I bo’lim. G’arbda sotsiologiyaning rivojlanish tarixi
II BO’LIM. SOTSIOLOGIYA SHARQ OLIMLARI NAZDIDA
Download 149 Kb.
|
S.Shamuratova
II BO’LIM. SOTSIOLOGIYA SHARQ OLIMLARI NAZDIDA.
O’rta asrlar sharqining buyuk mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rushdlar dunyoqarashlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faqat ikki ming yildan keyingina Yevropa ilm arboblari jahonga jamiyat to’g’risidagi misli ko’rilmagan asarlarni in’om etdi. Bu avvalo, sotsiologiyaning ilmiy bosqichiga bevosita zamin yaratgan N.Makiavelli, J.Lokk va T.Gobbs sa’y-harakatlari tufayli yuz berdi. Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. II.1. Sotsiologiyani o’rganishda Moturidiy asarlari ahamiyati. Movarounnahr jamoatchilik fikri tarixini o’rganishda Moturidiya maktabining asoschisi Abu M ansur al- Moturidiy asarlari muhim o’rin tutadi. Uning asarlarini nafaqat dinshunoslik, balki jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan shaxs haqidagi ta’limot sifatida yondashish, ularni Movarounnahr hududi hayot tarzi, mentalitetiga muvofiq keluvchi, ularni g’oyaviy, e’tiqodiy yakdillikka undovchi yaxlit ilmiy sotsiologik konseptsiya sifatida baholash va har tomonlama o’rganish maqsadga muvofiqdir. Inson shaxsi va mavqei masalasi uni turli ijtimoiy-siyosiy, kerak bo’lsa, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi al-Moturidiyning murosaviy muvozanat konseptsiyasini, islomni anglash jarayonlaridagi ijobiy jihatlar yig’indisigina emas, balki Movaraunnahrdagi real ijtimoiy-siyosiy muhit, xalq turmush tarzi, mentaliteti, boy madaniy-tarixiy tajribasi bilan boyitilgan insoniy yondashuvlar sintezi, deb, baholash maqsadga muvofiqdir.Al-Motrudiy jabariylarning, insonning hamma amallari oldindan uning taqdiriga yozib qo’yilgan, shu boisdan u o’zi qilayotgan ishlarga mas’ul emas, degan nuqtai nazarini ham qadariylarning, Olloh inson faoliyatlari va amallarining himoyachisi emas, degan nuqtai nazarini ham asosli tanqid qilib, inson yaxshi va yomon amallarni o’z erkiga ko’ra tanlashi va bu yo’lda Ollohning madadini olishi nazariyasini ilgari suradi. Shu asoslarda Al- Moturidiy Movaraunnahr jamoatchilik fikrining ma’naviy asoslari kuchli insoniy mazmun bilan boyitilishiga,katta,hissa,qo’shdi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling