Rom qo’shib pishirilgan oq bo’lkacha (Romovaya baba)
Konus shaklli sdobali xamirturushli xamirdan tayyorlaniladi. Yopilgan yarim fabrikatni ustidan sirop qo’yiladi, yuqori qismini oq yoki rangli pomada bilan glazurlanadi. Romavaya baba uchun xamirni presslangan xamirturushdan oparasiz yoki oparali usulda tayyorlanadi. Oparali usulda avval 20 % unni melanj bilan aralashtiriladi, so’ngra yana 50-60 % un, suvda eritilgan xamirturush qo’shib, aralashtirishni davom ettiriladi.Oparaning bijg’ish davomiyligi 2-3 soat, boshlangich harorati 29-310C, bijg’ish davomiyligi 80-90 daqiqa. Tayyor oparaga undan tashqari qolgan ingredientlar qo’shiladi, aralashtiriladi, so’ngra
qolgan unni qo’shiladi. Oparasiz usulda avval presslangan xamirturushni faollashtiriladi. Buning uchun 1 kg xamirturushga 0,3 kg un va shakar qo’shilib, harorati 29-300C bo’lgan suv olinadi va aralashmani 20-30 daqiqa davomida ushlab turiladi. So’ng xamirni resept bo’yicha aralashtiriladi, harorat oparali usulda 31-330C bo’ladi. Romovaya baba 50-100, 500-1000 g ishlab chiqariladi. Unga
ishlov berayotganda texnologik chiqitlar hisobga olinadi.( yopish, quritish). Shuning uchun masalliqlarning og’irligi oshiriladi. Misol uchun 50 gli mahsulot uchun 57-58 g xamir olinadi. Romovaya babani 175- 1850C haroratda 23-24 daqiqa ichida yopiladi. Mahsulotlarning osti yoki ustki qismi kuyib qolmasligi
kerak. Romovaya babani kartonli qutilarga joylanadi. Romovaya babani 180C haroratda 10 kun saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |