I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Tarif preferensiyalari
Download 212.64 Kb.
|
KODEKS
300-modda. Tarif preferensiyalari
Tarif preferensiyalari bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona bojlari qo‘llanilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojxona hududidan O‘zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga. O‘zbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan bo‘lsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan bo‘lsa, bojxona bojlari qo‘llanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoxud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojxona boji stavkasi qo‘llaniladi. Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimini qo‘llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, tovarni jo‘natuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qat’i nazar qo‘llaniladi. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarining stavkalari ikki baravar oshiriladi. Rivojlanayotgan davlatlarda, shuningdek kam rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining preferensiyalar milliy tizimi belgilanishi mumkin. Tarif preferensiyalari ushbu Kodeksning 50-bobi qoidalariga rioya etgan holda beriladi. Download 212.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling