I bosqich. 1-variant. “Tilshunoslik asoslari” fanining maqsadi nima? Javob


Download 20.27 Kb.
Sana14.06.2020
Hajmi20.27 Kb.
#118672
Bog'liq
1-topshiriq javoblari 821aeabf0c3f8dce3d2e8c9ed7f23c36


1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: “Tilshunoslik asoslari” fani, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati. Tilning mohiyati. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
I bosqich.
1-variant. “Tilshunoslik asoslari” fanining maqsadi nima?

Javob: “Tilshunoslikka asoslari” fani tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo bo‘lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til tavsifi borasigi muhim jihatlarni o‘rganadi.

2-variant. “Tilshunoslik asoslari” fanining vazifasi va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?.Javob: Tilshunoslik asoslari maqsadi, vazifasi va boshqa belgi-xususiyatlariga ko‘ra tilshunoslikning bir necha yo‘nalishlari bor:

a) umumiy tilshunoslik;

b) amaliy tilshunoslik,

d) xususiy tilshunoslik;

e) struktiual lmgvistika;

f) matematik hngvistika



Umumiy tilshunoslik - xususiy tilshunoslikdan farqli holda, tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o'rganuvchi tilshunoslik yo'nalishi, Umumiy tilshunoslik dunyo tillariga xos umumiy belgixususiyatlami o‘rganish bilan shug'ullanadi. Xususiy tiishunoslik - maTum btr tilning belgi-xususiyatlarini o‘rganuvchi soha. Masalan, o ‘zbek iilshunosligi, rus tilshunosligi kabi. Amaliy tilshunoslik - tilshunoslikning lingvistik masalalarni amali yoT bilan organuvchi yo nalishi bolib, u eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, grafika kabi sohalami o‘z chiga oladi. Shuningdek, transkripsiya, transliteiatsiya masalalavi bilan ham amaliy tilshunoslikshug‘ulianadi. Struktiual ilingvistika (strukturalizm ) - tilshunoslikning o‘z

tekshirish manbami tildagi ichki munosabatlar va aloqalar bilan chegaralovchi, til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan aloqasi kabi masalalarni cbetlab o‘tuvchi sohasi. Mattematik lingvistika - tilshunoslikning tilni tadqiq etish va tasvirlashda matematik metodlardan foydalanish imkomyatlarini o'rganuvchi sohasi



3-variant. Til nima?

Javob: Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi . Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o‘zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash principlari kabi muhim masalalarni ilmiy o‘rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi. Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rnini, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas.

4-variant. Tilshunoslik qanday fan?

Javob: Tilhunoslik til haqidagi mustaqil va aniq fan bo'lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o'rganadi. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Tilshunoslik mikrolingvistika va makrolingvistikaga ajratiladi. Mikrolingvistika tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini, makrolingvistika esa tilni boshqa fanlar bilan qo'shib o'rganadi.

5-variant. Tilshunoslik nazariyasining fan sifatida rivojlanishidagi asosiy qarashlar haqidagi fikringizni ayting.

6-variant. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida fikr yuriting.

Javob: Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham

o'rganadi. Til va jamiyat taraqqiyoti bog'liqligi tufayli tilni sotsiologlar ham o'rganadilar. Tilshunoslar ham tarix, etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika kabi fanlarga oid materiallar va xulosalardan



foydalanadilar.

II bosqich.


  1. Tilshunoslik fanining predmeti nima?

Tilshunoslik fanining predmeti, o‘rganish manbai o‘z ichki qonuniyatlariga ega bo‘lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o‘ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to‘liq ta’rif berish imkonini yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo‘ysunuvchi o‘ziga xos ramzlar tizimi bo‘lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan avlodga yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg‘ularni ifoda etuvchi vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin . XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta’sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi. Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko‘rsatdi . F.de Sossyur fikricha , til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko‘ra sof belgi - ishoralar tizimidir .


  1. Til bilan nutqning farqi nima?

Javob: Til so`zlashuv vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo`lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi. va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o`ziga xos xususiyatlarni ajratish mumkin:

  1. Til aloqa materiali bo`lsa, nutq aloqa shaklidir.

  2. Tilni xalq , millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.

  3. Tilning hayoti xalq, millatning haotiga bog`liq holda uzoq bo`ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og`zaki nutq so`zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin

  4. Til nisbatan turg`un, barqaror bo`lsa, nutq doim harakatda bo`lib, o`zgaruvchan hodisa sanaladi.

  5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo`lishi mumkin.




  1. Tilning yagona ta’rifi bormi?

Javob: Tilshunoslik fanining o‘zida ham tilning yagona ta’rifi yo‘q. Tilning ta’rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri bo‘lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Darhaqiqat, tilshunoslikda mavjud bo‘lgan har bir nazariya, avvalo tilni qanday tushunishga asoslanadi. Tilni qanday tushunishning til haqidagi nazariyani yaratishda ahamiyati katta. Tilshunoslik fanining obyekti, predmeti va tilni ilmiy o‘rganish metodlari kabi masalalar ma’lum darajada tilni qanday tushunishga bog‘liqdir. Tilshunoslik tarixida tilni turlicha ta’riflash fanning predmetini ham turlicha tasavvur qilishga sabab bo‘ldi. Shuning uchun bu masalaning tilshunoslik tarixi asosiy etaplarida qanday hal etilganligini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

  1. Tilshunoslik fanining predmetini aniqlashdagi yangi davr qaysi?

Javob: XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta’sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi. Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko‘rsatdi . F.de Sossyur fikricha , til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko‘ra sof belgi - ishoralar tizimidir .

Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G. Paul, M. Myuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar“ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o‘z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar.1 Ularning fikr - mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa–da, mazkur qarashlarning ba’zi jihatlari cheklangan edi. Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik ; nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator bo‘limlari mavjud bo‘lib, tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar chiqariladi. Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi. Til butun jamiyat tarixi jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy manfaatga xizmat qiladi .



  1. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi?

Javob: Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913)

  1. Tilshunoslikning qanday bo‘limlari bor?

  1. Fonetika - Nutq tovushlarining artikulatsion va akustik

xususiyatlarini, bo‘g‘in, urg'u, ohang va fonetik

hodisalami o‘rganadi.



  1. Fonologiya - Fonema, fonemalari tasnifi va ular o`rtasidagi

munosabat masalalarini o‘rganadi.

  1. Grafika - Yozuv turlari, yozuv birliklari, alifbo, harf,

tovush va harf munosabatlari kabi masalaiami

organadi.



  1. Orfoepiya - Adabiy tilga xos talaffuzui va talaffuz

me yorlanni o‘rganadi.

  1. Orfografiya - Imlo qonun-qoidalari va tamoyllarini o‘rganadi.

  2. Leksikologiya - So‘z, sozning lug‘aviy ma'nosi, ma’no

tuzilishi. shak! va ma’no numosabatiga ko‘ra

turlanni, tilning Iug‘at tarkibini va uning

taraqqiyotmi o‘iganadi


  1. Paremiologiya - Tildagi barqaror birikmalar: maqol, matal va

aforizmlar (hikmatli so‘zlar)ni o‘rganadi.



  1. Frazeologiya - Frazeologizm (lbora)larni, frazeologb-mlaming

shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlarini

o‘rganadi



  1. Etimologiya - So‘z va morfemalaming kelib chiqishi liamda

tarixini o‘rganadi.

  1. Dialektologiya - Tildagi sheva va lahjalami o‘rganadi.

  2. Terminologiya - Termin va unung turlarini hamda temiin tuzish,

qo‘llash masalalarini o‘rganadi.

12.Leksikografiya (lug‘atshunoslik) - Lug‘at, lug‘at turlarini. lug‘at tuzish amaiiyoti va nazanyasini o‘rganadi.

13. Morfemika (so‘z tarkibi) - So‘zning tarkibiy tuzilishini, morfcma va uning turlari: yctakchi morfcma va affikslami so‘zlaming tuzilishiga ko‘ra turiarini o‘rganadi.

14. So‘z vasalishi -So‘z yasalishi va so‘z yasash usullanni o'iganadi

15. Grammatika: - morfologiya – sintaksis - So‘z turkumlari va so‘zlaming grammatik shalrllarini o‘rganadi.

So‘z birikmasi, gap va uning turlarini o'rganadi.

16. Punktuatsiya - Tinish belgilari va ularning qo'llash qoidalarini

o'rganadi.

17. Uslubiyat(stilistika) - Til birliklarining uslubiy lmkoniyat va xususiyatlarini, uslubiy bo‘yog‘i hamda nutq uslublarini o‘rganadi

7. Til qanday hodisa?

Til - odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam bеradigan, ma'lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega bo’lgan ijtimoiy hodisa, eng muhim aloqa vositasi
8. O‘lik til-bu

O’lik til – bu - hozirgi davrda hеch bir xalq uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qilmayotgan, lеkin qoldiqlari bizgacha еtib tillar


10. Tilshunoslik nazariyasibu tilshunoslik

sohasining predmeti va vazifalarini yoritish, fan doirasida 0‘rganila*

digan asosiy masalalarnmg mazmun-mundarijasini belgilash, tilning

ijtimoiy tabiati, vazifalari, shakllanishi, taraqqiyoti, tilning ichki

tuzlishi va sathlari, dunyo tillari, jumladan, turkiy tillar tavsifi

tasnifi haqida bilim berishdir.



11. Umumiy tilshunoslik bu...

Umumiy tilshunoslik bu – xususiy tishunoslikdan farqli holda, tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o`rganuvchi tilshunoslik yo`nalishi. Umumiy tlshunoslik dunyo tillariga xos umumiy belgi-xususiyatlarni o`rganish bilan shug`ullanadi.



12. Xususiy tilshunoslik – bu...

Xususiy tishunoslik – bu ma’lum bir tilning belgi-xususiyatlarini o`rganuvchi soha. Masalan, o`zbek tilshunosligi, rus tilshunosligi kabi.



13.Javob:Tilshunoslik - tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishini,

tillarning ish kohish (faoliyat) qonunlan va tarixiy taraqqiyotim o'rganuvchi fan. Demak, tilshunoslik inson tilini ohganadigan

mustaqil fandir. Tiishunoslik termini bilan bir qatorda ilmiy

adabiyotlarda lingvistika (< fran. Ungiiistique < lot lingua - til)

termini ham qoTlaniJadi.

14. Proto til nima?

Proto til – tillar uchun asos bo`lgan, qadimiy bobo til.


15. Tilshunoslik maktablarining nomlarini ayting.

Javob: Tilshunoslik fani qadimiy tarixga ega. Tilsbunoslik fanining

predmeti, tilning tabiati va mobiyatini har xil tushunisb natijasida

naturalizm, psixologizm, logisizm, sotsiologizin, stnikturalizm

kabi turli ilmiy maktablar hamda oqimlar vujudga lcelgan.

III bosqich.

1-topshiriq.

Tushunchalar


U qanday ma’noni anglatadi?

Vazifasi

Fonetika

Yunoncha “phone” – tovush


Nutq tovushlarining artikulatsion va akustik xususiyatlarini, bo‘g‘in, urg'u, ohang va fonetik

hodisalarni o‘rganadi.Bug



Morfologiya

Yunoncha “morphe” shakl, “logos” ta’limot; so`z shakllari haqidagi ta’limot

So‘z turkumlari va so‘zlarning grammatik shakllarini o‘rganadi.


Sintaksis

Yunoncha “syntaxis” – yopishtirish, bog`lash

So‘z birikmasi, gap va uning turlarini o'rganadi.


Punktuatsiya

Lotincha “punctum" nuqta, kichkina dog'

Tinish belgilari va ularning qo'llash qoidalarini

o'rganadi.




Orfografiya

Yunoncha “orphos” to`g`ri; “garpho” – chizmoq, yozmoq

Imlo qonun-qoidalari va tamoyllarini o‘rganadi.

Orfoepiya

Yunoncha “orphos” to`g`ri; “epos” – so`zlayman

Adabiy tilga xos talaffuzui va talaffuz

Me’yorlanni o‘rganadi.




Grafika

Yunoncha “garpho” – chizmoq, yozmoq

Yozuv turlari, yozuv birliklari, alifbo, harf,

tovush va harf munosabatlari kabi masalaiami

organadi.


Stilistika

Yunoncha “stylos” – yozuv, xat tayoqchasi, pat qalam

Til birliklarining uslubiy lmkoniyat va xususiyatlarini, uslubiy bo‘yog‘i hamda nutq uslublarini o‘rganadi

Dialektologiya

Yunoncha “dialektos” – gapirmoq, sheva, “logos” ta’limot

Tildagi sheva va lahjalami o‘rganadi.


2-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Turkiy tillar oilasi haqida fikr yuriting. Unda o‘zbek tilining tutgan o‘rnini belgilang.

Turkiy tillar oilasida 30 ga yaqin til bor. Bu tilda so‘zlashuvchilar, asosan, Osiyo, shuningdek, Yevropa, Amerika, Avstraliya mintaqalarida istiqomat qilishadi.

Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy-bolqar, qo‘miq, no‘g‘ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, chuvash va boshqalar.

Turkiy tillar agglutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo‘shimcha yordamida ifodalanadi. Qo‘shimchalar asosan o‘zakdan keyin qo‘shiladi. Masalan: sinf - dosh + lar + im + ga.



Javob: O‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan. Bu sheva Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili-ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.

3-topshiriq. Jahonning ko‘zga ko‘ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so‘zlar miqdorini solishtiring. Tilning boyligi undagi so‘zlarning barcha sohalarda ishlatilishida ekanligini tushuntiring.

Alisher Navoiy 26035 ta,

Aleksandr Pushkin 21193 ta,

Uilyam Shekspir 20000 dan ortiq,

Migel de Servantes 18000 dan ortiq,

Abdurahmon Jomiy 17600 ta,

Abdulla To‘qay 14000 dan ortiq.
4-topshiriq. Matnni o‘qing. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilmaydigan so‘z va qo‘shimchalarni aniqlang. Matn o‘zbek tilining qaysi davriga oidligini ayting. Matn qaysi asardan olingan, uning muallifi kim?

Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur... Ma’muraning kanorasida voqe bo‘libtur... Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shahrda bir xususiyati borkim, o‘zga kam shahrda andog‘ bo‘lg‘ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur. Xo‘b nonvoliqlari va oshpazliqlari bordur. Olamda yaxshi kog‘az Samarqanddin chiqar.


Javob: Ushbu matn Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asaridagi Samarqand ta'rifidan keltirilgan.

Rub'i maskunda- quruqlikning tortdam biri,yer yuzi ma'nosida

Ma'mura-obod joy, mamlakat ma'nolarida

Kanora-chet qirg'oq

Voqe-paydo bo'lish

Shahre-bir shahar

Tavr-ajoyib ma'nosid

Voqe bo'luptur-joylashgan.


1

Download 20.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling