I bo’lim. G’arbda sotsiologiyaning rivojlanish tarixi
II.2. Abu Nasr Forobiyning sotsiologiyaga qarashlari
Download 149 Kb.
|
S.Shamuratova
II.2. Abu Nasr Forobiyning sotsiologiyaga qarashlari.
Markaziy Osiyoning mutfakkirlari bo’lmish Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Haldun, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo kabi ulug’ allomalar ham o’z davri ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o’zlarinig ijtimoiy qarashlarini asarlarida yozib qoldirganlar. Movaraunnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik anglash va o’rganish ulug’ mutafakkir Al-Farobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U Abu Mansur alMoturidiy tomonidan ilmiy-teologik jihatdan asoslangan inson erki nazariyasini yanada rivojlantirdi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag’ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi. Farobiy olamni anglashda vorisiylik omilini juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikriga ko’ra, inson barcha haqiqatlarni o’zining qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o’zidan oldinga ajdodlari tomonidan bildirilgan fikr-xulosalarni boricha shubhalanmay o’zlashtirishi zarurligi, ilm-ma’rifat bobida etuk donishmandlar fikrlariga ergashishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Farobiy jamiyatning boobro’ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Farobiy o’sha paytdayoq ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiologiyada ko’p qo’llanuvchi ekspertlar, ya’ni o’z davrining yetuk donishmandlari fikrlariga tayanib ish tutish zarurligiga urg’u beradi. «Donishmandlarga ishonib, ularga ergashuvchi odamlar o’sha narsalarni donishmandlar bilganday bilib oladilar. Zero, donishmandlarning bilimlari, eng yaxshi bilimlardur»1. Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al - madaniya” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o’z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan. Davlat va jamiyat masalalarida davlatni ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko’p jihatdan davlat boshlig’i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog’liq deb bilgan. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, hammaga baravar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi ozod bo’ladilar” - kabi fikrlari Farobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Minerologiya”, “Hindiston” asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. “Mineralogiya” asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy adolat to’g’risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy o’z davrining etnosotsiologi ham edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian molikiylar va xristian nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to’g’risida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Arab donishmandi Ibn Xaldun (1332-1406), kishilik jamiyatining tuzilishini tuzgan holda, odamlarning yirik ijtimoiy guruhlari xatti-harakatini sinchiklab o’rgangan. Ibn Xaldun (Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)) arab tarixchisi va mutafakkiri. U o’zining «Sotsiologiya» (arab.ilm al-ijtimo’) faniga oid dadil fikrlarini o’rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning «Kitob ul-Ibar» (1370) ning muqaddima qismida uning tarixiy sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. Insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo’lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an’analari haqidagi fanni yaratgan. Sharqning yetuk sotsiologi bo’lgan Ibn Xaldun «Muqaddima» (1381) asarining «Kirish» qismidagi dastlabki bo’limni «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to’g’risida» deb nomlangan. Kishilar mavjud ekan, ularning ehtiyoj va intilishlari o’rtasida farq bo’lishi tabiiy va ayrim aholi guruhlari va shaxslar o’rtasida kelishmovchilik, qaramaqarashliklar sodir bo’ladi. Bu esa tartib o’rnatish va tashkil qilish ishlarini o’rtaga qo’yadiki, buni «hokimiyat» amalga oshiradi. Bu g’oya ham Ibn Xaldun qarashlarining muhim xulosalaridandir. Ibn Xaldun mulkni va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va himoya qiluvchi kuch esa davlatdir, deb yozadi. Noroziliklarning bosh sababchisi hukmron sinf vakillarining adolatsizlik va zo’ravonlikka asoslangan siyosati natijasidir. Uning nazarida shoh 2 toifaga: adolatli va adolatsiz shohga bo’linadi. Yaxshi hukmdor shunday hukmdorki, uning siyosati kuchini xalqi zo’r-bazo’r sezadi va u o’z fuqarolari bilan yumshoq, adolatli muomalada bo’ladi. Chunki o’z siyosatini adolat asosiga qurgan shohning fuqarolari kuchli va erkin bo’ladi, buning oqibatida ular qudratli yaratuvchi kuchga aylanadilar. Shu bois mutafakkir shohlarga maslahat berib, xalq erkinligini haddan ortiq bo’g’maslikka va erkinlik berishga chaqiradi: «Agar tarbiya kuch ishlatish, qo’rqitish yo’li bilan bo’lar ekan, u xoh o’quvchi, xoh qul, xoh xizmatkor bo’lsin, ularga qo’rqinch tahdid qilib turadi, natijada fuqaro ruhining o’sishiga xalaqit beradi, harakatchanlikni sindiradi va uning o’rniga yalqovlik, aldash, yolg’onchilikni kuchaytiradi. Bu sifatlar aynan shu zo’ravonlik ta’sirida sodir bo’ladi. Ular qalbi befarqlik bilan to’ladi, yaxshi va fazilatli sifatlar o’rnini ahmoqona, yomon sifatlarni qabul qilib, pastlarning eng pastiga aylanadi». Alisher Navoiyning «Mahbub ul - qulub» asarida bevosita o’z davridagi deyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beriladi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligi bayon etiladi. Alisher Navoiy jamiyatning miqdor va sifat 4jihatidan ijtimoiy bo’linganligi umuman olganda ijobiy xodisa ekanligi, bu tasniflanish doirasining qanchalik kengligi mamlakat farovonlik darajasining ifodasi ekanligi xususida e’tiborga sazovor sotsiologik qarashni asoslab beradi. Ulug’ mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiqroq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimidagi o’rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab beradi. Mazkur sotsiologik tasniflashdan maqsad, ularni ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligi asarning mazmunini tashkil etadi. Zero, jamiyatdagi tasnifning qanday ekanligini bilish ularning mazmunini yaxshilashga yo’l ochadi. Shu jihatdan, - deb yozadi Alisher Navoiy, - hamsuhbatlarni va do’st yoronlarni bu hollardan ogoh va xabardor qilmoq vojib ko’rindiki, toki ularda har toifani xislati haqida bilimlar va har tabaqaning ahvoli haqida tushunchalari bo’lg’ay» . Qadim zamonlardan buyon jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi to’g’risidagi bilimlar Sharq va G’arb mutafakkirlari umumfalsafiy g’oyalarining asosiy bo’limi sifatida qaralgan. Jamiyat rivoji, siyosat, ahloq, fan, din va san’at muammolari to’g’risidagi ilmiy qarashlar Qadimgi Hindiston, Xitoy, Yunon faylasuflari, o’rta Osiyo va Yevropa mutaffakirlari tomonidan aytib o’tilgan. XVII-XVIII asrlarda sotsiologiya fanining shakllanishida hal qiluvchi rolni o’ynagan «jamiyat», «madaniyat», «sivilizatsiya», «sinflar», «struktura», «funktsiya» va boshqa atamalar ilk bor paydo bo’ladi. Zahriddin Muhammad Bobur ham “Boburnoma” asarida o’z davri ijtimoiy hayoti voqeligini, inson shaxsi xususiyatlarini, yaxshi va yomon tomonlarini, Andijondan - Hindistonga qadar bo’lgan ulkan hududida yashagan xalqlarning ijtimoiy jihatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy tadqiqotlari asosida o’rgangan va yozib qoldirgan. Yuqorida nomlari zikr etilgan buyuk mutafakkirlar yashagan davrda sotsiologiya hali mustaqil fan sifatida shakllanmagan edi. Ularning ijtimoiy hayot jarayonlari to’g’risidagi ilmiy tadqiqotlari natijalari esa ijtimoiy - falsafiy qarashlar tarzida namoyon bo’lgan. G’arb sotsiologiyasi klassiklarining ishlarida sotsiologiyaning obyekti va predmeti muammosi. XVIII-XIX asrlardagi ko’pgina Yevropalik mutafakkirlar, jumladan, Volter, Didro, Kant, Gegel, Gobbs, rasmiy tarzdagi sotsiologiya fani paydo bo’lishidan ancha oldin insonlarning fe’l-atvori, ijtimoiy ahloq va an’analari, xalqlarning xarakteri, ijtimoiy tipajlarning xulq-atvori to’g’risida yozishgan. Xulosa Sotsiologiya sobiq SSSRda tubdan boshqacha yo‘ldan bormoqda. Inqilobdan oldingi Rossiyada sotsiologiya umumiy Yevropa tendentsiyalariga mos ravishda rivojlanmoqda. Shunda mafkura sotsiologiya taraqqiyotini belgilovchi asosiy omilga aylanadi. Dogmatik marksizm doirasi nafaqat sotsiologiyani, balki falsafani, boshqa ijtimoiy va hatto tabiiy fanlarni ham o'z ichiga oladi, shuning uchun nazariy fanlarning rivojlanishi. sotsiologiya tarixiy materializmning rivojlanishi sifatida tushuniladi. Empirik tadqiqot dastlab yetarlicha baholanmaydi, keyinchalik esa tarixiy materializm tomonidan kashf etilgan qonuniyatlarning namoyon boʻlish shakllarini maʼlumot olish yoki oʻrganish usuli sifatida qaraladi. G‘arb sotsiologiyasining yutug‘idan na nazariy, na amaliy tadqiqotlarda foydalanilmaydi. Bu sotsiologik tadqiqotlar samaradorligining pastligiga, sotsiologiyaning nazariy-uslubiy apparati rivojlanmaganligiga olib keladi. Sotsiologiya tanqid qilinadi, uning maqomi umumiy mafkuraviy yo'nalishlarga qarab doimiy ravishda o'zgarib turadi. Unga bo'lgan dastlabki ijobiy munosabat Stalin davridagi taqiq bilan almashtirildi, bu esa o'z navbatida 60-70-yillarda biroz jonlanish, empirik tadqiqotlar amaliyotining kengayishi bilan almashtirildi. Mamlakatda sotsiologiya ayovsiz doiraga tushib qoldi - u o'z so'zini ayta olmaydi, chunki ijtimoiy tartib yo'q. Va ijtimoiy tartib yo'q, chunki sotsiologiya o'zini samarali, konstruktiv fan sifatida ko'rsatmagan. Hozirgi vaqtda mafkuraning yemirilishi, jamiyatning parchalanishi, ma’naviy inqiroz va islohotlar, sotsiologiyaning pozitsiyalari bir-biriga ziddir. Bir 5tomondan, mamlakatimizda ilm-fanning rivojlanmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan ayovsiz doiralar keskinlashsa, ikkinchi tomondan, jamiyatning demokratlashuvi bizni sotsiologiyaga murojaat qilishga, sotsiologik xizmatlar, markazlar va laboratoriyalar tashkil etishga majbur qilmoqda. Bugungi kunda sotsiologiya zamonaviy talablar cho‘qqisida bo‘lib, nazariy merosni ijodiy rivojlantirishga, zamonamizning dolzarb muammolarini hal etishga o‘z hissasini qo‘shishga qodir. Mustaqillik yo‘liga qadam qo‘ygan yosh davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham jamiyatni o‘zgartirish yo‘llari haqida har tomonlama bilimga muhtoj, taraqqiyotning o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy modelini izlamoqda. Sotsiologiya ushbu modelni aniqlashga hissa qo'shishi kerak. Jamiyat taraqqiyotining eng dolzarb muammolarini o‘rganishga sa’y-harakatlarni jamlash zarur. Jamoatchilik fikrini o‘rganish ijtimoiy siyosatni to‘g‘rilashga yordam beradi, noloyiqlikni, dogmatizmni, amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatni ochib beradi. Bozor munosabatlarini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish dolzarbdir. Sotsiologiya zamonaviy jamiyat iqtisodiy tuzilishining ijtimoiy-madaniy shakllarini aniqlashi, mehnat samaradorligini oshirish yo‘llarini, ishlab chiqarish, iste’mol, taqsimlash va ayirboshlashni tashkil etishning optimal yo‘llarini topishi kerak. Yana bir muhim yo'nalish - bu odamlarning turli jamoalarini o'rganish: hududiy, milliy,sinf va boshqa guruhlar. Guruhlar dinamikasini, konfliktli vaziyatlarni, fikrlash usullarini, tuzilishini va etakchilikni o'rganish kerak. Milliy munosabatlarni o'rganish alohida o'rin tutadi. Jamiyatning parchalanishi sharoitida milliy munosabatlarning o‘zgarishi, ularning murakkablashuvi, keskinlik yuzaga keladi.Sotsiologiya munosabatlarni uyg'unlashtirish va nizolarning oldini olish yo'llarini topishi kerak.Ijtimoiy menejment masalalari ham zamonaviy sotsiologiyaning diqqat markazida turibdi. Sotsiologiya faqat korxona va tashkilotlar faoliyatini ta'minlashga emas, balki o'zgartirishga, rivojlantirishga qaratilgan boshqaruv usullarini aniqlay oladi.Bu jamiyatning hozirgi tendentsiyalari va asosiy muammolaridan faqat bir qismi. Sotsiologiya nafaqat ishlarning holatini o'rganishga, balki muammolarning o'ziga xos echimlarini, tashkiliy, texnik va uslubiy xarakterdagi konstruktiv takliflarini taklif qilishga qodir.Shundagina sotsiologiya jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga, ilg‘or o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shishi, jamiyatda o‘z vazifalarini bajarishi mumkin bo‘ladi.Mustaqil O‘zbekistonning hozirgi bosqichida sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifalari va ularning ahamiyatini qayd etib o‘tamiz. Sotsiologiya dunyoning ilmiy manzarasini yaratish orqali dunyoga to‘g‘ri qarashni rivojlantiradi, kasbiy va oilaviy faoliyatda, shaxslararo va guruh munosabatlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlarni yoritadi va beradi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotning, to‘g‘rirog‘i, jamiyatni o‘zgartirishning mazmun-mohiyati shaxs, ijtimoiy jamoalarning ongli, maqsadli faoliyati uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat. Sotsiologiyaning vazifasi O‘zbekistonda jamiyat hayotini isloh qilish va demokratlashtirish jarayonining muvaffaqiyatli borishini nazariy jihatdan ta’minlashdan iborat. O‘zbekistonda jamiyatni o‘zgartirish jarayoni aynan maqsadlarning ongli ravishda natijaga, natijalarining ongli faoliyatni yo‘lga qo‘yish, jamiyatni demokratlashtirishning shart-sharoiti, sharoiti va vositalariga aylanishi bilan bog‘liq holda bir sifat holatidan ikkinchisiga o‘tadi. Ijtimoiy ongning holati, turmush sharoiti va ehtiyojlari, siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, statistik va demografik ma'lumotlarni umumlashtirish to'g'risida turli xil ma'lumotlarni to'plash jamiyatni muayyan jarayonlarning tendentsiyalari haqida ma'lumot beradi, odamlarning ijtimoiy faolligini oshiradi. ijtimoiy islohotlar va boshqaruv, jamiyatda yaxshiroq navigatsiya qilishga, salbiy hodisalarni engishga yordam beradi.Faoliyatni takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni, jamoani, munosabatlarni boshqarish usullarini beradi. Sotsiologiya ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarni hisobga olgan holda har tomonlama, qo'yilgan maqsadlarni hal qilish va unga erishish usullarini ishlab chiqishi kerak.Hozirgi bosqichda boshqaruvning asosiy vazifasi jamiyatni barqarorlashtirish, ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish yo'llari, vositalari, yo'llarini belgilashdan iborat. Sotsiologiyaning jurnalistika bilan ko’p tomonlama aloqalari hamda ularning ijtimoiy belgilanganligi birinchi navbatda shu fan bajaradigan funktsiyalar bilan bog’liqdir. 1.Ularning ichida eng ahamiyatlilaridan biri bilim to’plash funktsiyasidir. Bu funktsiya ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlari, turli sotsial hodisa va jarayonlarning o’zgarish tendentsiyasi haqida hamda sotsial tadqiqotlar o’tkazish metodlari va metodologiyasini mukammallashtirish bilan bog’liq yangi bilim yaratadi va nazariy sotsiologiyani yanada boyitadi. 2.Sotsiolog olimlarning turli xil sotsial hodisa va jarayonlarni boshqarish samarasini oshirish bilan bog’liq tavsiya va takliflar sotsiologiyaning amaliy funktsiyasini tashkil qiladi. Jamiyatni ilmiy asosda boshqarish sotsiologiyaning aynan amaliy funktsiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. 3. Bilim to’plash va amaliy funktsiyasi bilan bir qatorda sotsiologiya mafkuraviy funktsiyani ham bajaradi. Bu funktsiya birinchi navbatda tarixiy jarayonni o’rganish, hamda jamiyat taraqqiyotining istiqbolini, yaqin kelajakdagi rivojlanish maqsadlarini belgilab berishga qaratilgan.SHuningdek bu funktsiyaning mohiyati boshqa ilmiy va mafkuraviy kontseptsiyalar bilan munozara qilish, milliy mafkurani aholi orasida tarqatish orqali ham namoyon bo’ladi. Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. Sotsiologiya fani umuminsoniy va milliy qadriyatlar mutanosibligiga tayanuvchi metodologiya asosida ish yuritadi. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi mazmunini bir jihatdan xalqimizning tarixiy, mahnaviy qadriyatlari sanalmish “Quroni Karim”, Hadisi Muborak, SHarqning ulug’ allomalari Forobiy, Ibn Sino, Hazrati Bahovuddin Naqshbandiy, At-Termiziy, Imom Al-Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy va boshqa ulug’ mutafakkirlar asarlarida ilgari surilgan fikrlari tashkil etsa, ikkinchi jihatdan, nazariy ildizlarini antik davr va progressiv G’arb falsafasining buyuk namoyondalari asarlarida ilgari surilgan tadrijiy taraqqiyot qonunlarini ifodalovchi umuminsoniy nazariyalar tashkil etadi. Ayni chog’da mazkur fan metodologiyasining muhim yo’nalishi sifatida inqilobiy dialektikadan tadrijiy taraqqiyot yo’liga tayanib ish yuritayotgan zamonamizning ulug’ davlat arboblariga qarashli fikrlar asos bo’lib xizmat qilmoqda.Sotsiologiya xalqlar hayotining ijtimoiy jarayonlari va shakllarini tadqiq qilib, madaniyat yutuqlarini butun jamiyat mulkiga aylantiradi, muloqot, boshqaruv va tashkilotchilik madaniyatini oshiradi.Ijtimoiy islohotning ilmiy asosliligi va samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy jarayon va hodisalarning istiqbollarini o‘rganish muvaffaqiyatli faoliyat garovidir. Sotsiologiya jarayonning kelajakdagi rivojlanishining muqobil variantlarini ishlab chiqadi, bu salbiy hodisalarning oldini oladi va kerakli yo'nalishda o'z vaqtida harakat qilish imkonini beradi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling