I bob. Zamonaviy texnologiyalar va ulardan foydalanish


Texnologiyalarni qo’llashda o’qituvchi innovatsion faoliyatining ahamiyati


Download 195.5 Kb.
bet3/12
Sana04.04.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1324949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI

1.2. Texnologiyalarni qo’llashda o’qituvchi innovatsion faoliyatining ahamiyati.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, o‘z navbatida, bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos amallardan iborat bo‘ladi. Amal – o‘qituvchining sinfda mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig‘indisi bo‘lib, o‘qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum tizimning loyihasi hisoblanadi. texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi tajriba, yangi texnologiya, zamonaviy texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim - tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli darajada. Zamonaviy texnologiyani a fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo,zamonaviy texnologiya nimani anglatadi?
1. Zamonaviy texnologiya o‘quv - tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni echishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim - tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Bugungi kunda fan - texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Zamonaviy texnologiya mohiyat - e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
Zamonaviy texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv - tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom - ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rin egallamoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM)ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. SHu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari dasturli mashinalar bilan etarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. SHundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi.
Ta’lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash avvalo munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. CHunki munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi. munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama - qarshi bo‘lib, jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining sub’ekti - ta’lim – tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, texnologiya o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar yig‘indisini anglatishi lozim.
Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma- xildir:
Texnologiya-biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar yig‘indisidir (Izohli lug‘at).
Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.SHepel).
texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iboratdir (B.T.Lixachev).
texnologiya-o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko).
texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P. Volkov)
Ta’lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismidir (M. CHoshanov).
texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi faoliyat modelidir (V.M.Monaxov).
texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi bo‘lib, ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO).
texnologiya- maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunuli va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
texnologiya, bu-so‘zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.YU. Pityukov).
texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini aga singdirish, boshqacha qilib aytganda, jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto).
texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilga o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan layihalashtirishda namoyon bo‘ladi (U. Nishonaliev).
texnologiya-bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N.Sayidahmedov). texnologiya-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.G‘.Ziyomuhamedov).
“Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta’lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Ta’lim bosqichlariga innovatsion texnologiyalarning jadal kirib kelganligi XXI asrning tezkor axborot texnologiyalari barcha jabhalarni qamrab olganligi bilan izohlanadi. Bugungi pedagogdan o‘z kasbiy malakasini muttasil takomillashtirib borish bilan birga innovatsion texnologiyalar yaratish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llashga layoqatli bo‘lish talab etilmoqda. Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy malakasining eng muhim ko‘rsatkichiga aylandi. Zotan, pedagogning innovatsion faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. Innovatsion texnologiyalar vositasida o‘quvchi-talabalarda ham yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga o‘z izlanishlari, ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish ko‘zda tutiladi.
“Innovatsiya” lotincha so‘z bo‘lib, yangilanish, “yangilik” ma’nosini ifoda etadi. Innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonining shakli va mazmunini takomillashtirishga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalar yaratishni ko‘zda tutadi. Innovatsion g‘oyalar bugungi ta’lim amaliyotiga jadal kirib bormoqda. innovatsiyalar ta’lim sifati va samaradorligi ortishiga xizmat qiladi. Ayni damda, jamiyatdagi har qanday yangilanish jarayonlari, islohotlar mohiyati bilan uzviy bog‘liq holda ro‘y beradi. Davlat ta’lim standartlarining yangilanib borayotganligi; o‘quv-metodik adabiyotlar, darsliklar, dasturlar, ta’lim sohalariga oid klassifikatorlar mazmun-mohiyati takomillashib borayotganligi yangi-yangi konsepsiyalarga turtki bermoqda. Bu kabi yangilanishlar innovatsiyalarning ta’lim sohalari va uzluksiz ta’lim tizimiga jadal kirib borishini taqazo etmoqda.
Zamonaviy pedagoglarning ayni jarayonlar ichida faol ish olib borishi qator kasbiy sifatlari qatori innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini talab etmoqda. Bunday faoliyatga layoqatlilik darajasi ta’lim texnologiyasi loyihasi va uning markazidagi g‘oyada aniq namoyon bo‘ladi. Ta’lim texnologiyasining yaratuvchisi – pedagog nazariy bilim, amaliy tajriba, ilg‘or ta’lim metodlari va usullarini qo‘llash mahoratini egallagan bo‘lsa, ta’lim sifati bilan samaradorligi kafolatlanadi.
Har qanday o‘qitish texnologiyasi muayyan didaktik maqsadga yo‘naltirilar ekan, uning asosida aniq g‘oya yotadi. texnologiyalar mohiyatini o‘quvchi shaxsini xilma-xil jihatlardan rivojlantirish g‘oyasi tashkil etgani uchun xilma-xil mavzular bo‘yicha ta’lim texnologiyalari asosida ham ayni shu g‘oya harakat qiladi. Biroq bu g‘oyani qanday shaklda, qaysi usullar yordamida va qanday qilib amalga oshirish kerak? – degan savolga har safar yangi, original javob topishga harakat qilinadi. Ana shu “javob”dan texnologiyani harakatga keltiruvchi g‘oya mohiyati tushuniladi.
Uzluksiz ta’lim bosqichlarida ta’lim texnologiyalari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. “6x6x6”, “aqliy hujum”, “qarorlar shajarasi”, “tarmoqlar”, “tarozi”, “zinama-zina”, “burchaklar”, “elpig‘ich” kabi o‘nlab usullar nomi barchaga tushunarli va tanish. Ta’lim amaliyotida o‘qituvchi ulardan foydalanishni rejalashtirar ekan didaktik maqsadni asos qilib oladi.

Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling