I bosqich magistranti G’aniyeva Munosibxon
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (MORFЕMIKA-MORFOLOGIYA) QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI o’quv uslubiy majmua. (93-95)
Download 58 Kb.
|
G\'aniyeva M. Yuklamalar mavzusidagi 5- mustaqil ishi
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (MORFЕMIKA-MORFOLOGIYA) QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI o’quv uslubiy majmua. (93-95)
Majmuada yuklamalarga quyidagich ta’rif beriladi Yuklamalarning tuzilish turlari. Ko„pgina leksoid yordamchi so„zlarning affiksoid ko„rinishlari mavjud, bu yuklamalarga ham tegishlidir: ham, -am /-yam; uchun, -chun; -u, -yu; bilan, -ila, -la shular jumlasidandir. Yuklamalar shakliy jihatdan uch xil ko„rinishi yozilgan. Ular quyidagilar. 1. Qo„shimchasimon yuklamalar (-mi, -chi, -a, -ya…). 2.Sof yuklamalar (xuddi, faqat, axir…). 3.Nisbiy yuklamalar (yolg‘iz, ba’zan, tanhо, bir…). Bog’lovchi vazifasida ham keladigan yuklamalarni bog’lovchi yuklamalar deyiladi. Shuningdek yuklamalar modal so’zlarga yaqin turishi. Ammo ikkisini tenglashtirib bo’lmasligini aytadi, ikkisining bir biridan farqlarini ko’rasatadi. Yuklamalar: 1) yuklamalar rang-barang ma’nolarni ifodalaydi, shulardan ba’zilarigina modal ma’noga yaqin keladi; 2) yuklamalar ko’pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so„zga tirkalib yuradi. Modal so’zlar esa: 1) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita sifatida ro’yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, gap qurilish qolipining qismida mujassamlangan va xilma-xil vositalar bilan ifodalanadigan tasdiq inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi modal ma‟nolar gapning boshqa bo’laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so’zlar, tasdiq-inkor so’zlar vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qah.) 2) mustaqil ravishda yakka o’zi bitta gap bo’lib kela oladi va modal so’z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so’z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma‟nosi so’zning lug’aviy ma’nosida mujassamlangan bo’ladi: Kelasizmi? - Albatta. 3) yuklamalar morfologiyada yordamchi so’zlar guruhida, modal so’zlar so’z-gaplar doirasida o’rganiladi; 4) boshqa so’z guruhlari kabi modal so’zlar ham, yuklamalar ham o„ziga xos morfologik, sintaktik, ma‟noviy belgilarga ega. Modal so’zlar bilan yuklamalarning o’zgarmasligi ularning m o r f o l o g i k belgisiga kiradi. S i n t a k t i k jihatdan esa modal so„zlar ajraluvchilik ( ya‟ni kirish so’z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo’lagi bo’la olmaslik) belgisiga ega. S e m a n t i k jihatdan modal so’zlar fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo’ladi. Yuklamalar esa ta’kid, o’xshatish, kuchaytirish kabi qo’shimcha ma’no ifodalaydi. Yuklama ifodalagan ma’no butun gapga bevosita taalluqli bo’lmay, avvalo o’zi tirkalib kelgan Bo’lakning ma’nosini bo’rttirishga xizmat qiladi va shu bo’lak orqali butun gapga taalluqli bo’ladi. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling