I bоb. Umumta’lim maktablari boshlang'ich sinflarda ona tili darsliklariga qo'yilgan zamonaviy talablar


Boshlang’ich 1-sinf o’quvchilarining “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligida bolalar nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish


Download 102.88 Kb.
bet8/9
Sana16.11.2023
Hajmi102.88 Kb.
#1781376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 SINF ONA TILI VA OQISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING TUZILISHI VA

2.2. Boshlang’ich 1-sinf o’quvchilarining “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligida bolalar nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish.
Istiqlol tufayli xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tizimiga, jumladan, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda Xalq ta’limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to‘g‘risidagi qarori va talablaridan kеlib chiqib, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan yangi ona tili darsliklari nashr qilinmoqda. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qo‘yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda bеrilgan o‘quv topshiriqlari o‘quvchini faol ishlashga, shuningdеk, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o‘rgatadigan shaklda tuzilmog‘i zarur. Hozirda amaldagi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari zamon talablariga javob bеradimi dеgan savolga javob izlash maqsadida mazkur darsliklarni tahlil qilamiz. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G‘ulomov va H.Nе’matovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga tayanamiz. Ushbu tasnifga ko‘ra darslikdagi mashqlar o‘quvchilarni izlanishga o‘rgatish jihatidan quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar. 2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar. 3. Ijodiy mashqlar. Darsliklarida o‘quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xaraktеrdagi mashqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladi. S.Fuzailov va M.Xudoybеrganova, Sh.Yo’ldoshevalarning 3-sinf 2019-yilgi “Ona tili” darsligida ham o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilgan. Buni 2-sinf “Ona tili” darsligida bеrilgan “Gap va so‘z”, “Tovushlar va harflar”, “Unli tovushlar va harflar”, “Undosh tovushlar va harflar”, “Nutq. Matn. Gap” kabi mavzularning 3-sinf “Ona tili” darsligidagi “Nutq. Gap. So‘z”, “Tovushlar va harflar”, “Jarangli va jarangsiz undoshlar” kabi mavzular bilan uzviy bogliqligidagina emas, mashqlarning sharti va mazmunida, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga chorlovchi mashqlar tizimida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, 1-8-mashqlarda so‘z, gap va harflarning imlosi yuzasidan sodda mazmunli topshiriqlar bеrilgan bo‘lsa, kеyingi mashqlarda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan nisbatan murakkab topshiriqlar tavsiya etilgan. Shuni unutmaslik kеrakki, topshiriqlarda barcha o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan talab bir xil, ammo o‘quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to‘g‘ri bajara olmaydi. Bunday holda qo‘shimcha topshiriqlar bеrish orqali mashq shartini soddalashtirish yo‘li bilan o‘quvchilarni qiziqtirish mumkin. O‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxslarni bildirgan so‘zlar bilan boyitish ham muhim rol o‘ynaydi. Birinchi sinfda narsa va shaxsni bildirgan so‘zlar haqida tushuncha bеrishda o‘quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so‘zlarni o‘zlashtirishga savod o‘rgatish jarayonida tayyorlangan.
Prеdmеtlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari o‘qituvchining “Bu nima?”,”Bu kim?”, “Kim ishdan qaytdi?”, “Kim ertalab maktabga yo‘l oldi?” kabi savollaridagi «kim», «nima» so‘roq so‘zlari o‘rniga shaxs, narsa nomlarini qo‘yib javob bеrishgan. Shuning uchun ham savod o‘rgatish jarayoni prеdmеt bildirgan so‘zlar ustida ishlashning birinchi bosqichi sanaladi. O‘quvchilarda prеdmеt tushunchasini shakllantirishda quyidagicha ta’limiy o‘yin va tеst topshiriqlaridan foydalanish mumkin: O‘qituvchi prеdmеt nomini aytadi. O‘quvchilar ularga Kim? Nima? so‘roqlarini bеradi. Qaysi o‘quvchi o‘yinda faol ishtirok etsa, golib dеb topiladi. Prеdmеt tushunchasini shakllantirishga doir tеst topshiriqlari. 1. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar bеrilgan qatorni toping. A. Alishеr Navoiy, shifokor, o‘quvchi. B. Bobur, kitob, daftar. C. Zafar Diyor, ruchka, kitob. 2. Nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar qatorini toping. A. Kabutar, musicha, toshbaqa. B. Inson, odam, kishi, chol. C. Quruvchi, paxtakor, paxta. 3. Gul nomlari bеrilgan qatorni toping. A. Gulkaram, guldon, gulchеhra. B. Sariq gul, paxta, bеda. C. Gulsafsar, chinnigul, binafsha. Bundan tashqari pedagogik faoliyatim davomida bir qancha topshiriqlar tizimini topib, ulardan foydalanib bir qancha yaxshi natijalarga erishganman. Bulardan amaliy mashg’ulotlar paytida, bo’lim yuzasidan takrorlash darslarida foydalanilsa o’quvchilar bilimlari yanada mustahkamlanadi degan umiddaman. Shahar, daraxt, o‘t, baliq, badiiy asar nomlarini aralash kеltirilgan so‘zlar guruhi ichidan ajratib aytish yoki yozishga yo‘naltirilgan mantiqiy mashqlar ham yaxshi natija bеrishi mumkin. Masalan, “bеda”, “laqqa”, “shе’r”, “ertak”, “o‘rik”, “chinor”, “sazan” va hokazo. “U kim? Bu nima?” didaktik o’yin Stol ustiga ber nechta predmetlar qo’yiladi. O’qituvchi o’quvchilarga shu predmet haqida fikrlarni bildiradi o’quvchilar bu predmet nomini topishlari kerak bo’ladi. Masalan: U juda xushbo’y, uni tug’ilgan kun, bayramlarda sovg’a qilishadi. (Gul) Ta’limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ma’noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi.7
Boshlang’ich ta’limga ilk qadam qo’ygan bolalarning lug’at boyligi, so’zlarni o’rinli qo’llay olish ko’nikmalari to‘liq rivojlanmagan bo’ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalangan bolalarning so’z boyligi va fikrlash doirasi uyda, otaona qaramog‘ida tarbiyalangan bolaning til boyligiga qaraganda mukammalroq shakllangan bo’ladi. Lekin shunday bo’lsa ham maktabga kelgan paytida bolaning lug’at boyligi tor doirada va ifodalash darajasi ham juda sodda bo’ladi. Shuningdek ular atrof-muhit, jamiyat haqida ham juda kam tushunchaga ega bo’lishadi. Shu sababli ham, boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning birinchi navbatta lug’at boyligini oshirish, turmush tajribalari bilan tanishtirish, o’zini o’rab turgan tabiat va jamiyat haqidagi tushunchalarini kengaytirish, shu yo’sinda kelajakda ilmiy bilimlarni egallashga yo’naltirib borish asosiy vazifalarning biri bo’lib hisoblanadi25 . Bolaning lug’at boyligini oshirishga bo’lgan talab albatta dars jarayonida yuzaga keladi. So’z boyligini rivojlantirish, bolaning lug’at boyligiga yangi ma’nodagi so’zlarni qo’shishga bo’lgan katta e’tiborni 1-sinf darsliklaridan ham ko’rishimiz mumkin. Bola so’z boyligi asosan yangi ma’nodagi so’zlarni o’rganish va bu so‘zlarning kundalik hayotda foydalanadigan so’zlar qatoriga qo’shilishi orqali boyib boradi. Ya’ni, bu ishlar asosan izohli lug’atlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa yangi nashrdan chiqqan 1-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligining yana bir yutuqli tarafidir. Bu bolalar uchun so’zlarning ma’nolarini yana ham yaxshiroq tushunishiga imkoniyat yaratadi. Ushbu darslik 1-sinflar uchun moslashgan bo’lganligi sababli ham undagi matn va she’rlardan keyin ko’pchilik hollarda izohli lug’atlar keltirilgan. O'qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so'zlar matnni o'qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o'qish jarayonida so'z ma’nosini tushuntirishga chek qo'yish
kerak. Agar biror so'zni matnni o'qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug'ilsa, matn mazmunidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmagan holda shu so'z ma’nosi qisqacha tushuntiriladi26. O’qituvchi dars jarayonlarida shu kabi talablarga e’tibor berishi zarurdir. Bunday holatlar mazkur darslikda ko’plab uchraydi, chunki har bir mavzuda matnlar, ertaklar, she’rlar va topishmoqlardan namunalar keltirilgan. Shu kabi topshiriqlar 1-sinf o’quvchilarda to’g’ri va tez o’qish ko’nikmalarini shakllantirish bilan birgalikda bolaning lug’at boyligiga yangi so’zlarni ham qo’shib, nutqini yangi so’zlar bilan boyitish uchun ham berilgan bo’ladi. Demak, o’qish uchun matn yoki she’r berilar ekan, o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun qiyin bo’lgan yangi so’zlar vujudga kelishi izohli lug’atlarga bo’lgan talabni yana ham oshiradi. Hatto darslikda ilk keltirilgan ertak so’ngida izohli lug‘atlar ishlatilishi darslikda keltirilgan barcha ertak, she’r va matnlarda izohli lug’atlarning shu zayilda qo’llanishidan dalolat beradi. 1-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi“ darsligining „Kuch birlikda“27 ertagi yakunida izohli lug’atlar keltirilgani so’zimiz isboti bo’la oladi. Izohli lug’atlarda asosan sof qoraqalpoq so’zlari, hozirgi zamonaviy hayotimizda kamdan-kam hollarda ishlatiladigan va faqat adabiy tilda foydalaniladigan eskirgan va tarixiy so’zlar asosiy o’rinni egallaydi. Bu orqali nafaqat bolalarni so’zlar bilan tanishtiramiz balki, yana tilimizning naqadar boy va go‘zal til ekanligiga ham ishonch hosil qilishimiz mumkin. Shu bilan birga o’quvchilar ko‘hna tariximiz bilan oz bo’lsa ham tanishadi. Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish pedagog o’qituvchi malakasiga bog’liq. Birgina izohli lug’at orqali o’quvchilarga ko’plab foydali ma’lumot va ko’nikmalar berish mumkin. Shuningdek boshlang’ich sinflarda yod olishga osonroq bo’lgan she’rlardan namunlar keltiriladi. Asosan qoraqalpoq bolalar shoiri X.Saparov, iste’dodli shoirlar Sh.Seyitov va S.Embergenovlarning va shoira Sh.Atamuratovaning she’rlaridan keltirilgan. Ularning she’rlari 1-sinf o’quvchilarining yod olishi uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Agarqiyinchilik tug’ilsa ham izohli lug’atlar bilan bu muammolar hal qilingan. Masalan, 1-sinf „Ona tili va o’qish savotxonligi“ darsligiga kiritilga Sh.Seytovning „Tay“28 she’rida kichkina toychoq ko’rinishlari sodda tasvirlangan bo’lib, undagi bolalarga tushunishga qiyinchilik tug’dirishi mumkin bo’lgan „tay“ va „tag’a“ kabi bolalar hali uchratmagan so’zlarining ma’nolari yoritilib berilgan. Bu o’quvchilar lug’at boyligiga yangi so’zlar qo’shib so’z boyligini ham oshiradi. Darslik o’quvchilarning faqat bilim darajasini oshirmasdan, fikrlash doirasini ham kengaytiradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bolalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda izohli lug’atlarning o’rni beqiyos.


XULОSA
Ta‘limdagi islohatlardan so‘ng Milliy O’quv Dasturimizni Xalqaro dastur bilan qiyoslanganda dasturda ancha siljish borligini ko‘rishimiz mumkin. Eski dasturlardagi darsliklarni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, avvalgi darsliklar qiyin akademik tilda yozilgan bo‘lib bu o‘quvchilarni fandan bezdirish va ularni tushunmaslikka olib kelar edi. Lekin bugungi kunda ta’lim butun dunyo o‘rganish natijalariga asoslangan. Ya’ni o‘quvchi darslikdagi, dasturdagi biror mavzuni o‘rganolmadimi, ya'na o‘sha mavzuni o‘qiydi. Avvalgiga o‘xshab soatlarga bo‘lib berilmadi. O‘quvchi o‘rgansa-o‘rganmasa, keyingisiga o‘tib ketaverar edi. Natijada bola tushunmagani sayin darsni yomon ko‘ra boshlardi. O‘z-o‘ziga nisbatan bahosi pasayib ketardi. Eng katta muammo ham shunda edi. Endi faqat yod olishga emas, balki o‘quvchilarning ertangi hayotga ham tayyor bo‘lishiga turtki berishga qaratilgan. Ya’ni u sinfxonada tanqidiy fikrini bildira olsa, ijodiy fikrlasa, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgansa, muammoga yechim topolsa, unda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangi g‘oyani ilgari surish, fan nuqtai nazaridan dunyoni o‘z ko‘zi bilan anglash ko‘nikmalari shakllanadi. Muammolarni bartaraf etish yuzasidan so‘ngi yillarda barcha dastur va darsliklarga o‘zgartirish kiritildi. Bunday darliklardan biri boshlang’ich sinflar uchun “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligidir. ’qish savodxonligi nafaqat ta’lim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish uchun asos hisoblanadi.4 Eng asosan Xalqaro dasturlar PISA, PIRLS. TIMSS, TAILS kabi tadqiqotlar talabiga javob beradigan va ular asosiga qurilgan dastur va darsliklar yaratildi. Matematika fani boshlang’ich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni ekanligi ko’rsatib boriladi. Matеmatika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalari haqidagi fandir. Matematikadan masalalar yechish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. To’rtinchi sinf bitiruvchilari uchun TIMSS masallaridan namuna keltiramiz. Masala. Tohir nonning qismini yedi , ukasi esa qolgan nonning qismini yedi. Ular ikkalasi jami qancha nonni yedi?5 Darsliklar kesimida boshlang‘ich sinflar matematika darsligini oladigan bo‘lsak, avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Boisi, darslikda berilgan topshiriqlar oʻquvchini nafaqat hisob-kitobga, balki, mavzularni oson anglashga, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undaydi. Darslikda berilgan rasmlar, chizmalar va jadvallar juda ham qiziqarli, shu bilan birgalikda oʻquvchining tushunishi uchun sodda va aniq shaklda berilganligi o‘quvchi hamda pedagoglar uchun qulaylik tug‘diradi.



Download 102.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling