I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari


Download 212.64 Kb.
bet48/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   185
Bog'liq
KODEKS

110-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari
Tovar erkin bojxona zonasi bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
111-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona to‘lovlarining qo‘llanilishi
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona to‘lovlari ushbu Kodeksning 105-moddasi talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.
112-modda. Erkin bojxona zonasini tashkil etish
Erkin bojxona zonasi erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda tashkil etiladi.
17-bob. Boj olinmaydigan savdo
113-modda. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek O‘zbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tmayotgan jismoniy shaxslarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruxsat etilmaydi.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj olinmaydigan savdo do‘konlarida bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
114-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga har qanday tovarlar joylashtiriladi, bundan ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tovarlar mustasno.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarni deklaratsiyalash boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
tovar realizatsiya qilinguniga qadar uning o‘zgarmas holatda but saqlanishini ta’minlash operatsiyalari;
tovarlarni sotishga tayyorlash bo‘yicha, shu jumladan saralash, o‘rash-joylash, qayta o‘rash-joylash, tamg‘alash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno).
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar realizatsiya qilinguniga qadar o‘zgarmas holatda qolishi kerak, bundan iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan tovar mustasno.
Boj olinmaydigan savdo do‘konida realizatsiya qilinadigan tovarlar tovarning boj olinmaydigan savdo do‘koniga mansubligini anglatuvchi maxsus tamg‘aga ega bo‘lishi va chakana sotish uchun oldindan o‘rab, joylangan bo‘lishi kerak.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling