I bo‘lim. Umumiy qoidalar
modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Download 395.3 Kb.
|
Metrologiya 1-5 amaliyot
modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariMetrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlarBasharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi. modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishMetrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi. (4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda) «O‘zstandart» agentligi vakolatiga: metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash; o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash; davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; metrologiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qilish; metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish; O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash; iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi. (4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda) Download 395.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling