41-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlar
O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid,
«O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin.
(Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq 41-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
II BO‘LIM. FIZIK O‘LChAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISh VA QO‘LLASh
modda. Fizik o‘lcham birliklari
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.Fizik o‘lcham
birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari «O‘zstandart» agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq fizik o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |