I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashga doir taqiqlar va cheklovlar


Download 212.64 Kb.
bet27/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   185
Bog'liq
KODEKS

54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashga doir taqiqlar va cheklovlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yo‘l qo‘yilmaydigan hollar;
muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni o‘tkazishga doir cheklovlarni;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yo‘l qo‘yishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
9-bob. Erkin muomalaga chiqarish (import)
55-modda. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi.
56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Bojxona to‘lovlari to‘langan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi.
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
10-bob. Reimport
58-modda. Reimport bojxona rejimi
Reimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
Reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi.
Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari bo‘lgan, shikastlanish chog‘ida holati yomonlashgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida ro‘y berganligi tasdiqlangan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish bo‘yicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda ta’mirlash operatsiyalari va texnik xizmat ko‘rsatish, bundan tovarni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni reimport qilish tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olinmagan holda amalga oshiriladi.
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib chiqilayotganda to‘langan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni o‘zi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) tomonidan olib kirilayotgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib o‘tayotgan vakolatli shaxs to‘lovlar sifatida olingan yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling