I bo‘lim. Umumiy qoidalar


III bob. Sertifikatlash, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash bo‘yicha ishlar va xizmatlar to‘lovi


Download 395.3 Kb.
bet13/18
Sana02.05.2023
Hajmi395.3 Kb.
#1420955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Metrologiya 1-5 amaliyot

III bob. Sertifikatlash, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash bo‘yicha ishlar va xizmatlar to‘lovi


    1. Mahsulotlar, xizmatlar va sifat tizimlarini sertifikatlashtirishda haqiqiy sarflarni hisobga olgan holda Mahsulotlarni sertifikatlashqoidalarining (ro‘yxat raqami 1458, 2005 yil 18 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 10-11-son, 86-modda) 8-bandida ko‘zda tutilgan sertifikatlashtirish bosqichlari to‘lanishi lozim.

    2. Natijalaridan qat’i nazar, sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar va xizmatlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar to‘lanishi kerak.

    3. Sertifikatlangan mahsulot va sifat tizimining nazorat yo‘sinidagi tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi, haqiqiy sarflardan kelib chiqib, muvofiqlik belgisini ishlatish huquqi bo‘yicha bitim asosida amalga oshiriladi.

    4. Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik uskunalar va ularning qismlariga xorijiy mamlakatlarning akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibi to‘g‘risida nizom va Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga (ro‘yxat raqami 1458, 2005 yil 18 mart) muvofiq tan olish jarayonini amalga oshirish bo‘yicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

    5. Deklaratsiyalash yo‘li bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ishlar va xizmatlar to‘lovi Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1465, 2005 yil 6 aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 14-son, 107-modda) muvofiq deklaratsiyalash yo‘li bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayonini amalga oshirish bo‘yicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

    6. Sertifikatlashtirish ishlar va xizmatlarining narxini shakllantirishda

«O‘zstandart» agentligining rentabellik me’yori «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi hamda 20 foizdan oshmasligi lozim.

Download 395.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling