I bob XX asr boshidagi davlatlar. XX asr boshlarida evropa va aqsh mamlakatlari


Download 222.5 Kb.
bet2/15
Sana21.06.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1638648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishining obyekti. XIX asr oxri XX asr boshlaridagi Yevropa va AQSHning madaniy hayoti tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti. Dunyo ilm-fani va madaniyatiga yuksak hissa qo’shgan Yevroa madaniyatining unc2halik katta bo’lmagan davrini o’rganish, vorisiylik asosida kechgan madaniyat yutuqlarini yoritib berish uni tadqiq qilishga qaratilgan. Madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar birinchidan, materialning ijtimoiy jihatiga asoslanadi. Tadqiqotchilarning ko’rsatishi bo’yicha madaniyat obyektlari bo’lmish – insonlarning yashash tarzi, ularning madaniy dunyoqarashi, tili, tafakkuri va boshqa jihatlari o’rganishga kirishilganda, har qanday tadqiqotchi uchun begona bo’lgan davr va madaniyatni tushunish oson bo’lmaydi. Shuning uchun, tadqiqotchi madaniyatshunoslikka doir muammolar yechimini topishdan avval, o’zi izlayotgan hodisaning mazmunini mukammal nazariy jihatdan tushunib yetishi lozim. Madaniyatshunoslikning metodining ikkinchi jihati, bu tahlil qilinayotgan madaniyatni boshqa madaniyatlar bilan taqqoslab ko’rishdir. Madaniyat taraqqiyotining muhim umumsotsiologik qonuniyatlaridan biri vorisiylik qonunidir. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o’zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. ―Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo’lmaganida edi, biz uchun o’tmish sovuq, befoyda, o’lik va qiziqarsiz bo’lib qolaverardi‖, deb takidlaydi J.Neru3
Tadqiqotning manbalari. Yevropada nashr etilgan ingliz mualliflari va xorijiy davlatlardagi tadqiqotchilar tomonidan nashr etilgan Angliyaning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy masalalariga bag’ishlangan ilmiy jurnallar materiallari, ilmiy tahlili natijalari hamda shu davrda yashagan madaniyat arboblari yaratgan asarlari. Muziy va Arxiv matiriallari.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar, avvalo, o’rta maxsus va oily ta’lim tizimlari uchun, shuningdek keng jamoatchilik, tarix fakulteti talabalari, yangi zamon madaniyati va san’at bilan qiziquvchilar, Yevropa va AQSH Respublikalarining yangi zamon tarixiga bag’ishlangan referat, mustaqil ishlar yozish jarayonida foydalanishi mumkin. Ishda qayd qilingan mulohazalar ayniqsa yevropaning XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi madaniyati borasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling