I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 395.3 Kb.
|
Metrologiya 1-5 amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash” fanidan AMALIY MASHG’ULOT ISHLARI Bajardi: Mamadaliyev A. Qabul qildi: Madaminov M. Farg’ona 2023 Amaliy mashg‘ulot. 1.O’zbekiston Respublikasi “Metrologiya tug‘risida” gi qonuning taxlili Reja: Metrologiyaning asosiy tushunchalari. Fizik kattaliklarning birliklari, ularning ko‘payishi va qo‘llanilishi. Metrologik xizmatlar. Metrologik nazorat va nazorat. Ishlarni moliyalashtirish. Xulosa. I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALARmodda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda: «metrologiya» — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan; «yagona o‘lchov birligi» — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati; «o‘lchov vositasi» — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi; «birlik etaloni» — fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi; «davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon; «metrologiya xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati; «davlat metrologiya nazorati» — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat; «o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui; «o‘lchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui; (1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda) «o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi; «metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» — o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; «o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish» — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; «o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish; «o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi. (1-moddaning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda) (1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq o‘n ikkinchi—o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda) Download 395.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling