlik Assostiastiya – Britich Troul Authoriy (BTA) bo‟yicha:  



1*  yulduzliga  –  byudjetdagi    mehmonxonalar,  shaharlarning  markazida  joylashtirilgan, 

minimum qulayliklarga ega bo‟lgan mehmonxonalar kiradi

  

2*  yulduzli  –  bir  yulduzligiga  qo‟shimcha  bari  va  restorani  bo‟lgan  turistik  klassli 

mehmonxonalar kiradi. 

 

3*  yulduzli  –  o‟rtacha  darajadagi,  lekin  xizmat  ko‟rsatish  darajasi  yuqori  bo‟lgan 

mehmonxonalar kiradi. 

 

4*  yulduzli  –  birinchi  klassli,  juda  yuqori  sifatli  yashash  va  a‟lo  darajadagi  xizmat 

ko‟rsatishni tashkil etilgan mehmonxonalar kiradi. 



 

24 


 

5*  yulduzli  –  yuqori  kategoriyali,  xizmat  ko‟rsatish  va  yashash  o‟ta  yuqori  ekstra 

klassdagi mehmonxonalar kiradi. 



Harflar sistemasi – Grestiyada qo‟llaniladi,  ya‟ni barcha mehmonxonalar juft kategoriyaga: 

A, V, S, D bo‟linadi.  A kategoriyasi 4* yulduzliga, V – uch, S – ikki, D – bir yulduzliga mos 

keladi. undan tashqari, yuqori kategoriyalilisiga “de Lux” kategoriyasi beriladi. 

 

Angliyada  bunday  turlanish  murakkab  bo‟lib,  unda  yulduzlardan  boshqa  “kron”  yoki 



“kalitlar”  ko‟rsatiladi.    “Kronlar”  yoki  “kalitlar”  bilan  darajalanish  sistemasini  taqqoslashda 

“kronlar” yoki “kalitlar” sonidan bittasini ayirish zarur.  

 

Mehmonxonalarning  kategoriya  bilan  bo‟linishi,  Italiyada  ko‟proq  ishlatiladi.  Ular  uch 



kategoriyaga  bo‟linadi:  biirnchi  kategoriyaga  –  shartli  ravishda  to‟rt  yulduzligi,  ikkinchiga    - 

uch,  uchinchiga  –  ikki  yulduzli  bilan  taqqoslash  mumkin.  Italiyadagi  mehmonxonalar  (40 

mingdan ortiq) asosan kam (50-80) nomerli bo‟ladi. 

 

Kategoriyali  bo‟llanish  Ispanichda  ham  ishlatiladi.  5  kategoriyali  1  dan  5  yulduzli 



mehmonxonalarga  mehmonxonalar  tipidagi,  bungalo,  apartament  va  boshqalar  –  1  dan  4 

yulduzga  bo‟linadi.  To‟xtash  (yashash)  hovlilar  –  1  dan  3  yulduzliga,  pansionatlar  –  uch 

kategoriyaga bo‟linadi. Ispaniyada davlatga qarashli mehmonxonalar ham ko‟p uchraydi. Ularga 

qadimgi qal‟alar, qo‟rg‟onlar, saroylar kiradiki, ular “lyuks” otel tipida jihozlangan. 

 

Rossiyada  mehmonxonalar  va  motellar  kategoriyalar  bo‟yicha  (GOST  R50645-94) 



bo‟linadi.  Kategoriyalar  yulduzlrga  mos  keltirilgan,  sonining  oshishi  bilan  xizmat  ko‟rsatish 

darajasi ham yuqorilashadi. 

 

Mehmonxonalar 5 kategoriyalarga, motellar esa 4 kategoriya bilan klassifikastiyalanadi. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

25 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Rasm  5. 

 Mo’ljallanganligi bo’yicha joylashish vositalarining klassifikastiyasi 

 

 



 

 

Joylashish vositalari 

 Doimiy 


yashash uchun 

Vaqtincha 

yashash uchun 

 Tarzitli  

Maqsadli  

 Temir yo‟l 

vokzallarida 

 Aeroportlarda  

 Avtovokzallarda  

 Dengiz va daryo 

vokzallarida 

 Ish bilan 

Dam olish 

uchun 


 Turistik  

Oromgohda  

Stastionar dam 

olish  


 Turistik-

ekskursion 

Ixtisoslashgan  

Tur-sportli 

 Motel  

Kemping   

 Rotel  

Botel   


Flotel    

 

26 


II-BOB.  O’ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANISH 

HOLATI 

 

2.1. O’ZBEKISTONDA  TURIZMDA INFRATUZILMANING O’RNI 

 

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Turizm O‟zbekiston 



iqtisodining tezkor rivojlanayotgan sohasidir. Mustaqillik sharofati bilan turizm  sohasida milliy 

siyosatning tubdan yangi tamoyillari shakllantirildi, uning milliy modeli ishlab chiqildi. 

Sohaning huquqiy bazasi doimiy ravishda takomillashib bormoqda. 1992 yil 27 iyuldagi PF-

447-son  Farmoyi,  Vazirlar  Mahkamasining  "O'zbekiston  Respublikasida  xalqaro  turizm 

zamonaviy  infratuzilmasini  yaratish  bo'yicha  chora-tadbirlar  tug‟risida"  1995  yil  03  iyundagi 

210-son  qarori  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezndentining  "2005  yil  davrigacha  muljallangan 

O‟zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  buyicha  Davlat  dasturi  tug‟risida"  1999  yil  15  apreldagi 

PF-228b-son  Farmoni.  1999  yil  20  avgustda  "Turizm  tug‟risida"  O‟zbekiston  Respublikasi 

Qonuni. Vazirlar Maxkamasining "O‟zbekiston Respublikasida mexmonxona biznesi va turizmni 

rivojlantirish  buyicha  chora-tadbirlar  tug‟risida"  2002  yil  02  sentyabrdagi  310-son  qarori 

Vazirlar  Maxkamasnning  "O‟zbekiston  Respublnkasida  turizm  sohasini  yanada  qullab-

quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari tug‟risida" 2012  yil 10  oktyabrdagi 288-son qarori 

xamda boshqa bir qator qarorlar qabul qilindi. 

Mamlakatning  boy  madaniy  merosni  ommalashtirish  maqsadida  doimiy  ravishda  xalqaro 

ko‟rgazma yarmarkalar tashkillashtirildi, ular o‟rtasida eng ommalashgani xar yili o‟tqaziladigan 

"Buyuk Ipak yulida turizm" Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi Markaziy Osiyodagi eng katta 

yirik  yarmarkalardan biri  xisoblanadi.  Yarmarka  turizm  sohasidagi  muxim  xalqaro tadbirlardan 

biri  bo‟lib,  Xalqaro  Turistik  Tashkilot  BBTning  xar  yili  500dan  ortiq  xalqaro  turistik 

kompaniyalarni  shuningdek,  xalqaro  ommaviy  axborot  vositalarining  100dan  ortiq  vakillari 

ishtirok etadi. 

Turizm  -  bu  zamonaviy,  doimny  ravishda  rivojlanib  kelayotgan,  yuqori  daromadli  xalqaro 

industriyadir.  Butunjaxon  Sayyohlik  Tashkilotining  xisoblashicha,  yuqori  sayyohlik  xizmat 

ko‟rsatuvchi shaxardagi 100ta sayyoh 200 dollar sarf qiladi, ya`ni shaxardagi 1ta sayyoh 2 dollar 

foyda keltiradi. 

Statistik  ma`lumotlarga  ko‟ra,  mamlakatga  kelgan  xar  bir  30  sayyoh,  bevosita  turizm 

sohasida bir ish urinni hamda u bilan bog‟liq sohalarda ikkita ish urinni tashkil kqlinishiga sabab 

bo‟lar  ekan. SHuningdek, sayyohlik sohasi mamlakatning qishloq xo‟jaligi,  mahalliy sanoatda, 

xizmat ko‟rsatish, milliy xunarmandchilik va boshqa sohalarini rivojlantirishga ko‟mak beradi. 



 

27 


Bu  borada  mamlakatimizda  zamonaviy  turizm  infratuzilmasini  shakllantishga  katta  e`tibor 

qaratilmoqda.  Respublikamiz  poytaxti  va  jahonga  tanilgan  mashxur  ta'rixiy  shaharlarimizda 

yangi zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan mexmonxonalar, aeroportlar, muzeylar, 

ovqatlanish va madaniy xordik chnkarish joylari, yullar va boshqa inshoolar qurildi, transport va 

kommunikatsiya tarmoqlari tubdan  yaxshilandi,  mexmonlarga  xizmat  ko‟rsatish  darajasi  keskin 

o‟zgardi. 

SHunnngdek,  ishbilarmon  va  tadbirkor  kishilarga  xususiy  mexmonxonalar  barpo  etish, 

maxalliy  va  chet  ellik  mexmonlar  va  sayyohlarga  xizmat  ko‟rsatish  uchun  keng  imkoniyatlar 

yarataldi.  Buning  natijasida  mamlakatning  barcha  shaxarlarida  kichik  xususiy  mexmonxonalar 

qurilib ularning keng tarmogi shakllandi. 

Turizm servis tajribasi shuni ko‟rsatadiki, mamlakatga kelayotgan mexmonlarning bir kqismi 

yirik,  nomdor  va  yuqori  darajadagi  qulayliklarga  ega  mexmonxonalarda  turishni  avzal  ko‟radi. 

Ikkinchi qismi esa kichik, kam xajmli mexmonxonalarni yoqtiradi. Birinchi guruh mexmonlarni 

asosan  ish  bilan,  biznes  yoki  qaysidir  anjumanlarga  katnashish  uchun  kelgan  kishilar  tashkil 

etadi.  Ikkinchi  guruh  mexmonlarni  esa  asosan  turistlar,  ulkamizni  ziyorat  qilishga  kelgan 

sayyohlar tashkil qiladi. 

O‟zbekiston  Respublikasn  Davlat  Statistika  Qo‟mitasining  ma`lumotiga  ko‟ra,  2012  yil  1 

yanvar'  holatiga  Respublnkamizda  10600  xona  va  19600  joyga  ega  374  mexmonxona  mavjud 

bo‟lib,  ushbu  quvvat  bir  yilda  bir  milliondan  ortiq  xorijiy  va  maxalliy  sayyohlarga  xizmat 

ko‟rsatadi.  SHu  bilan  birga  Respublika  xududida  yiliga  o‟rtacha  5-10  yangi  kichik 

mexmonxonalar qurilmoqda. 

"Uzbekturizm"  milliy  kompaniyasi  ma`lumotiga  ko‟ra  tarixiy  va  sayyohlik  xududiga 

kelayotgan sayyohlarning soni yildan yilga oshib bormoqda. 2008 yil sayyohlar soni (mahalliyni 

o‟z ichiga olgan holda) 802.9 ming kishini tashkil qilgan bo‟lsa, 2010 yil bu ko‟rsatkich 966.3 

ming  kishini  tashknl  qildi  (2008  ga  nisbatan  120  %),  2011  yilda  bu  ko‟rsatkich  991.0  ming 

kishiga etdi (2008 ga nisbatan 124%). Bulardan 463.4 ming nafari xorijiy sayyohlar, 527.6 ming 

nafari O‟zbekiston Respublikasining mahalliy sayyohlaridir. 

SHu bilan birga 2011 yilda turizm sohasi Respublika yalpi ichki maxsulotini 1.8 %ni tashkil 

qildi. Bu esa mamlakat turizm sohasining imkoniyatlari hali tuliq ishga solinmaganini ko‟rsatadi. 

SHu sababli Respublikada sayyohlikni rivojlantirish uchun aniq chora tadbirlar qurilmoqda. 

Bugungi  kunda  sayyohlarni  jalb  qilish  uchun  fakqat  standart  xizmatlar  ko‟rsataladigan 

mexmonxonalarni qurish etarli emas. Sayyohlik industriyasini jaxon miqyosida rivojlantirish bu 

boradagi  kuchli  raqobat  bu  jabhada  yangi  noan`anaviy  shakllarni  izlab  topishni  talab  qiladi. 

Bularga mexmonxonalarda xizmat ko‟rsatish usullari, shuningdek, sayyohlarni ortib borayotgan 

talablarini    qondirish  kiradi.  Mamlakatda  350  dan  ortik  tashkilot  va  300  dan  ortik  xususny 


 

28 


firmalar  sayyohlik  faoliyati  bilan  shugullanish  litsenzisiga  ega.  Bugungi  kunda  xususiy 

mexmonxonalar ulushi sayyohlardan tushayotgaí daromadning 90% ni tashkil kiladi. Ayni kunda 

O‟zbekiston  Respublikasida  15  ming  dan  ortik  kishi  sayyohlarga  xizmat  ko‟rsatish  tizimida 

faoliyat olib bormoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaxarlardagi Oliy o‟quv 

yurtlari  va  o‟rta  ta`lim  muassasalarida  mazkur  sohada  xizmat  ko‟rsatuvchi  mutaxasislari 

tayyorlanmoqda. 

Respublikamizga  tashrif  buyurayotgan  sayyohlarning  60%  Evropa  Ittifoqi,  25%  Osiyo  va 

Amerika,  15%  esa  Rossiya  va  MDX  davlatlari  fuqarolari  tashkil  qiladi.  Sayyohlarning  asosiy 

qismi  (76,2%)  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  va  Toshkent  shaxarlariga  tashrif  buyuradi,  qolgani 

(23,8%) respublikaning boshqa joylariga borishga qiziqadi. 

Jahon turizm tashkilotining tahliliga muvofiq O‟zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar 

soni yildan yilga ortib borib, bugungi kunda salkam bir million kishini tashkil qilmoqda. Sunggi 

o‟n  yilda  O‟zbekistonga  tashrif  buyuradigan  sayyohlar  soni  2  barobarga  ortgan  bo‟lsa-da, 

mamlakatimiz mavjud o‟lkan imkoniyatlardan hali to‟laligicha foydalanilgani yo‟k. SHunigdek, 

2020  yilga  qadar  sayyohlik  oqimi  garbiy  mamlakatlarda  30%ga  o‟sishi,  Osiyoda  esa  u  shou 

o‟sgan  40%  ni  tashkil  etishi  kutilmoqda.  Soha  mutaxasslarining  kuzatishlariga  ko‟ra 

mamlakatimizda xam sayyohlar soni salmoqli o‟sishi bashorat qilinmoqda.  

SHunday  qilib,  O‟zbekiston  juda  katta  sayyohlik  imkoniyatlari  va  barqaror  rivojlanuvchi 

sayyohlik  infrastrukturasiga  ega.  Lekin  jahon  sayyohlik  industriyasidagi  raqobat  va 

sayyohlarning ehtiyoji yildan-yilga oshib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizga kelayotgan 

sayyohlarga  tarixiy  joylarimiz  xaqida  ma`lumot  berish  bilan  cheklanib  qolmay,  sayyohlarni 

qiziqtiradigan,  ularning  tobora  oshib  borayotgan  xoxish-istaklari  va  talablarini  qondirish 

yuzasidan yangi usullar va shakllarni izlab topish, ularni noananaviy tarzda tadbiq qilish lozim. 

O‟lkamiz,  ko‟hna  tariximiz,  turmush  tarzimiz,  bizni  o‟rab  turgan  muxit,  madaniyat  va  san'at 

sohasida  qulga  kirishlgan  yutuqlarimizni  namoish  va  targib  qilishning  samarali,  qiziqarli  va 

original usullarini ishlab chiqib rivojlantirish zarur. 

Bugun O„zbekistonda sakkiz yuzdan ziyod sayyohlik korxonasi, jumladan, besh yuzdan ortiq 

mehmonxona,  sayyohlik  bazalari  va  kempinglar,  qariyb  uch  yuzta  sayyohlik  kompaniyasi 

faoliyat  ko„rsatmoqda.  Mamlakatimizning  barcha  hududida  sayyohlikni  rivojlantirish  va 

sayyohlik xizmatlari eksport salohiyatini oshirishga doir manzilli tadbirlar dasturi tasdiqlangan. 

2012 yil ma‟lumotlariga qaraydigan bo‟lsak chet ellik turistlar nafaqat maishiy extiyojlarini, 

balki boshqa xil extiyojlarini qondirish uchun tashrif buyurishgan (2-jadval). 



 

 

 

 

29 


2-jadval 

Mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlarning maksadi buyicha taksimlanishi 

(2013 yil ma’lumotlari asosida) 

 

Fuqarolarning tashrifidan maqsad (kishi) 

 

O‟zbekiston 

Yaqin xorij 

Uzoq xorij 



 

 

 



mamlakatlari 

mamlakatlari 



 

soni 


ulushi. % 

soni 


ulushi. 

soni 


ming 

ulush


i. 

 

ming 


 

ming 


kishi 




 

kishi 


 

kishi 


 

 

 



Maishiy dam 

131984 


26.93 

34766  36.94 

156518  60.95 

olish 

 

 



 

 

 



 

Kasbiy va ish- 

305332 


62.30 

54668  58.08 

94612 

36.84 


bilarmonlik 

 

 



 

 

 



 

Davolash va 

7496 


1.53 

267 


0.28 

18 


0.01 

profilaktika 

 

 



 

 

 



 

Boshqalar 

45257 


9.24 

4421 


4.70 

5648 


2.20 

Jami 

490069 


100 

94122 


100 

256796 


100 

 

Jadval  ma‟lumotlaridan  ko‟rinib  turibdiki,  maxalliy  turistlar  ko‟proq  kasbiy  va 



ishbilarmonlik  maqsadida  sayoxatga  chiqishadi,  bu  ko‟rsatkich  Respublikamizda  62.3  foizni 

tashkil qilmoqda.  

Sayyohlik  yo„nalishlarini  diversifikatsiya  qilish,  chet  ellik  va  mahalliy  sayyohlarga  taklif 

etiladigan  alpinizm,  otda,  tuyada,  avtomobilda  sayohat  qilish,  off-road  sayyohatlari,  baliq  ovi, 

rafting,  xeliski,  geoturizm,  ta‟lim  turizmi  kabi  yangi  sayyohlik  yo„nalish  va  dasturlarini  ishlab 

chiqish ishlari samarali amalga oshirilmoqda. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  rahnamoligida  ichki  turizm  imkoniyatlarini  targ„ib  qilish, 

sayyohlik  bazalari,  dam  olish  zonalari,  pansionatlar,  sanatoriylar,  kurort  va  ekosayyohlik 

tashkilotlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirishga  doir  keng  ko„lamli  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Har  bir  hudud  uchun  mo„ljallangan  maxsus  dasturga  viloyat,  tuman,  shahar  va 

qishloqlarda  ichki  turizmni  rivojlantirishga  oid  tadbirlar  kiritilgan.  Ularda  har  bir  hududning 

ichki  imkoniyat  va  salohiyati  inobatga  olingan.  Buning  natijasida,  masalan,  Qoraqalpog„iston 

Respublikasi,  Navoiy,  Jizzax  va  Xorazm  viloyatlarida  bir  nechta  zamonaviy  kemping, 

sog„lomlashtirish  muassasalari  va  o„tovlar  barpo  etildi,  sayyohlarga  turli  xizmatlar  ko„rsatish 

uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. 


 

30 


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling