I bo`lim 1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi


Download 127.29 Kb.
bet5/22
Sana02.01.2022
Hajmi127.29 Kb.
#197920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
MARUZA- 1

Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi

HFX - uchta o`zaro bog`liq masalani xal etadi:

1. Xavflarni birday (umumlashtirish) deb hisoblash, ya'ni ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko`rsatish.

2. Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.

3. Paydo bo`lishi mumkin bo`lgan salbiy (xavfning qoldiq deformatsiyasidan kelib chiqqan) xavflarni yo`qotish.

HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko`p ulug` allomalar shug`ullanib kelishgan. Masalan, Gippokrat eramizdan avvalgi 460-377 yillar, Aristotel eramizdan avvalgi 384-322 yillar, nemis tabibi, olimi va muhandisi Agrikola 1494-1555 y. Mehnat muhofazasidan risola yozgan, italyan tabibi Ramatssini (1633 -1714) tozalik gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) tog` konlarida mehnat muhofazasi to`g`risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan,bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug`ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), PressAA (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855 - 1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar.

Ulug` o`zbek haqimi Abu Ali Ibn Sino (980-1087) o`z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Texnosferani rivojlanishiga xavfsizlik muammosi rivojlanishiga akad. Legasov V.A. o`z ilmiy ishlarini bag`ishlagan.



HFX - o`z nazariya va metodologiya usullariga ega. Shunga qaramay HFX -muhandislik, ruhiy holatiga (psihologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muhofazasiga, ekologiya, ergonomika, iqtisod va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. HFX ning metodologik asosi - bu tartibiy taxlildir. Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan hozirgi davrida HFX ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Xavfsizlik masalalari yanaham keskinlashib ketdi, shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o`rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya3 qilish kerak. Bu HFX ning vazifasi va maqsadi4. HFX - jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini ko`tarishda muhim ijtimoiy rol o`ynaydi. HFX fanini o`rganmay odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan ...hayot, erkinlik, mehnat, shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi... (Inson huquqlari deklaratsiyasi, 3-bandi).


Download 127.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling