I bo’lim. G’arbda sotsiologiyaning rivojlanish tarixi


Download 149 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1488201
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
S.Shamuratova


MUNDARIJA


Kirish: …………………………………………………………………..2


I Bo’lim. G’ARBDA SOTSIOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI………………………………………………………………………….…6
I.1. Sotsiologiya obekti………………………………………………………7
I.2. Sotsiologiya maxsus sohalar aro…………………………………………8


II Bo’lim. SOTSIOLOGIYA SHARQ OLIMLARI NAZDIDA…………………………………………………………………...…...13
II.1. Sotsiologiyani o’rganishda Moturidiy asarlari ahamiyati………………………………………………………………………….14
II.2. Abu Nasr Forobiyning sotsiologiyaga qarashlari………………………15


Xulosa. ………………………………………..…………………………….19


Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………....24
KIRISH

Jurnalistika sotsiologiyasi tarixi bo’lajak mutaxassislarni yetishtirib chiqarishda muhim o’rin tutuvchi umumkasbiy fanlardan biri bo’lib, talabaning sotsiologiya bilan tanishuvi u bilan bevosita bog’liq holda kechadi. Jurnalistika sotsiologiyasini o’rganish uchun uni nafaqat davriy jihatdan, balki tarkibiy jihatdan va mazmunab ham tahlil etilishi kerak. Buning uchun turli yo’nalishlarni, oqimlarni, konsepsiyalarni o’rganishimiz kerak.Jumladan sotsiologiya fanini rivojlanishida Ogyust Kont, Germaniyada Ferdinand Tyonnis va Georg Zimmel, Italyada Vilfredo Pareto kabi olimlarni tilga olmaslikning iloji yo’q.


Aktualligi. Sotsiologiyani jamiyat to’g’risidagi qarashlar tarixi bilan emas, balki dolzarb ijtimoiy muammolar va ularning yechimini topish masalasi tarixi bilan bog’lab o’rganish maqsadga muvofiq. Sotsiologiya tarixi o’rganilishi bilan jurnalistikadagi qarashlar ham o’zgara boshladi. Masalan o’zbekistonda jurnalistika sohasi rivojlangan paytlarda tahriryatlarda filologlar, adabiyotchilar faoliyat yuritgan. Shu sababli ham jurnalistikani adabiyot bilan bog’lab o’rganildi. Keyinchalik fuqarolik jurnalistikasi kelib chiqqanida, undagi unsurlar adabiyotga daxlsizligi, aksincha sotsiologiya asosida paydo bo’lganiga amin bo’lamiz. Demak sotsiologiya ham jurnalistika ham jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni va ularga yechimlarni beradigan chambarchas soha. Jurnalistikada sotsiologiyaning ishtiroki ijtimoiy muammolarning yechim topmaganligi bilan tushuntirsak bo’ladi. Shu sababli ham Misrda Arab qo’zg’oloni jurnalistikaning bir qismini boshlab berdi. Jurnalistikani sotsiologiyadan ayirib, adabiyot bilan bog’laydigan bo’lsak, Frenk Millerning quyidagi so’zlariga duch kelamiz: “Barchaga yoqadigan narsa yozishni boshlaganingiz lahzadan siz jurnalist emassiz. Shu daqiqadan boshlab siz shou-biznes uchun ishlaydigan qalamkashsiz, xolos. Zamonaviy mahalliy ilmiy adabiyotlarda sotsiologiya predmetining marksistik tushunchasi saqlanib qolgan. Shuni ta'kidlash kerakki, bu ma'lum bir xavf tug'diradi, chunki jamiyatning asos va ustki tuzilma shaklida namoyon bo'lishi individual va umuminsoniy qadriyatlarni e'tiborsiz qoldirishga, madaniyat olamini inkor etishga olib keladi.Sotsiologiyaning fan sifatidagi yana bir belgisi Jurnalistika. Sotsiologiyaning yanada oqilona predmeti sifatida jamiyatni bir-biri bilan o'zaro munosabatda bo'lgan ijtimoiy jamoalar, qatlamlar, guruhlar, individlar yig'indisi sifatida ko'rish kerak. Bundan tashqari, ushbu o'zaro ta'sirning asosiy mexanizmi maqsad qo'yishdir. Shunday qilib, ushbu xususiyatlarning barchasini hisobga olgan holda, biz buni aniqlashimiz mumkin sotsiologiya- bu jamiyatning tashkil etilishi, faoliyati va rivojlanishining umumiy va xususiy ijtimoiy qonuniyatlari, ularni amalga oshirish usullari, shakllari va usullari, jamiyat a'zolarining harakatlari va o'zaro munosabatlari haqidagi fan.Jurnalistika va adabiyotning farqi nimada degan savolga Oskar Uayld shunday javob beradi. Farqi shundaki, jurnalistikani o’qish shart emas, adabiyotni esa o’qishmaydi. Demak jurnalistikani sotsiologik tadqiqotlar olib borib, ko’rish, yuzaga chiqarish kerak.
Sotsiologiya atamasi lotincha “sotsetos” (jamiyat) hamda yunoncha “logos” (fan, tushuncha, kalima) so’zlarini qo’shish natijasida paydo bo’lgan. Ya’ni lug’aviy ma’nosi jamiyat haqidagi fan. Barcha fanlarning shakllari, tarmoqlari, yo‘nalishlari o‘zining kelib chiqish va rivojlanish tarixiga ega. Sotsiologiya va uning larixi ham bundan mustasno emas. Ulug‘ faylasuf Gegel ta’kidlaganidek, har qanday nazariyani o‘rganishdan oldin uning tarixini bilmoq kerak. Mamlakatimizda sotsiologiyaga oid fanlarning rivojlanishi, ayniqsa, sotsiologiya bo‘yicha kadrlar tayyorlashga bo’lgan e'tiborining tobora kuchayayotganligi mutaxassis olimlarga katta mas’uliyat yuklaydi.Ular bu fanni o‘rganishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishda faollik ko‘rsatmoqlari zarur. Boshqa qo‘llanmalardan farqli o‘laroq, bunda sotsiologiyaning asoschilari, uning klassik vakillarining mazkur sohaning ilmiy rivojlanishiga, shuningdek, uni umumbashariy fakt sifatida jahon jamoatchiligi nazari darajasiga ko‘tarilishida qo‘shgan ulkan hissalari atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, sotsiolog mutafakkirlar hayoti va ijodi, ular ilgari surgan g‘oyalari, umuman, ularning jamiyat haqidagi yozgan nazariyalarini muayyan darajada yoritib berishga harakat qilinadi.
Sotsiologiya fani mustaqil akademik fan sifatida XX asrning 30 - 40-yillarida shakllandi. Muallif sotsiologiya ilmi va uning tarixining vujudga kelishi, rivojlanishini yoritishga harakat qilar ekan, jamiyat va uni tashkil etuvchi inson hayoti hamda faoliyatini aks ettiruvchi oddiy, sodda, stixiyali bilimlarning ilk davridan tortib, hozirgi zamon yetuk sotsiologiya fani, sotsiologiya nazariyasigacha bosib o‘tilgan yo‘lning murakkabligi, uning tarixiy ildizlari va ma’naviy manbalari haqidagi bilimlarni atroflicha bayon etgan. Sotsiologiya tarixining predmeti sotsiologlarning jamiyat haqidagi qarash, bilim, tushuncha, ta’limot, yo‘nalish, oqimlar, maktablar, nazariyalar, konsepsiyalarning vujudga kelishi va rivojlanishini o‘rganadi. Qisqacha qilib aytganda, sotsiologi tarixi fanning jamiyat haqidagi ijtimoiy fikrlar majmuasi sifatida qayd etiladi. Bundan tashqari, sotsiologiya tarixini o‘rganishning ahamiyati, sotsiologiya o'tmishining boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqasi, uning nazariyasi va metodologiyasi qisqa va ravon tilda yoritib berilgan. XX asr sotsiologiyasining yirik nazariyotchisi, metodisti, va tarixchisi Pitirim Sorokin sotsiologlarning Eviana shaxrida o‘tgan VI Butun jahon Kongrcssida: «Ko'p narsani o‘z ichiga oluvchi sotsiologik sintezlar va yirik sotsiologik tizimlarni yaratishda keyingi davrlar XIX asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi yigirma yilligiga nisbatan juda qashshoq bo‘ldi. Kont, Spenser, Marks, Dyurgeym, Veber, Zimmel, Fon Vize, Uord, Somner, Tard, Tennis, Pareto va boshqa zotlar bilan o‘sha davrda sotsiologiyani nafaqat fan sifatida yoritdilar, shu bilan birga hozirgi zamon sotsiologiyasining poydevori va boshlanish nuqtasi bo‘lib qoIadi» - degan edi. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr G'arbiy Yevropa hamda Amerika sotsiologiyasining rivojlanishi bo'limida XIX asr ikkinchi yarmida G‘arbiy Yevropada sotsiologiya fanining rivojlanishida katta hissa qo'shgan mutafakkirlar (). Kont, ( i Spenser, M. Vcber, E. Dyurgeym, V. Pareto, F. Tyonnis va boshqalarning sotsiologik qarashlari, shuningdek, o'sha davrda shukllangan tmli maktablar va yo‘nalishlar haqida ishonchli maleriallar bayon etilgan. Mazkur bo‘limda, bundan tashqari, XX asr boshida va ikkinchi yarmida G ‘arbiy Yevropa hamda Amerika sotsiologiyasi ivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Keyingi bo‘limlarda sotsiologiyaning asoschisi (). Kont va klassik vakillari G. Spenser, V. Pareto, E. Dyurgeym, M. Veber, I .Tyonnis, shuningdek, P. Sorokin, T. Parsons va boshqalarning hayoti va ijodi, sotsiologik ta’limotlari va qarashlari, tarixida tutgan o'rni hamda ushbu sohaning hozirgi davrdagi ahamiyati keng yorilib berilgan. Majmua sotsiologiya va uning yirik namoyondalari to‘g‘risida ma’lumotlar beribgina qolmasdan, ularni allomalar ta’limotlarini o‘rganishga yordam beradi hamda yosh sotsiologlarni dunyoqarashini kengaytiradi. Qoilanmaning tarbiyaviy ahamiyati ham ana shunda. Odamzot o‘zini tanigandan buyon tabiiy va ijtimoiy jarayon, hodisalarning sirlarini bilishga intilgan, shu jumladan, odamzot o‘zining mavjudligi, yashayotgan jamiyati odamlarning o‘zaro aloqa va munosabati masalalariga qiziqa boshlagan. Insoniyat orasidan etishib chiqqan mutafakkirlar, donishmandlar jamiyatning odamlar kundalik turmushining xilma-xil tomonlarini bilishga, asrlarning jumboqlariga javob topishga intilganlar. Bu borada faylasuflar alohida mavqega ega bo‘lganlar. Qadimgi Xitoy va Hindistondagi ko‘pgina manbalarda, jumladan, Motsri yo‘nalishida jamiyatni oqilona boshqarish yoshlarga ko‘proq foyda keltiradigan kasb-hunar, faoliyat haqida qimmatli fikrlar ilgari surilgan bo‘lsa, «Mahobharot»da esa hukmdorlarning qudratli bo‘lishi, barcha odamlar uchun baxtga erishuvi uchun zarur bo‘lgan qonun-qoidalar, turmush tartibi haqida1 teran ijtimoiy fikrlar ilgari surildi. Konfutsiy ta’limoti manbalarida ilgari surilgan ko‘pgina g‘oyalar, jumladan, sotsial munosabatlarning bosh nazariyasi: keksalarga hurmat, uzoq umr ko‘rish, sihat-salomatlik kabi masalalar, marosim, rasm-rusumlar, shuningdek, she’riyat va musiqa sohasida, umuman, inson faoliyatining ijtimoiy shakllari haqida sotsiologik fikrlar ilgari surilgan edi. Shuningdek, «Manu qonuni», «Brigaspati», «Parada», ma’bud Vishnu timsolining o‘matilishi kabi hind manbalarida sotsiologik xarakteridagi fikrlar keng o‘rin olgan. Ijtimoiy fikrlarga oid qarashlar, ayniqsa, Gretsiya va Rim mutafakkirlari asarlarida yanada yuqori darajada bayon etilgan. Aflotunning «Davlat», «Siyosatchi», «Qonunlar», Aristotelning «Siyosat», «Etika», «Kategoriyalar» asarlarida ijtimoiy hayotva uning muhim jabhalari - oila, fuqaro, mulk, boylik, zeb-ziynat, jamiyatni boshqarish, adolat, donishmandlik, davlat, ilk demokratiya, huquq haqida o‘z davriga nisbatan bir qancha ilg‘or ijtimoiy fikrlar ilgari surildi. Ayniqsa, ideal axloq, ideal fuqaro, ideal davlat tuzumi, ideal boshqaruv haqida qarashlar hozirgi zamonda ham ahamiyatlidir. Ular ijtimoiy hodisalami ifodalovchi tushuncha, kategoriya, hatto g‘oya va soya (narsa, Aflotun), ya’ni «G‘oyalar olami soyalar (narsalar) olamini yaratadi degan, inson hayotida tushuncha va g’oyalar haqida qiziqarli ma’lumotlarni beradi.



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling