I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 395.3 Kb.
bet1/18
Sana02.05.2023
Hajmi395.3 Kb.
#1420955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Metrologiya 1-5 amaliyot








O’zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg’ona filiali

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash”


fanidan

AMALIY MASHG’ULOT ISHLARI



Bajardi: Mamadaliyev A.
Qabul qildi: Madaminov M.


Farg’ona 2023






Amaliy mashg‘ulot. 1.


O’zbekiston Respublikasi “Metrologiya tug‘risida” gi qonuning taxlili Reja:



  1. Metrologiyaning asosiy tushunchalari.

  2. Fizik kattaliklarning birliklari, ularning ko‘payishi va qo‘llanilishi.

  3. Metrologik xizmatlar.

  4. Metrologik nazorat va nazorat.

  5. Ishlarni moliyalashtirish.

  6. Xulosa.

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR


    1. modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
«metrologiya» — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
«yagona o‘lchov birligi» — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
«o‘lchov vositasi» — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
«birlik etaloni» — fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
«davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
«metrologiya xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
«davlat metrologiya nazorati» — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
«o‘lchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
(1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil
25 apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)

«o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish»
— o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
«o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish» — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
(1-moddaning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq o‘n ikkinchi—o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)

    1. Download 395.3 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling