I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 395.3 Kb.
bet7/18
Sana02.05.2023
Hajmi395.3 Kb.
#1420955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Metrologiya 1-5 amaliyot

Nazorat savollari:


  1. Metrologiya nima?

  2. Metrologik kafolat deganda nimani tushunasiz?

  3. O‘lchovlar birligi nima?

  4. Qanday metrologik xizmatlarni bilasiz?

  5. “O‘zbekiston Respublikasi metrologiya to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?

  6. “O‘zbekiston Respublikasi metrologiya to‘g‘risida”gi qonun nimalardan iborat?



2 Amaliy mashg‘ulot
O’zbekiston Respublikasining Standartlashtirish tug‘risidagi qonuning tahlili.
Reja:

    1. Umumiy qoidalar.

    2. Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar.

    3. Standartlar ustidan davlat nazorati.

    4. Davlat standartlashtirish va nazorati bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish.

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda
«mahsulot» deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan; o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. 2-modda. Standartlashtirish tizimi
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 18-son, 233- modda)
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni: xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
(2-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 3 apreldagi O‘RQ-202-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 15-son, 172- modda)
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 18-son, 233- modda)

  1. modda. Standartlashtirish ishlarini o‘tkazish

«O‘zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)
«O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 3 apreldagi O‘RQ-202-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 15-son, 172- modda)
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
(3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6- son, 153-modda)
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.

  1. modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

  1. modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta’riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.

Download 395.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling